Nasaf

STD.UZ/NASAF

Nasaf

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Superliganing 10-tur o‘yinlari qoldirildi

Superliganing 10-tur o‘yinlari qoldirildi

Superliganing uch klubi — “Paxtakor”, “Buxoro” hamda “Surxon”da umumiy hisobda o‘ndan ziyod virus yuqtirib olgan futbolchilar bor. Mazkur holat Superliga uchrashuvlarini qayta tiklash oldidan Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik agentligi bilan kelishilgan yo‘riqnoma shartlariga klublar tomonidan rioya qilish sustlashganini anglatadi.

Bugungi kunda vaziyat murakkab ekani sir emas. Bir tomondan futbol uchrashuvlarini to‘xtatish — ortga tashlangan qadam bo‘ladi. Bu holat turli yosh terma jamoalarning xalqaro maydondagi o‘yinlariga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Boshqa tomondan esa futbolchi va murabbiylarning, umuman futbol jamoatchiligining sog‘ligi bilan bog‘liq jihatlarni ham yoddan chiqarmaslik kerak. Ular nafaqat o‘z salomatliklarini, balki oila-a’zolari sog‘ligini ham xavf ostida qoldirishlari mumkin.

O‘zPFL yuqoridagi fikrlardan, qolaversa, bugun — 20 iyul kuni klublar ishtirokida bo‘lib o‘tgan videokonferensiya xulosalaridan kelib chiqib, quyidagi qarorlarni qabul qiladi.

Coca Cola Superligasi uchrashuvlari 28 iyulga qadar to‘xtatiladi va shu kuni chempionat 10-turdan boshlab davom ettiriladi. Taqvimning keyingi ehtimoliy ko‘rinishlari alohida muhokama etiladi. TV dasturlar vaqtiga halal bermaslik maqsamida 10-tur uchrashuvlarining barchasi 19:00 da start oladi.

Unga qadar Superliganing barcha klublari bor diqqat-e’tiborini futbolchilar salomatligiga qaratadi. Klublarning barchasi xususiy klinikalar bilan hamkorlikda test topshiradi. Bunda O‘zPFL o‘zi ro‘yxatdan o‘tkazgan barcha futbolchi va murabbiylar test topshirganiga ishonch hosil qilishi kerak bo‘ladi. Test javoblarini to‘liq taqdim etmagan klublar qolgan jamoalar futbolchilar salomatligini xavf ostida qoldirmaslik uchun musobaqaga qo‘yilmaydi.

Test topshirgan va uning natijalariga ko‘ra virus aniqlanmagan futbolchilar klub qarorgohiga joylashtiriladi. Ular karantin tartibi yumshatilguniga qadar mashg‘ulotlar va o‘yinlarga o‘z bazalaridan qatnaydi. Boisi, ularning shahar bo‘ylab erkin harakat qilishi, futbolchilar salomatligini, buning ortidan esa chempionat o‘yinlari davomiyligini xavf ostida qoldirishi mumkin.

O‘zPFL avgust oyidagi uchrashuvlarni qanday tashkil qilish va taqvimga qanday o‘zgartirishlar kiritish ustida ish olib boradi. Shuningdek, o‘z ishiga sovuqqonlik bilan yondoshgan klublar direktorlari, bosh murabbiylari hamda shifokorlariga nisbatan keskin choralar ko‘riladi. Virus tarqalishini sun’iy ravishda sir tutayotgan klublarga nisbatan SES bilan hamkorlikda ish ochiladi.

Manba: www.stadion.uz

Kiritildi: 20.07.2020 16:38. O'qildi: 5212 marta.

← Klub xabarlari

Superliga

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 16 39
2 Paxtakor 16 35
3 OKMK 16 28
4 Navbahor 16 28
5 Buxoro 16 27
6 Lokomotiv 16 25
7 Nasaf 16 25
8 Andijon 16 21
9 Dinamo 16 21
10 Bunyodkor 16 19
11 Xorazm 16 19
12 So‘g‘diyona 16 18
13 Surxon 16 18
14 Qizilqum 16 17
15 Qo‘qon-1912 16 12
16 Mash’al 16 4

Elit OCHL

A - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Al-Hilol 7 19
2 Traktor 8 17
3 Al-Ittihod 8 15
4 Al-Ahli (SA) 7 14
5 Al-Vahda 7 14
6 Shabab al-Ahli 7 11
7 Duhayl 8 8
8 As-Sadd 8 8
9 Sharja 8 8
10 Al-G‘arafa 8 6
11 Ash-Shorta 8 5
12 Nasaf 8 4

Yoshlar ligasi

№ Jamoa O' O
1 Nasaf 9 18
2 Paxtakor 9 17
3 Metallurg 9 17
4 Lokomotiv 9 16
5 Andijon 9 15
6 OKMK 9 14
7 Navbahor 9 13
8 Buxoro 9 11
9 So‘g‘diyona 9 11
10 Dinamo 9 10
11 Surxon 9 8
12 Qo‘qon-1912 9 7
13 Qizilqum 8 7
14 Bunyodkor 8 7

O‘zbekiston kubogi

H - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Paxtakor 3 9
2 OKMK 3 6
3 Nasaf 3 3
4 Navoiy FA 3 0

O‘zbekiston superkubogi

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 1 3
2 Paxtakor 1 0

Superliga. II bosqich

B - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Nasaf 20 34
2 Qizilqum 20 31
3 Qo‘qon-1912 20 28
4 OKMK 20 27
5 So‘g‘diyona 20 24
6 Neftchi 20 18

Pro-liga

№ Jamoa O' O
1 Aral 1 3
2 Lokomotiv 1 3
3 FarDU 1 1
4 Olimpik MobiUz 1 1
5 Olimpik 1 0
6 Jayxun 1 0

Liga kubogi

D - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Andijon 3 9
2 Nasaf 3 6
3 Navbahor 3 3
4 Mash’al 3 0

OChL-2

- Guruhi

№ Jamoa O' O

FAZA3-Kubok testoviy

Final
05.09.2026
19:00 Paxtakor
2:1
Nasaf

FAZA3-Liga testovaya

№ Jamoa O' O
1 Paxtakor 1 3
2 Nasaf 1 0

So'nggi uchrashuv

05.09.2026. FAZA3-Kubok testoviy. Final.
19:00
Paxtakor
2-1
Nasaf

Navbatdagi uchrashuv

Uchrashuv qayd etilmagan!

JAMOA TARKIBI