Nasaf

STD.UZ/NASAF

Nasaf

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

“Surxon“da murabbiy effekti, “qo‘shnilar“dan “shturm", matonat va murosa“, boshqaruvni yo‘qotayotgan “mashinist“ yoxud “chala qolgan“ tur yakunlari

“Surxon“da murabbiy effekti, “qo‘shnilar“dan “shturm", matonat va murosa“, boshqaruvni yo‘qotayotgan “mashinist“ yoxud “chala qolgan“ tur yakunlari

 12 13 14 iyul kunlari O‘zbekiston superligasi, navbatdagi tur uchrashuvlari davom ettirildi.

Dam olish kuni, 9-tur startida ikki o‘yin bo‘lib o‘tdi. Dastlab, vodiyda turnir jadvalining 11 o‘rnida borayotgan “Andijon“ jamoasi, o‘zidan bir pog‘ona pastdagi “Surxon“ni qabul qildi.
Xavfli vaziyatlar va keskin voqealarga unchalik ham boy bo‘lmagan bahs taqdirini birinchi bo‘lim so‘ngida Aleksandr Kasyan hal qildi. Islom Abdullayev qo‘riqlayotgan darvoza tomon belgilangan penaltini mehmonlarning Ukrainalik legioneri aniq ijro etib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Shundan so‘ng, ikkinchi bo‘limda Emmanuel Arivachukvuning qizil kartochkasi tufayli bir kishi kam bo‘lib qolgan andijonliklar darvozasi boshqa ishg‘ol etilmagani barobarida, mezbonlar ham raqiblariga gol bilan javob qaytara olishmadi. Yakunda hisob 0:1. Shu tariqa, Ravshan Haydarov shogirdlari yangi murabbiy qo‘l ostida mart oyidan buyon ikkinchi g‘alabasini qayd etdi.

Kunning ikkinchi bahsi Bekoboddagi markaziy o‘yingohda bo‘lib o‘tdi. Unda, restartdan so‘ng har qanday klubga yetarlicha qarshilik ko‘rsatib, yetakchi o‘rinlar uchun jiddiy kurash olib borayotgan
“Metallurg“ jamoasi “So‘g‘diyona“ni qabul qildi. Ayni paytga qadar 3 g‘alaba, 2 durrang hamda 4 mag‘lubiyat qayd etib, barqarorlik namoyish eta olmayotgan jizzaxliklar bu safar imkoniyatni boy berishdi. Ancha qizg‘in va murosasiz kechgan uchrashuvda ikkala jamoa ham ko‘plab xavfli vaziyatlar yuzaga keltirishdi. Ularni, mezbonlar tarkibida Yevgeniy Chumak va Doniyor Narzullayevlar golga aylantirib bekobodliklarga muhim 3 ochkoni keltiirishdi. Umumiy hisob 2:0. Shundan so‘ng Andrey Shipilov jamoasi 16 ochko jamg‘arib, 5 pog‘onaga ko‘tarildi.
Dushanbada, chempionat autsayderlaridan biri “Qizilqum“ Namanganga safar qildi. Unda, mezbon, “Navbahor“ jamoasi Azim Axmedovning goli evaziga kichik hisobda zafar quchdi. So‘nggi daqiqalarda navoiyliklar safidan, himoyachi Ruslan Margiyev qizil kartochka tufayli maydondan chetlatilgan bo‘lsada, hisob o‘zgarishsiz qoldi, 1:0. O‘yin natijasiga ko‘ra, bugungacha 16 ochko jamg‘argan namanganliklar, hozircha, kuchli uchlikdan o‘rin olishdi. Tajmurod Agamurodov qo‘l ostidagi jamoa esa g‘alabasiz seriyasini davom ettirdi.

Shu kuni ishqibozlar turning asosiy, markaziy uchrashuviga ham guvoh bo‘lishdi. Toshkentda, mezbonlar markaziy o‘yingohida kechgan bahsda, chempionat karvonboshisi “Paxtakor“ kutilmagan va super natijalar qayd etib kelayotgan “AGMK“ jamosi bilan ro‘baru keldi. Peshqadamni izma-iz quvib kelayotgan olmaliqliklar o‘z kuchini ushbu to‘qnashuvda ham namoyish etishdi. Dastlab, Arslanmurat Amanov hisobni ochgan bo‘lsa, ko‘plab xavfli hujumlarga iskankanjasida qolgan mezbonlarning xatosi evaziga Yovan Jokich penaltidan gol kiritib, hisobni yana bittaga oshirdi. Ikkinchi bo‘limda maydon egalari ham hujumlarga zo‘r berishdi va raqib jarima maydonchasi tomon bir necha marotaba kuchli shturm uyushtirishdi. Natijada, sergaklikni yoqotgan mehmonlar, qisqa vaqt ichida o‘z darvozalaridan ikkita to‘p olib chiqishga majbur bo‘lishdi. Toshkentliklarning gollariga, zahiradan maydonga tushgan Igor Sergeev hamda Dostonbek Hamdamovlar mualliflik qilishdi. Umumiy hisob 2:2, Yakunda Shota Alveradzi shogirdlari, mavsumdagi ilk durrangini qabul qilib olgan holda, 1 ochko ishlab yetakchilikni saqlab qoldi. Mirjalol Qosimov jamoasi ham aynan shuncha ochkolik tafovut bilan “sherlarni“ ta’qib qilishda davom etadi. Demak, six ham kuymadi, kabob ham.

Joriy turning so‘nggi o‘yinlari esa, Toshkent va Qo‘qon shaharlarida bo‘lib o‘tdi.
Parallel ravishda kechgan bahslarning birida “Lokomotiv“ “Mash’al“ bilan to‘qnashdi. So‘nggi ikki turda g‘alaba qozonib, o‘ziga bo‘lgan ishonchi qaytargandek taassurot uyg‘otgan toshkent jamoasi bu safar imkoniyatni boy berdi. Bu esa “temiryo‘lchilar“ ustozi Andrey Fyodrovning jamoadagi kelgusi faoliyatini yana so‘roq ostida qoldirish bilan birga Aleksandir Xomyakovning jamoaga kelishi haqidagi mish-mishlarning asoslanishiga zamin yaratdi.
Ushbu bahsda, raqibga qaraganda kuchsizroq sanalgan muborakliklar raqiblariga ancha hujumkor va shiddatli o‘yin taklif etishdi. Ham himoya, ham hujum chizig‘ida tartibli va ishonchli harakat qilgan mehmonlar ikkinchi taym o‘rtalariga borib raqiblar darvozasi tomon yo‘l topishdi. Najmiddin Murodovning jarimadan yo‘llagan ajoyib zarbasi Ignayti Nesterovni ojiz qoldirdi. Yakunda, 0:1. Natijada, raqiblariga ochko “ulashgan“ mezbonlar 12 ochko bilan 8 o‘rinda, Dilyaver Vaniyev shogirdlari esa 9 ochko ishlab 10 pog‘onada qolishdi.

Keyingi, Qo‘qon markaziy o‘yingohida kechgan qarama-qarshilikka ham ikkinchi markaziy uchrashuv deya qaralgan edi va hech shubhasiz o‘yin shu maqomda kechdi. Unda, yetakchi o‘rinlar uchun jiddiy harakat qilayotgan “Qo‘qon-1912“ hamda “Nasaf“ jamoalari to‘qnash kelishdi. Birinchi bo‘limda ikkala darvoza dahlsizligi saqlangan bo‘lsada, ikkinchi taym gollarga bo‘y bo‘ldi. Dastavval, Sharof Muhitdinovning uzoqdan yo‘llagan zarbasi raqiblar darvozaboni Muzaffar Abdullayevni ojiz qoldirdi. Keyin esa, mezbonlar vakili Bobur Akbarov hisobni tenglashtirdi.

So‘nggi daqiqalarda mehmonlardan Oybek Bozorov yana qarshiliklarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, oradan bir daqiqa o‘tar o‘tmas, bahs yakunida o‘yinning eng yaxshisi deya e’tirof etilgan Bobur Akbarov dubl qayd etib, muvozanatni tiklagan holda qo‘qonliklarga 1 ochko taqdim etdi. Yakunda, jangovar durrang 2:2. Bu orqali ikkala jamoa ham bir xil, 16 tadan ochko jamg‘argan bo‘lsada, Baxtiyor Ashurmatov jamoasi to‘plar nisbati ko‘rsatgichi evaziga, turnir jadvalida 4 o‘rinda borishmoqda.

Turni yakunlab beruvchi o‘yin Muborakda “Buxoro“ hamda “Bunyodkor“ jamoalari o‘rtasidagi kechishi kerak edi. Ammo, Toshkent klubi a’zosida koronavirus kasalligi alomatlari sezilgani bois, o‘sha futbolchi va butun jamoa karantinga olingan. Shu sababli bu ucharshuv nomalum muddatga qoldirilgan. Ayni paytda Vadim Abramov qo‘l ostidagi jamoa bitta kam o‘yin o‘tkazgan hisoblanib, 16 ochko jamg‘argan. Ayni shu sabab bilan Muhsin Muhammadiyev shogirdlari esa 2 ochko bilan eng so‘nggi pog‘onani band etishgan. Qayd etish joiz ushbu qoldirilgan uchrashuv turnir jadvalida o‘zgarishlarni yuzaga keltirishi mumkin. Xususan, agar “qaldirg‘ochlar“ g‘alaba qozongudek bo‘lishsa, 19 ochko bilan ayni paytda shartli ravishda 3 pog‘onada borayotgan “Navbahor“ning o‘rnini egallashadi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra karantinga olingan jamoa a’zolarining holati barqaror va umid qilamizki, kutilayotgan 10 tur uchrashuvlarida Toshkent jamoasining ishtiroki ta’minlanadi.

Dadajon FOZILJONOV tayyorladi

Manba: www.stadion.uz

Kiritildi: 15.07.2020 08:28. O'qildi: 5554 marta.

← Klub xabarlari

Superliga

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 16 39
2 Paxtakor 16 35
3 OKMK 16 28
4 Navbahor 16 28
5 Buxoro 16 27
6 Lokomotiv 16 25
7 Nasaf 16 25
8 Andijon 16 21
9 Dinamo 16 21
10 Bunyodkor 16 19
11 Xorazm 16 19
12 So‘g‘diyona 16 18
13 Surxon 16 18
14 Qizilqum 16 17
15 Qo‘qon-1912 16 12
16 Mash’al 16 4

Elit OCHL

A - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Al-Hilol 7 19
2 Traktor 8 17
3 Al-Ittihod 8 15
4 Al-Ahli (SA) 7 14
5 Al-Vahda 7 14
6 Shabab al-Ahli 7 11
7 Duhayl 8 8
8 As-Sadd 8 8
9 Sharja 8 8
10 Al-G‘arafa 8 6
11 Ash-Shorta 8 5
12 Nasaf 8 4

Yoshlar ligasi

№ Jamoa O' O
1 Nasaf 9 18
2 Paxtakor 9 17
3 Metallurg 9 17
4 Lokomotiv 9 16
5 Andijon 9 15
6 OKMK 9 14
7 Navbahor 9 13
8 Buxoro 9 11
9 So‘g‘diyona 9 11
10 Dinamo 9 10
11 Surxon 9 8
12 Qo‘qon-1912 9 7
13 Qizilqum 8 7
14 Bunyodkor 8 7

O‘zbekiston kubogi

H - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Paxtakor 3 9
2 OKMK 3 6
3 Nasaf 3 3
4 Navoiy FA 3 0

O‘zbekiston superkubogi

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 1 3
2 Paxtakor 1 0

Superliga. II bosqich

B - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Nasaf 20 34
2 Qizilqum 20 31
3 Qo‘qon-1912 20 28
4 OKMK 20 27
5 So‘g‘diyona 20 24
6 Neftchi 20 18

Pro-liga

№ Jamoa O' O
1 Aral 1 3
2 Lokomotiv 1 3
3 FarDU 1 1
4 Olimpik MobiUz 1 1
5 Olimpik 1 0
6 Jayxun 1 0

Liga kubogi

D - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Andijon 3 9
2 Nasaf 3 6
3 Navbahor 3 3
4 Mash’al 3 0

OChL-2

- Guruhi

№ Jamoa O' O

FAZA3-Kubok testoviy

Final
05.09.2026
19:00 Paxtakor
2:1
Nasaf

FAZA3-Liga testovaya

№ Jamoa O' O
1 Paxtakor 1 3
2 Nasaf 1 0

So'nggi uchrashuv

05.09.2026. FAZA3-Kubok testoviy. Final.
19:00
Paxtakor
2-1
Nasaf

Navbatdagi uchrashuv

Uchrashuv qayd etilmagan!

JAMOA TARKIBI