Nasaf

STD.UZ/NASAF

Nasaf

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

OFK rasmiy sayti «Nasaf»ning «oltin davrini» yodga oldi

OFK rasmiy sayti «Nasaf»ning «oltin davrini» yodga oldi

Ular yangi tarix yaratishgan edi... Aslida O‘zbekiston futbolida 1994 yildagi Osiyo o‘yinlari, 2018-yildagi (U23) qit’a chempionligi mavjud. Shunga qaramay, o‘zbek klublari ichida aynan «Nasaf» birinchilardan bo‘lib 2011-yilda xalqaro musobaqada g‘olib chiqishni uddalagan.

Anatoliy Demyanenko shogirdlari final uchrashuvida «Kuvayt SK» klubini 2:1 hisobida mag‘lubetishgan va mamlakat tarixidagi ilk nufuzli sovringa ega chiqishgan edi. O‘zbekistonning janubiy o‘lkasi uchun bu shonli g‘alaba sanaladi.

 

Qarshi klubi 12 ta uchrashuvda raqiblari darvozasini 37 bor ishg‘ol qilgancha, o‘z yo‘lida uchragan Livan, Hindiston, Yaman, Iordaniya, Tailand va Kuvayt klublarini «chetga surib» tashlashga muvaffaq bo‘ldi.

O‘sha mashhur chempionlikdan so‘ng, «Nasaf» futbolchilari o‘z faoliyatlarini Osiyo va uning tashqarisidagi arenalarda davom ettirishdi.

 

Murodjon Zuhurov

OFK Kubogi-2011. 12 ta o‘yin va 7 ta o‘tkazib yuborilgan gol

Milliy terma jamoa uchun 2011-yilda o‘tkazilgan qit’a chempionatiga olib ketilgan, biroq foydalanilmagan darvozabon o‘sha davrdagi «Nasaf»ning chinakam tayanchi edi. Eng qizig‘ishundaki, Zuhurov 2011-yilda ichki birinchilikdagi 26ta o‘yinning atigi 10 tasidagina «Nasaf» libosida maydonga tushgan. Shunga qaramay, o‘sha 10 ta uchrashuvning atigi 4 o‘yinidagina gol o‘tkazib yuborgan xolos. Darvozabon o‘tgan mavsumni o‘zining sobiq jamoasi – «Bunyodkor»da o‘tkazdi va dekabr oyida futbolchilik faoliyatini yakunlaganini ma’lum qildi

 

Maqsud Karimov

OFK kubogi-2011. 12 ta o‘yin,bitta gol.

Hurmatli va ishonchli himoyachi Demyanenkoning sira almashtirilmaydigan futbolchisi edi. Uni «At-Tilol»ga qarshi uchrashuvdagi o‘yini bilan ko‘pchilik yodida saqlab qolgani aniq. «Nasaf»ning Osiyo qit’asidagi zafarli yurishidan so‘ng, Maqsud jamoada yana 7 yil qoldi. Keyin «Qizilqumda» 2019-yilgi mavsumni o‘tkazdi va butsalarini mixga ildi. Bugungi kunda o‘zi tug‘ilib o‘sgan Xorazm viloyatining «Xorazm» klubi bosh murabbiyi sanaladi.

Boyan Malishich

OFK Kubogi-2011. 10 ta o‘yin

Bo‘yi 188 sm bo‘lgan himoyachi «Nasaf»ga kelganida 26 yoshda edi. U o‘zining Qarshidagi ilk mavsumidayoq g‘alabaning ta’mini totib ko‘rganlardan biri hisoblanadi. U «Nasaf»dan ketgach, Serbiyaning «Yavor» klubi safida ham to‘p surdi. Aslida, Boyanni chinakam sayohatchi desak, adashmagan bo‘lamiz. U faoliyati davomida Osiyoning Filippin, Xitoyva Indoneziya klubilari sharafini himoya qilishga ulgurdi. Uni so‘nggi bor maydonda 2019-yilning dekabryoyida ko‘rishgan. U haqida boshqa ma’lumotlarni topishning iloji bo‘lmadi.

Botir Qorayev

OFK Kubogi-2011.10 ta o‘yin

Botir Qorayevning uzoq davom etgan faoliyatidagi eng yorqin g‘alaba «Nasaf»ning OFK Kubogidagi zafarli yurishlari bilan bog‘liq. U shuningdek, O‘zbekiston chempionatlarida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi ham sanaladi. U «ajdarlar» bilan bir bor Superliganing kumush medallariga ega chiqqan bo‘lsa, 2000-2014-yillar oralig‘ida 8 bor bronzamedallarini ham o‘ziniki qilb olgan. Kelasi oyda 40 yoshni qoralashi kutilayotgan Qorayev ayni damda Muborakning «Mashal» jamoasida yordamchi murabbiy sifatida faoliyat olib bormoqda.

 

Jahongir Jiyamurodov

OFK Kubogi-2011. 10 ta o‘yin, 1 ta gol

 

Jahongir o‘zining musobaqaning yarim finalida aniq amalga oshirgan penaltisi bilan tarixda qolishi aniq. Futbolchi chempionlikdan so‘ng, «Nasaf» bilan OCHLda ham ishtirok etdi.

Bugungi kunda endigina 32 yoshni qarshi olganiga qaramay, u ikkinchi divizionda harakat qilayotgan «Zomin» jamoasi bosh murabbiyi sanaladi.


Andres Pereplyotkins
OFK Kubogi-2011. 12 ta o‘yin
, 4 ta gol

 

«Anderlext», «Sautgempton» singari jamoalarda suyagi qotgan futbolchi «Nasaf»ning chempionligi uchun eng katta hissa qo‘shgan insonlardan biri hisoblanadi. Ukrainada tavallud topgan Andres Litva terma jamoasida ham to‘p surishga ulgurgan. Ayniqsa, uning final uchrashuvida amalga oshirgan assistini ta’kidlab o‘tish darkor. O‘sha yili Andresbutun mavsum davomida 40 ta uchrashuvda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 12 ta gol yozib qo‘ygan edi. U jamoa bilan yana bir mavsum qoldi, so‘ng Estoniya, Armaniston, Kipr va Latviya klublari sharafini himoya qildi. Uni so‘nggi bor 2019-yilda «Nova» jamoasi libosida ko‘rdik. Xozircha uning karyerasi borasida boshqa ma’lumotlar yo‘q.

 

 

Lutfulla To‘rayev
OFK Kubogi-2011. 12 ta o‘yin
, 4 ta gol

«Mash’al»dan «Nasaf»ga ko‘chib o‘tgan Lutfullo «Nasaf»ning oltin davridagi barcha uchrashuvlarda harakat qilgan. 23 yoshli yigit final uchrashuvidagi g‘alabadan 2 oy o‘tib Toshkentning «Bunyodkor» jamoasiga o‘tib ketdi va 2013-yilda O‘zbekiston chempioni bo‘ldi. Keyinchalik faoliyati davomida «Lokomotiv», «AGMK» va «Felda Yunayted» singari klublarda harakat qildi. Aslida, 2020-yilgi mavsumni To‘rayev «Bunyodkor»da boshladi. Vadim Abramov uni biroq Indoneziyaning «Madura Yunayted» jamoasiga qo‘yib yubormadi.


Artur Gevorkyan

OFK Kubogi-2011. 11 ta o‘yin, 4 ta gol

 

Bugungi kunda Turkmanistonning «Ahal» klubi sharafini himoya qilayotgan Arturning «Nasaf»dagi faoliyati juda omadli (2011 yilgi mavsumning barcha musobaqalarida 11 ta gol) bo‘lgan. U Demyanenkoning hujumdagi asosiy quroli sifatida «Nasaf»ga katta foyda keltirishni uddalagan. 2014-yilda 18 ta gol bilan to‘puarlar poygasida g‘olib chiqqan Artur «Lokomotiv» jamoasiga o‘tib ketadi. Keyinchalik uning faoliyatida «Qizilqum» va «Banduga» klublari paydo bo‘ldi. Ayni damda, qahramonimiz o‘z yurtida futbolchilik faoliyatini davom ettirmoqda.


Erkin Boydullayev

OFK Kubogi-2011. 9 ta o‘yin

 

O‘zining eng omadli mavsumida «Nasaf» bilan chempionlikni qo‘lga kiritgan Erkin jamoaning asosiy futbolchilaridan biri edi. U 2011-yilda ichki birinchilikning 21 ta o‘yinida maydonga tushgan bo‘lsa, OFK kubogining 9 ta o‘yinida to‘liq harakat qilgan. Ayniqsa, uning «Al-Vihdat» va «Kuvayt SK» klublariga qarshi o‘yinlari tahsinga sazovor. Chempionlikdan so‘ng, Boydullayev 2016-yilgacha «ajdarlar» sharafini himoya qildi. «Qizilqum» o‘tishdan oldinoldin terma jamoadan ham chaqiruv oldi. Eng qizig‘ishundaki, u 35 yoshda bo‘lishiga qaramay, AGMK safida mamlakat kubogi finaliga qadar yetib kelishni uddaladi. Ayni damda yarim himoyachi AGMK sharafini himoya qilib kelmoqda.

 

Ilhom Shomurodov

OFK Kubogi-2011. 8 ta o‘yin, 3 ta gol

 

Ilhom barchaning yodida «Dempo» va «Al-Faysaliy» jamoalariga kiritgan gollari bilan abadiy qolishi aniq. Qahramonimiz 2012-yilda «kichik muddat» «Bunyodkor» safida harakat qildi va yana Qarshi klubi safiga qaytdi va faoliyati so‘ngiga qadar jamoa sharafini himoya qildi. 2016-yilda butsalarini mixga ilgan hujumchining jiyani – Eldor Shomurodov («Rostov» klubi a’zosi) Osiyoning eng shiddatli futbolchilaridan biri hisoblanadi.

Ivan Boshkovich

OFK Kubogi-2011. 10 ta o‘yin, 10 ta gol

 

Chernogoriyalik futbolchi 2011-yildagi ichki birinchilikda atigi 4 ta gol kiritgan bo‘lsa-da, OFK kubogida uni to‘xtatishning iloji bo‘lmadi va umusobaqaning eng yaxshi to‘purariga berilgan sovrinni uyiga olib ketdi.

«Nasaf» safiga 29 yoshida kelib qo‘shilgan hujumchi «Dempo»ga qarshi o‘yinda 4 bor raqib darvozasini ishg‘ol qilgan edi. Shuningdek, uning «Al-Vihdat»ga qarshi o‘yinda kiritgan goli «Nasaf»ga muhim g‘alabani taqdim etgan. Serb «Chonburi» safiga o‘tguniga qadar yana bir mavsum «Nasaf» libosida harakat qildi. «Chonburi»dan so‘ng, uning sharqiy Osiyodagi sarguzashtlari boshladi. Faqat 2017-yilga kelibgina Ivan «Stujeska Niksic» jamoasida butsalarini mixga ildi.

 

Shuningdek

 

Nosirbek Otaqo‘ziyev o‘z faoliyati davomida O‘zbekistonning grand klubilari safida harakat qildi. Shuningdek, haliham terma jamoadan chaqiruv olayotgan Fozil Musayevni ham alohida qayd etib o‘tish joiz. Musayev Qatar, Eron va Yaponiya chempionatlarida ham o‘zini yo‘qotib qo‘ygani yo‘q. Xuddi u singari Artyom Filipasyan ham Sharq bo‘ylab sayohat qilganlardan biri. Xitoy, Tailand va Indoneziya chempionatlarida to‘p surgan himoyachi 2013-yilda «Bunyodkor» bilan O‘zbekiston chempioni bo‘lgan. 2011-yilda 20 yoshli zaxira darvozaboni sanalgan Eldorbek Suyunov bugungi kunda milliy terma jamoaning asosiy darvozabi darajasiga ko‘tarilgan.

 

Bosh murabbiy

Anatoliy DemyanYEnko

 

Futbolchilik faoliyati davomida 5 bor SSSRchempionligini qo‘lga kiritgan afsonaviy futbolchining erishgan yutuqlari haqida uzoq so‘zlash mumkin. Ayniqsa, «Dinamo Kiyev» safidagi UEFA kubogi uning faoliyatini bezab turuvchi sovrin sanaladi. Shuningdek, u sobiq ittifoq termasi sardori sifatida 80 ta uchrashuvda maydonga tushishga muvaffaq bo‘lgani e’tiborga molik. U to‘liq bir mavsum «Nasaf»da faoliyat olib borgach, biroz futboldan uzoqlashdi va 61 yoshida Sloveniyaning «Nitra» jamoasi ustoziga aylandi.

 

Jamoa menejeri

 

Anatoliy Demyanenkodan so‘ng, Usmon Toshev jamoa boshqaruvini o‘z qo‘liga oldi. «Nasaf» uni iste’foga chiqargach, O‘zbekistonning turli klublarini boshqargan bo‘lsada, aytarli yutuqlarga erishgani yo‘q.

E’tiborlisi shundaki, qahramonimiz 2018-yildan boshlab Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib bormoqda. Bugungi kunda 54 yoshli mutaxassis Tojikiston terma jamoasi bilan Qatar-2022 musobaqasida ishtirok etish uchun kurash olib bomoqda. Ayni damda, uning jamoasi o‘zi joylashgan guruhda Yaponiya va Qirg‘izistondan keyingi o‘rinda bormoqda.

Manba: Stadion.uz

Kiritildi: 07.03.2020 18:45. O'qildi: 7863 marta.

← Klub xabarlari

Superliga

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 16 39
2 Paxtakor 16 35
3 OKMK 16 28
4 Navbahor 16 28
5 Buxoro 16 27
6 Lokomotiv 16 25
7 Nasaf 16 25
8 Andijon 16 21
9 Dinamo 16 21
10 Bunyodkor 16 19
11 Xorazm 16 19
12 So‘g‘diyona 16 18
13 Surxon 16 18
14 Qizilqum 16 17
15 Qo‘qon-1912 16 12
16 Mash’al 16 4

Elit OCHL

A - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Al-Hilol 7 19
2 Traktor 8 17
3 Al-Ittihod 8 15
4 Al-Ahli (SA) 7 14
5 Al-Vahda 7 14
6 Shabab al-Ahli 7 11
7 Duhayl 8 8
8 As-Sadd 8 8
9 Sharja 8 8
10 Al-G‘arafa 8 6
11 Ash-Shorta 8 5
12 Nasaf 8 4

Yoshlar ligasi

№ Jamoa O' O
1 Nasaf 9 18
2 Paxtakor 9 17
3 Metallurg 9 17
4 Lokomotiv 9 16
5 Andijon 9 15
6 OKMK 9 14
7 Navbahor 9 13
8 Buxoro 9 11
9 So‘g‘diyona 9 11
10 Dinamo 9 10
11 Surxon 9 8
12 Qo‘qon-1912 9 7
13 Qizilqum 8 7
14 Bunyodkor 8 7

O‘zbekiston kubogi

H - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Paxtakor 3 9
2 OKMK 3 6
3 Nasaf 3 3
4 Navoiy FA 3 0

O‘zbekiston superkubogi

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 1 3
2 Paxtakor 1 0

Superliga. II bosqich

B - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Nasaf 20 34
2 Qizilqum 20 31
3 Qo‘qon-1912 20 28
4 OKMK 20 27
5 So‘g‘diyona 20 24
6 Neftchi 20 18

Pro-liga

№ Jamoa O' O
1 Aral 1 3
2 Lokomotiv 1 3
3 FarDU 1 1
4 Olimpik MobiUz 1 1
5 Olimpik 1 0
6 Jayxun 1 0

Liga kubogi

D - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Andijon 3 9
2 Nasaf 3 6
3 Navbahor 3 3
4 Mash’al 3 0

OChL-2

- Guruhi

№ Jamoa O' O

FAZA3-Kubok testoviy

Final
05.09.2026
19:00 Paxtakor
2:1
Nasaf

FAZA3-Liga testovaya

№ Jamoa O' O
1 Paxtakor 1 3
2 Nasaf 1 0

So'nggi uchrashuv

05.09.2026. FAZA3-Kubok testoviy. Final.
19:00
Paxtakor
2-1
Nasaf

Navbatdagi uchrashuv

Uchrashuv qayd etilmagan!

JAMOA TARKIBI