Nasaf

STD.UZ/NASAF

Nasaf

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Ro‘ziqul Berdiyev: “Biz xaqli ravishda g‘alabaga erishdik”

Ro‘ziqul Berdiyev: “Biz xaqli ravishda g‘alabaga erishdik”

Coca-Cola O‘zbekiston Kubogi chorak finalidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Nasaf” (0:1) uchrashuvidan so‘ng jamoamiz bosh murabbiyi bo‘lib o‘tgan bellashuv haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. 

• Biz bugun ikkinchi raqamli jamoa bo‘lib o‘ynashga tayyorgarlik ko‘rgan edik. Ko‘rsatma bo‘yicha bexato o‘ynashimiz kerak edi. Maydonda harakat qilgan barcha futbolchilarimiz vazifani a’lo darajada bajarishdi. Biz bugun juda katta bosim ostida o‘ynashimizni yaxshi bilardik. Namangalik muxlislarning o‘z jamoalarni qanday qo‘llab-quvvatlashlarini hamma biladi. Raqibimizning o‘yinini yaxshi o‘rgangandik. Shuning uchun juda e’tiborli va xatosiz harakat qilishimiz kerak edi va biz buni uddaladik. Bundan tashqari qarshi hujumlarda ko‘proq vaziyatlar yaratdik agar ulardan unumli foydalanganimizda hisob yirik ko‘rinishga kelishi ham mumkin edi. Ammo bunga futbolchilarimizda sovuqqonlik yetishmadi. Biz bugun xaqli ravishda g‘alaba qozondik va keyingi bosqichga chiqdik. Bugungi g‘alaba bilan barcha muxlislarimizni tabriklayman. Bu turnirda biz o‘z oldimizga yuqori vazifani qo‘yganmiz. Kubok uchun oxirigacha kurashamiz.

• “Navbahor”ning o‘yinini qanday tasavvur qilgandingiz? – Va amalda qanday bo‘ldi?

• Bugungi o‘yinni raqibimizdan kutgan edim. “Navbahor” jamoasi natija uchun shoshilishini va asabiylashishini kutgan edik. Ularning qanotlardan uzoq uzatmalar orqali harakat qilishini o‘rgangan edik. Shuning uchun biz 3 ta markaziy himoyachi bilan o‘ynadik. Bilamiz “Navbahor” jamoasida qanotlar faol harakat qiladi. Ularning barchasida to‘pni oshirib berish a’lo darajada. Undan tashqari Kasyanning yuqorida yaxshi o‘ynashini yaxshi bilar edik. Shuning uchun bugun 3 markaziy himoyachi bilan himoyaviy o‘yin o‘ynadik. Biz qarshi hujumlardan unumli foydalanishimiz kerak edi ammo bu bizda biroz oqsadi.

• Yarim finalda qaysi jamoga qarshi o‘ynashni istar edingiz?

• Bu savolingizga quyidagicha javob beraman. Mavsum boshida ko‘pchilik bizga ishonmagan edi. Bizda asosiy maqsad o‘z mavqeini saqlab qolib, Superligada jon saqlab qolish uchun kurashadi degan fikrlar bo‘lgandi. Lekin hozir biz yarim finaldamiz jamoamiz uchinchi o‘rin uchun kurashmoqda. Shuning uchun biz faqat oldinga qarab harakatlanamiz. Yarim finalda esa qaysi jamoaga qarshi maydonga chiqishimizning farqi yo‘q. Yosh jamoamizning hozirgi ko‘rsatayotgan o‘yini bizni qoniqtiradi. Biz oxirigacha kurashamiz. Yarim finalga chiqqan jamoalar orasida kuchsiz jamoaning o‘zi yo‘q. Mavsum boshidagi asosiy maqsadimiz yosh futbolchilarimizni saviyasini oshirish va o‘z mavqeimizni saqlab qolish edi. Hozir esa shu jamoamiz yarim finalga chiqdi. Shuning o‘zi ham katta natija deb bilaman. 

• Birinchi davrada “Navbahor” jamoasiga qarshi kechgan o‘yinda mag‘lubiyatga uchragan edinglar. Hozirgi va avvalgi “Navbahor” o‘rtasidagi farqni sezdingizmi?

• Mening fikrimcha birinchi davradagi jamoa hozirgidan kuchliroq edi. Boshqa jamoani muhokama qilishni istamayman lekin natijalar shuni ko‘rsatmoqda.

• Har yili mavsum oxirida jamoangizning tajribali futbolchilari raqobatdosh jamoalar tarkibiga o‘tib ketadi. Ammo jamoa hech yetakchilarning ketaganligini bildirmaydi. Buning siri nimada?

• Mening fikrimcha bu ko‘pchilikning mehnati va bizga yaratib berilgan sharoitlar tufayli deb bilaman. Bu yerda faqat men emas barcha murabbiylarning xizmati va klubimizning olib borayotgan siyosati sabab deb bilaman. Bundan tashqari yosh futbolchilar ko‘proq o‘ynashga intilishadi. Ularga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish kerak va to‘g‘ri futbol o‘ynashni o‘rgatishimiz kerak. Buni amalda bizning futbolchilar isbotlashmoqda. Hozir biz kubok ololmasak yoki natija ko‘rsata olmasak bizdan hech kim hafa bo‘lmaydi. Chunki jamoamiz hali yosh. Lekin shu jamoani saqlab qolib ularning tajribasini oshirsak kelasi mavsumda raqobatbardosh jamoaga aylanamiz.

• Birinchi savolim jamoaning o‘ratacha yoshi nechchida? Ikkinchi savolim darvozaboningiz oldin qaysi jamoalarda o‘ynagan? Uchinchi savolim bizning jamoalarga chetdan murabbiy olib kelinishiga qanday qaraysiz?

• - Jamoamizmning o‘rtacha yoshi 22 yosh. 

• - Abduvoxid Ne’matovga keladigan bo‘lsak u o‘zimizning futbol maktabimiz tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U o‘tgan yili futbol maktabimizning U-18 jamoamiz sharafini himoya qilgan. Hozirda Olimpiya terma jamoasi a’zosi hisoblanadi. Bundan tashqari o‘tgan mavsumda u asosiy jamoa bilan birga shug‘ullangan edi va hozir u bizning ishonchimizni oqlamoqda. Bugun ham uning ko‘rsatgan o‘yini muxlislarga yoqdi deb o‘ylayman.

• - Murabbiylar haqida gapiradigan bo‘lsam, O‘zbekistonga keladigan xorijiy murabbiylar o‘zbek futboliga nimadir bera olishi kerak. Mana shunday murabbiylarni har taraflama qo‘llab-quvvatlasak bo‘ladi. Bunday murabbiylar keladi lekin hech narsani o‘zgartira olmaydi. O‘zimizning murabbiylarimizning ham xorijiy murabbiylardan kam joyi yo‘q va ular buni isbotlashmoqda.

• - Superliga jamoalari tarkibida Namanganlik futbolchilar to‘p surishmoqda shulardan biri “Nasaf” futbol maktabi tarbiyalanuvchi Islom Rashidxonov bugun ko‘rinmadi. Buni qanday izohlaysiz?

- Islom Rashidxonov jarohati tufayli bugun maydonga tushmadi. Shuning uchun uchrashuv qaydnomasiga ham kiritilmadi. “Lokomotiv” jamoasiga qarshi kechgan o‘yinda jarohat olgandi shuning uchun biz uni almashtirishga majbur bo‘lgan edik. Biz unga ishonamiz. U jismonan baquvvat bo‘lmasada lekin futbolni aql bilan o‘ynaydi.

Manba: www.fcnasaf.uz

Kiritildi: 23.08.2019 10:30. O'qildi: 3646 marta.

← Klub xabarlari

Superliga

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 16 39
2 Paxtakor 16 35
3 OKMK 16 28
4 Navbahor 16 28
5 Buxoro 16 27
6 Lokomotiv 16 25
7 Nasaf 16 25
8 Andijon 16 21
9 Dinamo 16 21
10 Bunyodkor 16 19
11 Xorazm 16 19
12 So‘g‘diyona 16 18
13 Surxon 16 18
14 Qizilqum 16 17
15 Qo‘qon-1912 16 12
16 Mash’al 16 4

Elit OCHL

A - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Al-Hilol 7 19
2 Traktor 8 17
3 Al-Ittihod 8 15
4 Al-Ahli (SA) 7 14
5 Al-Vahda 7 14
6 Shabab al-Ahli 7 11
7 Duhayl 8 8
8 As-Sadd 8 8
9 Sharja 8 8
10 Al-G‘arafa 8 6
11 Ash-Shorta 8 5
12 Nasaf 8 4

Yoshlar ligasi

№ Jamoa O' O
1 Nasaf 9 18
2 Paxtakor 9 17
3 Metallurg 9 17
4 Lokomotiv 9 16
5 Andijon 9 15
6 OKMK 9 14
7 Navbahor 9 13
8 Buxoro 9 11
9 So‘g‘diyona 9 11
10 Dinamo 9 10
11 Surxon 9 8
12 Qo‘qon-1912 9 7
13 Qizilqum 8 7
14 Bunyodkor 8 7

O‘zbekiston kubogi

H - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Paxtakor 3 9
2 OKMK 3 6
3 Nasaf 3 3
4 Navoiy FA 3 0

O‘zbekiston superkubogi

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 1 3
2 Paxtakor 1 0

Superliga. II bosqich

B - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Nasaf 20 34
2 Qizilqum 20 31
3 Qo‘qon-1912 20 28
4 OKMK 20 27
5 So‘g‘diyona 20 24
6 Neftchi 20 18

Pro-liga

№ Jamoa O' O
1 Aral 1 3
2 Lokomotiv 1 3
3 FarDU 1 1
4 Olimpik MobiUz 1 1
5 Olimpik 1 0
6 Jayxun 1 0

Liga kubogi

D - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Andijon 3 9
2 Nasaf 3 6
3 Navbahor 3 3
4 Mash’al 3 0

OChL-2

- Guruhi

№ Jamoa O' O

FAZA3-Kubok testoviy

Final
05.09.2026
19:00 Paxtakor
2:1
Nasaf

FAZA3-Liga testovaya

№ Jamoa O' O
1 Paxtakor 1 3
2 Nasaf 1 0

So'nggi uchrashuv

05.09.2026. FAZA3-Kubok testoviy. Final.
19:00
Paxtakor
2-1
Nasaf

Navbatdagi uchrashuv

Uchrashuv qayd etilmagan!

JAMOA TARKIBI