Nasaf

STD.UZ/NASAF

Nasaf

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Toshkentdagi tomosha davom etadimi?

Toshkentdagi tomosha davom etadimi?


Kechagi uchrashuvni stadiondan kuzatdim. Oldimda «Paxtakor»  emblemasi tushirilgan sharfni bo‘yniga tashlab olgan o‘rta yoshlardagi  bir kishi hayajonda o‘yin boshlanishini kutib o‘tirar, yonimdagi hamkasblarimga  «Paxtakor»ning asr boshidagi tarkibi haqida to‘lqinlanib gapirardi. Bir qarashda «Paxtakor»ning haqiqiy muxlisi ekanligini darrov sezdim…

O‘yin boshlangan zahoti yonimdagi «Paxtakor» muxlisi sal havfli vaziyat bo‘lishi bilan o‘rnidan turib ketar, baqirib jamoani jon- jahdi bilan oldinga chorlardi. Men esa kulimsirab unga qarab qo‘ydim. Shunda u: “Kechirasiz, siz «Nasaf» muxlisi bo‘lsangiz kerak?” - deb so‘rab qoldi. Men: «Yo‘q, biz chiroyli va halol futbolning muxlisimiz», - deya hazil qildim.
U esa: “Unaqasi bo‘lmaydi, siz kelganingizdan beri «Nasaf»ga muxlislik qilyapsiz. Ko‘rib o‘tiribmanku!” - dedi.
“Yo‘q, biz Super Liganing tomoshabop bo‘lishi tarafdorimiz. Bugun «Paxtakor» ochko yo‘qotadigan bo‘lsa, ichki chempionatimizga intriga yanada oshadi”, - dedim.
«Paxtakor»ning intriga bilan ishi yo‘q. Biz g‘alaba qozonsak bo‘ldi”, - deya ustimdan kulgandek bo‘ldi.
O‘yinni suhbatlashib, to‘g‘rirog‘i, bahslashib tomosha qildik. Bu orada «Nasaf» hisobni tenglashtirganda o‘rnimdan turib ketdim! Bilmadim nega, balki shunday qudratli jamoa oldida tizzasi qaltirab qolmagan yigitlarga havasim kelgandir, balki klubi moliyaviy qiyinchiliklar o‘chog‘ida qolgan bo‘lsada, tishini oqini ko‘rsatmasdan maydonda jang qilgan yigitlarga yuragimda yaqinlik sezdimmi…

«Paxtakor» muxlisi asabiylashar, ustunlik esa asta-sekin «Ajdarlar» qo‘liga o‘ta boshlardi. Shunda u menga: «Ana intiriga xohlagandingiz», - deya asabiy qarab qo‘ydi.
Men ham javobni kechiktirmadim. “Stadionga qarang. 15 ming muxlis o‘yinni tomosha qilmoqda. Bundan bir necha yillar avval birorta jamoa «Paxtakor»ga bas kela olmas edi, nega o‘shanda stadionga muxlis kirmasdi? Axir «Paxtakor» hammani yengardiku!  Birodar, tushuning bu muxlislar halol o‘yin va murosasiz futbol ko‘rgani kelishgan”, - deya javob qaytardim.
U hech narsa demadi, ichidan gaplarim to‘g‘ri ekanligini sezdi, shekilli, indamay qo‘ya qoldi.
Bu orada «Paxtakor» ikkinchi golni kiritdi. «Paxtakor» muxlisi esa, menga qaradida: « To‘grisi o‘yindan tashqari xolat edi», - deya indamay o‘tiraverdi.
Uning nigohida g‘alabadan masrurlik asari ham yo‘q edi.
O‘yin tugashi bilan futbolchilarning oldiga oshiqdim…

Ularning maydondan chiqib kelishini kuzatib turar ekanman, negadir kuchli raqibdan zarracha cho‘chimasdan, muxlislar quvonchi uchun maydonda jang qilgan yigitlarni mahkam bag‘rimga bosgim keldi. Birinchi bo‘lib «Paxtakor» futbolchilari ko‘tarinki kayfiyatda maydondan chiqib, kiyinish xonasiga o‘tib ketishdi. So‘ng maydonda qadamidan o‘t chaqnagan «Nasaf» futbolchilari og‘ir qadamlar bilan stadiondan kiyinish xonasiga o‘tib keta boshlashdi. Odatga ko‘ra intervyu olishim kerak edi. Negadir, yigitlarning kayfiyatlarini ko‘rib g‘alati bo‘lib ketdim. Ularning bo‘shi egik xolda, yig‘lamsirab maydonni tark etayotganini ko‘rish menga juda og‘ir botdi. Darrov har birini qo‘lini siqib bugun xalq oldida sizlar yengilmadingiz degim kelar, hammasini nimadur deb ko‘nglini ko‘tarishga urunmoqchi bo‘lardim. «Nasaf» yigitlari esa og‘ir qadamlar bilan kiyinish xonasiga kirib ketishdi…

Matbuot anjumanida Ro‘ziqul Berdiyev asabiylashib gapirdi. Ro‘ziqul akani hech qachon bu qadar asabiylashganini ko‘rmagan edim. Murabbiy: «Kiyinish xonasiga kirsam, yosh bolalardek yig‘lab o‘tirishibdi», - deya tomog‘iga nimadir tiqilib qolgandek gapirolmay qoldi…

Mening ko‘nglimdan esa quyidagi fikrlar o‘tdi. Biz shunday asl  yigitlarning jangovar ruhiyatini sindirib, ertaga jahon chempionatlarida ishtirok etishdan umid qilishimiz noo‘rindek ko‘rinmoqda. Futbolda hech qaysi mashg‘ulot ruhiy ustunlikni bermaydi. Bu mag‘lubiyat  yosh futbolchilarning qalblarida uzoq muddat qolishi aniq…

O‘yindan so‘ng tashqariga chiqsam, «Paxtakor» muxlisi sigareta tutatib yomg‘irdan pana joyda turgan ekan. Sinchiklab kuzata boshladim. Uning ko‘zlarida g‘alabadan asar ham yo‘q. Nimalarnidir o‘ylab jim edi.

«Paxtakor»ning asl muxlislari kechagi uchrashuvdagi g‘alabadan ko‘ngillari to‘lmagani aniq. Sababi o‘sha uchrashuvda «Sherlar» «Ajdarlar»dan bir bosh baland o‘ynay olmadi. Vaholanki, shunday tarkib bilan o‘z uyida mag‘rur futbol namoyish qilishi shart edi. «Paxtakor» buni uddasidan chiqa olmadi. Demak, xali jamoada qilinadigan ishlar ko‘p. «Nasaf»ning yosh futbolchilariga esa shunday  degim keldi:  «Kecha Toshkentda ko‘rsatgan xarakteringiz uchun boshingizni baland ko‘tarib yursangiz arziydi. O‘zbekistonda moliyaviy masalalarga qaramasdan, g‘urur va sha’n uchun maydonga tushadigan sizdek yigitlar bor ekan hali nimadandir umid qilsak bo‘ladi. Sizdek mard o‘g‘lonlarga yerga qaragan nigohlar sira yarashmas ekan!»

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev

Manba: stadion.uz

Kiritildi: 06.04.2019 12:11. O'qildi: 13411 marta.

← Klub xabarlari

Superliga

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 16 39
2 Paxtakor 16 35
3 OKMK 16 28
4 Navbahor 16 28
5 Buxoro 16 27
6 Lokomotiv 16 25
7 Nasaf 16 25
8 Andijon 16 21
9 Dinamo 16 21
10 Bunyodkor 16 19
11 Xorazm 16 19
12 So‘g‘diyona 16 18
13 Surxon 16 18
14 Qizilqum 16 17
15 Qo‘qon-1912 16 12
16 Mash’al 16 4

Elit OCHL

A - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Al-Hilol 7 19
2 Traktor 8 17
3 Al-Ittihod 8 15
4 Al-Ahli (SA) 7 14
5 Al-Vahda 7 14
6 Shabab al-Ahli 7 11
7 Duhayl 8 8
8 As-Sadd 8 8
9 Sharja 8 8
10 Al-G‘arafa 8 6
11 Ash-Shorta 8 5
12 Nasaf 8 4

Yoshlar ligasi

№ Jamoa O' O
1 Nasaf 9 18
2 Paxtakor 9 17
3 Metallurg 9 17
4 Lokomotiv 9 16
5 Andijon 9 15
6 OKMK 9 14
7 Navbahor 9 13
8 Buxoro 9 11
9 So‘g‘diyona 9 11
10 Dinamo 9 10
11 Surxon 9 8
12 Qo‘qon-1912 9 7
13 Qizilqum 8 7
14 Bunyodkor 8 7

O‘zbekiston kubogi

H - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Paxtakor 3 9
2 OKMK 3 6
3 Nasaf 3 3
4 Navoiy FA 3 0

O‘zbekiston superkubogi

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 1 3
2 Paxtakor 1 0

Superliga. II bosqich

B - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Nasaf 20 34
2 Qizilqum 20 31
3 Qo‘qon-1912 20 28
4 OKMK 20 27
5 So‘g‘diyona 20 24
6 Neftchi 20 18

Pro-liga

№ Jamoa O' O
1 Aral 1 3
2 Lokomotiv 1 3
3 FarDU 1 1
4 Olimpik MobiUz 1 1
5 Olimpik 1 0
6 Jayxun 1 0

Liga kubogi

D - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Andijon 3 9
2 Nasaf 3 6
3 Navbahor 3 3
4 Mash’al 3 0

OChL-2

- Guruhi

№ Jamoa O' O

FAZA3-Kubok testoviy

Final
05.09.2026
19:00 Paxtakor
2:1
Nasaf

FAZA3-Liga testovaya

№ Jamoa O' O
1 Paxtakor 1 3
2 Nasaf 1 0

So'nggi uchrashuv

05.09.2026. FAZA3-Kubok testoviy. Final.
19:00
Paxtakor
2-1
Nasaf

Navbatdagi uchrashuv

Uchrashuv qayd etilmagan!

JAMOA TARKIBI