Nasaf

STD.UZ/NASAF

Nasaf

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Umarbek Eshmurodov: «Nasaf»da to‘p tepishimdan mamnunman»

Umarbek Eshmurodov: «Nasaf»da to‘p tepishimdan mamnunman»

Avval xabar qilganimizdek, himoyachimiz Umarbek Eshmurodov jamoamizdagi faoliyatini yana davom ettiradi.

Biz mohir himoyachi bilan qisqacha suhbat uyushtirdik.

-Umarbek avvalo sizni shartnoma muddatini uzaytirganingiz bilan tabriklaymiz.

-Katta rahmat. Bosh murabbiyimiz Ro‘ziqul aka va klubimiz bosh menedjeri Sergey Petrovichlar menga yana ishonch bildirishdi, o‘z o‘rnida men ham buni mamnuniyat bilan qabul qildim va o‘zaro shartnoma muddatini uzaytirdik.

-Demak, sizni “Nasaf”dagi sharoitlar qoniqtiradi.

-SHunday, klubimizda futbolchi uchun hamma sharoitlar bor. Bu yerdagi futbolchiga bo‘lgan munosabat ham professional tarzda yo‘lga qo‘yilgan. Jamoadagi muhit ham har qanday futbolchi orzu qiladigan darajada. “Nasaf” tarkibida to‘p tepib, qit’amizning nufuzli musobaqasida ham ishtirok etdim. Bu men uchun katta tajriba maktabi bo‘ldi. “Nasaf”da o‘ynab, jamoam bilan yana shunday musobaqada ishtirok etishni hohlayman. To‘g‘ri, bu yil mavsum biz uchun qiyinroq kechdi. Yetakchi futbolchilarimiz moliyaviy muammolar tufayli  boshqa jamoalarga o‘tib ketishdi. Bu kuchli jamoalarga qarshi o‘yinimizda muammolarni keltirib chiqardi. Ammo Ro‘ziqul aka bularga qaramasdan biz futbolchilarni yaxshiroq o‘ynashimizga ruhlantira oldi.  Qolaversa, vohamiz futbol muxlislarining eng sevimli jamoasi – “Nasaf”da to‘p tepish men uchun juda yoqimli va faxrlidir.

-Sizni futbolchi sifatida jamoamizning bu yilgi natijasi qoniqtirdimi?

-Yo‘q, chunki har bir futbolchi yuqori natijalarga erishishni hohlaydi. Chempion bo‘lishni orzu qilmagan futbolchi menimcha topilmaydi. Bu holat ya’ni bu yil yangi formatda o‘tkazilgan chempionatimizda quyi oltilikda  o‘rin egallashimiz, vaqtinchalik holat deb, bilaman. Pastlash dunyoning buyuk jamoalarida ham uchrab turadigan holat. Men shuni ishonch bilan aytamanki, “Nasaf” hali katta yutuqlarni qo‘lga kiritadi. Keling, bu yilgi natijani yuqoriga sakrashdan oldin, pastga sho‘ng‘ish deya qolamiz. Shunday bo‘lishini o‘zim juda hohlayman.

-Futbolchi uchun eng muhimi nima?

-Bu savolingizga o‘zimning dunyo qarashimdan kelib chiqib javob beraman. Futbolchi shu yo‘lni tanladimi, avvalo shu sohani ilg‘ori bo‘lishi kerak. Ya’ni foydali o‘yinchi bo‘lishi kerak. Ba’zida futbolchini ko‘p pul hohlashini tanqid qilishadi. Ko‘p pul kimga kerak emas? Aslida esa futbolchi ko‘p pul taklif etiladigan darajani egallashi kerak. Ammo hali bir narsani uddalamay turib, ko‘p pul topish payiga tushish ham, noto‘g‘ri. Futboldan boshqa ham pullik sohalar ko‘p. Masalan, tadbirkorlik. Futbolda katta pul izidan quvib, kelajagini buzib qo‘ygan futbolchilar ham uchrab turadi. Menimcha, futbolchi o‘z oldiga buyuk futbolchi bo‘lish orzusini qo‘yishi kerak, ana shunda uni katta pulning o‘zi quvlay boshlaydi. Bu erishib bo‘lmaydigan havoi orzu emas. Odam qilgan narsani, odam qiladi.

Fursatdan foydalanib, yaqinlashib kelayotgan Osiyo Kubogida milliy terma jamoamizga kattadan-katta muvaffaqiyatlar tilayman. Terma jamoamiz, ushbu musobaqada ko‘pmillionlik muxlislarimizning orzusini amalga oshirishiga omad tilayman.

 

Manba: www.fcnasaf.uz

Kiritildi: 24.12.2018 10:57. O'qildi: 2462 marta.

← Klub xabarlari

Superliga

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 16 39
2 Paxtakor 16 35
3 OKMK 16 28
4 Navbahor 16 28
5 Buxoro 16 27
6 Lokomotiv 16 25
7 Nasaf 16 25
8 Andijon 16 21
9 Dinamo 16 21
10 Bunyodkor 16 19
11 Xorazm 16 19
12 So‘g‘diyona 16 18
13 Surxon 16 18
14 Qizilqum 16 17
15 Qo‘qon-1912 16 12
16 Mash’al 16 4

Elit OCHL

A - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Al-Hilol 7 19
2 Traktor 8 17
3 Al-Ittihod 8 15
4 Al-Ahli (SA) 7 14
5 Al-Vahda 7 14
6 Shabab al-Ahli 7 11
7 Duhayl 8 8
8 As-Sadd 8 8
9 Sharja 8 8
10 Al-G‘arafa 8 6
11 Ash-Shorta 8 5
12 Nasaf 8 4

Yoshlar ligasi

№ Jamoa O' O
1 Nasaf 9 18
2 Paxtakor 9 17
3 Metallurg 9 17
4 Lokomotiv 9 16
5 Andijon 9 15
6 OKMK 9 14
7 Navbahor 9 13
8 Buxoro 9 11
9 So‘g‘diyona 9 11
10 Dinamo 9 10
11 Surxon 9 8
12 Qo‘qon-1912 9 7
13 Qizilqum 8 7
14 Bunyodkor 8 7

O‘zbekiston kubogi

H - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Paxtakor 3 9
2 OKMK 3 6
3 Nasaf 3 3
4 Navoiy FA 3 0

O‘zbekiston superkubogi

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 1 3
2 Paxtakor 1 0

Superliga. II bosqich

B - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Nasaf 20 34
2 Qizilqum 20 31
3 Qo‘qon-1912 20 28
4 OKMK 20 27
5 So‘g‘diyona 20 24
6 Neftchi 20 18

Pro-liga

№ Jamoa O' O
1 Aral 1 3
2 Lokomotiv 1 3
3 FarDU 1 1
4 Olimpik MobiUz 1 1
5 Olimpik 1 0
6 Jayxun 1 0

Liga kubogi

D - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Andijon 3 9
2 Nasaf 3 6
3 Navbahor 3 3
4 Mash’al 3 0

OChL-2

- Guruhi

№ Jamoa O' O

FAZA3-Kubok testoviy

Final
05.09.2026
19:00 Paxtakor
2:1
Nasaf

FAZA3-Liga testovaya

№ Jamoa O' O
1 Paxtakor 1 3
2 Nasaf 1 0

So'nggi uchrashuv

05.09.2026. FAZA3-Kubok testoviy. Final.
19:00
Paxtakor
2-1
Nasaf

Navbatdagi uchrashuv

Uchrashuv qayd etilmagan!

JAMOA TARKIBI