Nasaf

STD.UZ/NASAF

Nasaf

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Ro‘ziqul Berdiyev: «Qo‘pol xatolar evaziga yutqazdik»

Ro‘ziqul Berdiyev: «Qo‘pol xatolar evaziga yutqazdik»

“Nasaf” – “AGMK” uchrashuvidan so‘ng mezbonlar ustozi Ro‘ziqul Berdiyev quyidagicha fikr bildirdi:

- Bugun omad ko‘proq “AGMK” jamoasiga kulib boqdi. Birinchi bo‘limda ko‘proq vaziyatlar yarata oldik, agar bu vaziyatlarni golga aylantira olganimizda natija boshqacharoq bo‘lishi ham mumkin edi. Mag‘lubiyatni tan olishimiz kerak. Aslida, omad ham kuchlilarga kulib boqadi. Bugun aksiga olib tajribali o‘yinchilarimiz qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yishdi.

Bunday xatolarni raqib kechirmaydi, albatta. Agar raqibimizning bugungi kiritgan gollariga e’tibor qaratsak, ular oson gollar urishdi. Menimcha, raqib o‘yinchilari bunday xatolarimizni kutmagan ham bo‘lishsa kerak.

Ikkinchi bo‘limdagi gollardan so‘ng, maydonga tushgan yosh o‘yinchilarimizning ruhiyatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Xullas, bugun o‘z xatolarimiz tufayli mag‘lubiyatga uchradik. So‘zimni oxirida, har qanday holatda ham bizni qo‘llab-quvvatlab turgan sodiq muxlislarimizga alohida minnatdorchiligimni bildiraman. Rahmat sizlarga!, - dedi mutaxassis.

Manba: www.pfl.uz

Kiritildi: 28.07.2018 23:53. O'qildi: 2570 marta.

← Klub xabarlari

So'nggi uchrashuv

Uchrashuv qayd etilmagan!

Navbatdagi uchrashuv

Uchrashuv qayd etilmagan!

JAMOA TARKIBI