Nasaf

STD.UZ/NASAF

Nasaf

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

“Nasaf” Bekobodda durangga erishdi

“Nasaf” Bekobodda durangga erishdi

Bugun "Nasaf" Pepsi Superliganing 15-tur uchrashuvini safarda “Metallurg” jamoasiga qarshi o‘tkazdi.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, “Nasaf” Bekobodda so‘nggi bor 2015 yili zafar quchgan edi. Bundan tashqari, "ajdarlar" muvaffaqiyatsizliklar tufayli turnir jadvalining 7-pog‘onasiga tushib ketishdi. Mavjud vaziyat qarshiliklarda og‘ir ruhiy holatni yuzaga keltirdi. Bu murabbiylarimizga ham katta bosimni vujudga keltirdi. Demoqchimizki, ular uchun ish ko‘lami ortdi. Qanday bo‘lmasin, futbolchilarimizni ruhini ko‘tarib, mavjud vaziyatdan chiqib ketish kerak edi. Bugun bu ish uddalandi. “Nasaf” Bekoboddan durang bilan qaytmoqda.

Xo‘sh, uchrashuv qanday boshlandi? Uchrashuv teng kurashlar ostida boshlangan bo‘lsada, vaqt o‘tgan sayin jamoalar hujumlar tashkil etishdi. Uchrashuvning 15-daqiqasida jamoamizning tashkil etgan hujumida Bobir Abduxoliqovga nisbatan himoyachilar jarima maydonchasiga qo‘pollik ko‘rsatishdi. Natijada uchrashuv hakami mezbonlar darvozasiga 11 metrlik jarima to‘pi belgiladi. Penaltini Dragan Cheran juda sovuqqonlik bilan, aniq amalga oshirib jamoamizni hisobda oldinga olib chiqdi – 0:1.

Bugungi uchrashuvda ancha faol bo‘lgan Bobir Abduxoliqov uchrashuvning 35-daqiqasida hisobni 0:2ga o‘zgartirdi. Doniyor Narzullayevning oshirib bergan to‘pini Abduxoliqov golga aylantirdi – 0:2. Jamoalar mana shu hisobda tanaffusga chiqib ketishdi.

Ikkinchi bo‘limni kutilganidek maydon egalari faol boshlashdi. Uchrashuvning 61-daqiqasida Zohid Abdullayev Shaxzod Shaymanovning boshlab bergan hujumini gol bilan yakunladi. U boshi bilan darvozaga zarba yo‘llab, hisobni qisqartirdi – 1:2.

Ikkinchi bo‘limga hakam tomonidan besh daqiqa qo‘shib berildi. Ana shu qo‘shimcha daqiqalarda uchrashuv hakami "Nasaf" futbolchisini jarima maydonchada to‘pni qo‘li bilan o‘ynaganini qayd etdi va penalti belgiladi. Penaltini Zabihillo O‘rinboyev golga aylantirdi – 2:2.

Shunday qilib, "Nasaf" Bekobodda durangga erishdi.

Futbolchilarga 20 iyungacha tanaffus e’lon qilindi.

Pepsi Superliga, 15-tur

“METALLURG” – “NASAF” 2:2 (0:2)

12.06.2018. “Metallurg” markaziy stadioni. 19:11da

Bosh hakam: Hasan Ro‘ziyev (Toshkent)

Qanot hakamlari: Aleksandr Burov, Kristina Sereda (ikkisi ham Buxorodan)

Zaxira hakami: Abdurashid Xudoyberganov (Toshkent)

Nazoratchi: Aleksandr Popov (Toshkent)

Uchrashuv komissari: Ma’mur Saidqosimov.

Gollar: Zohid Abdullayev, 61’-1:2, Zabihillo Urinboyev, 90+4’-2:2 - Dragan Cheran, pen. 16’-0:1, Bobir Abduxoliqov, 35’-0:2

“Metallurg”: 35.Javohir Ilyosov, 5.Abbosjon Otaxonov, 8.SHaxzod Shaymanov (77.Muxammad Isayev, 69), 10.Islombek Isoqjonov, 15.Zoxid Abdullayev, 16.Jasur Hasanov, 20.Dilyorbek Ermatov, 37.SHerzod Fayziyev, 55.Akbarjon Ismatillayev (s), 90.Zafar To‘rayev (7.Suxrob Nurulloyev, 69), 91.Pavel Smolyachenko.

Zaxira: 31.Nikita Ribkin, 9.Zabihillo Urinboyev, 13.Javohir Esonqulov, 14.Abror Toshqo‘ziyev, 24.Doniyor Hoshimov, 42.Xudoyshukur Sattorov, 88.Abror Xusinov.

“Nasaf”: 35.Sanjar Quvvatov, 5.G‘olib G‘aybullayev, 6.Aziz G‘aniyev, 7.Odil Hamrobekov, 10.Bobir Abduxoliqov (21.Jahongir Aliyev, 83), 14.SHarof Muhitdinov, 17.Doniyor Narzullayev (55.Slavko Lukich, 86), 22.Igor Golban, 31.Saydullo Rahmatov (18.Bobir Davlatov, 72), 69.Dragan Cheran (s), 92.Umarbek Eshmurodov.

Zaxira: 1.Umid Ergashev, 4.Maqsud Karimov, 15.Dilshod Saitov, 20.Islom Kenjaboyev, 27.Islom Rashidxonov, 38.Akmal Mozgovoy.

Ogohlantirish: Zohid Abdullayev (59) – Dragan Cheran (7), G‘olib G‘aybullayev (77)

Manba: voha.uz

Kiritildi: 12.06.2018 21:27. O'qildi: 3252 marta.

← Klub xabarlari

Superliga

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 16 39
2 Paxtakor 16 35
3 OKMK 16 28
4 Navbahor 16 28
5 Buxoro 16 27
6 Lokomotiv 16 25
7 Nasaf 16 25
8 Andijon 16 21
9 Dinamo 16 21
10 Bunyodkor 16 19
11 Xorazm 16 19
12 So‘g‘diyona 16 18
13 Surxon 16 18
14 Qizilqum 16 17
15 Qo‘qon-1912 16 12
16 Mash’al 16 4

Elit OCHL

A - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Al-Hilol 7 19
2 Traktor 8 17
3 Al-Ittihod 8 15
4 Al-Ahli (SA) 7 14
5 Al-Vahda 7 14
6 Shabab al-Ahli 7 11
7 Duhayl 8 8
8 As-Sadd 8 8
9 Sharja 8 8
10 Al-G‘arafa 8 6
11 Ash-Shorta 8 5
12 Nasaf 8 4

Yoshlar ligasi

№ Jamoa O' O
1 Nasaf 9 18
2 Paxtakor 9 17
3 Metallurg 9 17
4 Lokomotiv 9 16
5 Andijon 9 15
6 OKMK 9 14
7 Navbahor 9 13
8 Buxoro 9 11
9 So‘g‘diyona 9 11
10 Dinamo 9 10
11 Surxon 9 8
12 Qo‘qon-1912 9 7
13 Qizilqum 8 7
14 Bunyodkor 8 7

O‘zbekiston kubogi

H - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Paxtakor 3 9
2 OKMK 3 6
3 Nasaf 3 3
4 Navoiy FA 3 0

O‘zbekiston superkubogi

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 1 3
2 Paxtakor 1 0

Superliga. II bosqich

B - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Nasaf 20 34
2 Qizilqum 20 31
3 Qo‘qon-1912 20 28
4 OKMK 20 27
5 So‘g‘diyona 20 24
6 Neftchi 20 18

Pro-liga

№ Jamoa O' O
1 Aral 1 3
2 Lokomotiv 1 3
3 FarDU 1 1
4 Olimpik MobiUz 1 1
5 Olimpik 1 0
6 Jayxun 1 0

Liga kubogi

D - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Andijon 3 9
2 Nasaf 3 6
3 Navbahor 3 3
4 Mash’al 3 0

OChL-2

- Guruhi

№ Jamoa O' O

FAZA3-Kubok testoviy

Final
05.09.2026
19:00 Paxtakor
2:1
Nasaf

FAZA3-Liga testovaya

№ Jamoa O' O
1 Paxtakor 1 3
2 Nasaf 1 0

So'nggi uchrashuv

05.09.2026. FAZA3-Kubok testoviy. Final.
19:00
Paxtakor
2-1
Nasaf

Navbatdagi uchrashuv

Uchrashuv qayd etilmagan!

JAMOA TARKIBI