Nasaf

STD.UZ/NASAF

Nasaf

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Ro‘ziqul Berdiyev: «Raqibimiz jismonan va taktik kuchli jamoa»

Ro‘ziqul Berdiyev: «Raqibimiz jismonan va taktik kuchli jamoa»

“Nasaf” – “Persepolis” jamoalari o‘rtasidagi bo‘ladigan uchrashuv oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanining navbatdagi qismida jamoamiz ustozi Ro‘ziqul Berdiyev hamda himoyachimiz Igor Golban ishtirok etishdi.

Ro‘ziqul Berdiyev: — Ertaga bizni qiyin o‘yin kutib turibdi. Ular deyarli mamlakat chempionligini hal qilib bo‘lishdi. Endi ular bor e’tiborini OCHLga qaratgan. Raqibimiz hozirgi paytdagi Eronning eng yaxshi jamoasi hisoblanadi. Shuni hisobga olib, ertaga bo‘ladigan o‘yinni biz uchun murakkab deb hisoblagan bo‘lardim. Shularga qaramasdan biz jamoamizni imkon darajasida o‘yinga yaxshi tayyorlashga harakat qildik. Biz uchun ertaga oxirgi imkoniyat bo‘ladi. Bizda ozgina bo‘lsada raqibimizga nisbatan imkoniyat bor, bundan foydalanishimiz zarur.

Osiyo chempionlari ligasida ochiq futbol o‘ynash og‘ir oqibatga olib kelish mumkin. Biz ertaga himoyada ham tartibli o‘ynashimiz kerak. Biz bu o‘yinda g‘alaba uchun o‘ynashga majburmiz. Cheranning ertaga maydonga tushish tushmasligi bugun aniq bo‘ladi. Afsuski uning holatidan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, u to‘liq bizga yordam berishga tayyor emas. Bizga u keyingi o‘yinlarga ham kerak bo‘ladi. Shuning uchun balki ertaga tavakkal qilmasligimiz ham mumkin. Ammo qisqa bo‘lsa ham  uni ertaga maydonga tushirish niyatimiz bor. Ertaga qaysi futbolchilarimiz to‘liq tayyor bo‘lsa, shu o‘yinchilarimiz maydonga tushiriladi. Doniyor Narzullayev biz bilan umumiy guruhda bir hafta mobaynida shug‘ullanayapti. Uning ahvoli ancha yaxshi, futbolchimiz bizga yordam berishga tayyor.

To‘g‘ri, ba’zi o‘yinchilarimizda jismonan charqoq bo‘layotgani haqida ko‘p gapirilayapti. Ammo futbolchi bunga qaramasdan, muhim o‘yinlarga kuch topa olishi kerak. Masalan, Azizjon G‘aniyev ketma-ket o‘yinlarda maydonga tushishiga qaramasdan o‘zida kuch topa olayapti va borini berayapti. Professional futbolchi aslida shunday bo‘lishi kerak.

“Persepolis” jamoasining keyingi o‘yinlarini ko‘rib, o‘rganib chiqdik. Jamoa jismonan va taktik kuchli o‘yin ko‘rsata oladi. Shuningdek himoyada deyarli xato qilmaydi. Biz esa ertaga ularni xato qilishga majbur qilishimiz talab etiladi. Takroran aytaman bizni ertaga faqat g‘alaba qoniqtiradi. Muxlislarimizga ham fursatdan foydalanib murojaat qilmoqchiman, ertaga biz uchun ularning daldasi ham har qachongidan zarur. Agar ularga o‘yinimizga ko‘proq tashrif buyurib, bizni qo‘llab-quvvatlashsa bu ham bizga qo‘shimcha kuch beradi.

Igor Golban: — Biz ertaga bo‘ladigan o‘yinda faqat uch ochkoni qo‘lga kiritish uchun maydonga tushamiz. Guruhimiz turnir jadvalidagi holatimiz shuni taqazo etadi. Hatto bizni durang natija ham qoniqtirmaydi. Shuning uchun ertaga bo‘ladigan o‘yinda faqat g‘alaba qozonish.

Manba: fcnasaf.uz

Kiritildi: 01.04.2018 14:19. O'qildi: 4734 marta.

← Klub xabarlari

Superliga

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 16 39
2 Paxtakor 16 35
3 OKMK 16 28
4 Navbahor 16 28
5 Buxoro 16 27
6 Lokomotiv 16 25
7 Nasaf 16 25
8 Andijon 16 21
9 Dinamo 16 21
10 Bunyodkor 16 19
11 Xorazm 16 19
12 So‘g‘diyona 16 18
13 Surxon 16 18
14 Qizilqum 16 17
15 Qo‘qon-1912 16 12
16 Mash’al 16 4

Elit OCHL

A - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Al-Hilol 7 19
2 Traktor 8 17
3 Al-Ittihod 8 15
4 Al-Ahli (SA) 7 14
5 Al-Vahda 7 14
6 Shabab al-Ahli 7 11
7 Duhayl 8 8
8 As-Sadd 8 8
9 Sharja 8 8
10 Al-G‘arafa 8 6
11 Ash-Shorta 8 5
12 Nasaf 8 4

Yoshlar ligasi

№ Jamoa O' O
1 Nasaf 9 18
2 Paxtakor 9 17
3 Metallurg 9 17
4 Lokomotiv 9 16
5 Andijon 9 15
6 OKMK 9 14
7 Navbahor 9 13
8 Buxoro 9 11
9 So‘g‘diyona 9 11
10 Dinamo 9 10
11 Surxon 9 8
12 Qo‘qon-1912 9 7
13 Qizilqum 8 7
14 Bunyodkor 8 7

O‘zbekiston kubogi

H - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Paxtakor 3 9
2 OKMK 3 6
3 Nasaf 3 3
4 Navoiy FA 3 0

O‘zbekiston superkubogi

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 1 3
2 Paxtakor 1 0

Superliga. II bosqich

B - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Nasaf 20 34
2 Qizilqum 20 31
3 Qo‘qon-1912 20 28
4 OKMK 20 27
5 So‘g‘diyona 20 24
6 Neftchi 20 18

Pro-liga

№ Jamoa O' O
1 Aral 1 3
2 Lokomotiv 1 3
3 FarDU 1 1
4 Olimpik MobiUz 1 1
5 Olimpik 1 0
6 Jayxun 1 0

Liga kubogi

D - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Andijon 3 9
2 Nasaf 3 6
3 Navbahor 3 3
4 Mash’al 3 0

OChL-2

- Guruhi

№ Jamoa O' O

FAZA3-Kubok testoviy

Final
05.09.2026
19:00 Paxtakor
2:1
Nasaf

FAZA3-Liga testovaya

№ Jamoa O' O
1 Paxtakor 1 3
2 Nasaf 1 0

So'nggi uchrashuv

05.09.2026. FAZA3-Kubok testoviy. Final.
19:00
Paxtakor
2-1
Nasaf

Navbatdagi uchrashuv

Uchrashuv qayd etilmagan!

JAMOA TARKIBI