Nasaf

STD.UZ/NASAF

Nasaf

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Superliga: “Nasaf” - “Metallurg”. Prevyu

Superliga: “Nasaf” - “Metallurg”. Prevyu

"Nasaf" Superliganing 4-tur uchrashuvida Bekobodning “Metallurg” jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 30 mart juma kuni “Markaziy” stadionda soat 20:00da boshlanadi.

Ushbu jamoalar bu safar o‘zaro 41-uchrashuvda maydonga tushishadi. Ushbu uchrashuv “Nasaf”ning milliy chempionatimizdagi 622-uchrashuvi bo‘ladi.

O‘zbekiston Superligasi-2018. 4-tur

“Nasaf” (Qarshi) - “Metallurg” (Bekobod)

30.03.2018. “Markaziy” stadion. 20:00da

Bosh hakam: Sherzod Qosimov (Toshkent)

Qanot hakamlari: Timur Gaynulin (Toshkent), Andrey Sapenko (Toshkent)

Zaxira hakami: Dmitriy Klepikov (Toshkent)

Nazoratchi: Radik Serazetdinov (Toshkent)

Uchrashuv komissari: Sardor Qudratullayev.

 

O‘zaro uchrashuvlar tarixidan

Mazkur jamoalar milliy chempionatimizda ilk marta 1998 yili tuqnash kelishgan. O‘zaro uchrashuvlarning statistikasiga e’tibor qaratsak, jamoalar milliy chempionatimizda o‘zaro 40 marta tuqnash kelishgan. Bo‘lib o‘tgan 26 o‘yinda “Nasaf” jamoasining qo‘li baland kelgan. 4 o‘yinda durang natija qayd etilgan. Qolgan 10 uchrashuvda bekobodliklar g‘alaba qozonishgan. To‘plar nisbati bo‘yicha “Nasaf” futbolchilari ustunlikni o‘z qo‘llarida ushlab turishibdi – 69:31.

Bu jamoalarning o‘tkazilgan to‘rt uchrashuvida “ajdarlar” yirik hisobda zafar quchishgan. Eng yirik natija 2004 yil 15 martda Qarshida kechgan bahsda qayd etilgan. Unda “Nasaf” jamoasi raqib darvozasiga javobsiz yettita to‘p yo‘llashga muvaffaq bo‘lgan.

O‘tgan yilgi Qarshida bo‘lib o‘tgan so‘nggi uchrashuvda ham “Nasaf” raqibini 2:0 hisobida dog‘da qoldirgan.

Qarshida o‘tgan o‘zaro uchrashuvlar tarixidan

Shu paytgacha bu jamoalar Qarshida o‘zaro 20 uchrashuvda maydonga tushishgan. Ushbu uchrashuvlarning 18tasida “Nasaf” g‘alaba qozongan. 1 uchrashuvda durang va yana 1 uchrashuvda ma’danchilar g‘alabaga erishgan. Demak, Qarshida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda “Nasaf” yaqqol ustunlikka ega. Bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda darvozalarga 61ta to‘p kiritilgan. To‘plar nisbati bo‘yicha ham “Nasaf” ustunlik qilmoqda – 50:11.

Quyida Qarshida bo‘lib o‘tgan so‘nggi 5ta uchrashuvning natijalarini e’tiboringizga havola qilamiz:

04.11.2017. “Nasaf” – “Metallurg” 2:0

30.09.2016. “Nasaf” - “Metallurg” 3:0

15.05.2015. “Nasaf” - “Metallurg” 0:1
27.04.2014. “Nasaf” - “Metallurg” 0:0
04.05.2013. “Nasaf” - “Metallurg” 3:1

Ko‘rib turganingizdek, “Metallurg” Qarshidan so‘nggi bor 2015 yilda g‘alaba bilan qaytgan. Bu “Metallurg”ning Qarshida qozongan yagona g‘alabasidir.

Jamoalarning bu yilgi chempionatdagi ishtiroki haqida

“Nasaf” bu yilgi superliganing o‘tgan uch uchrashuvining bittasida durang va ikkitasida g‘alaba qozondi. Ochkolari soni 7taga teng, to‘plar nisbati 5-2ni tashkil qilmoqda. "Adarlar" o‘tgan turda “Qizilqum” jamoasi mehmoni bo‘ldi va 1:2 hisobida g‘alabaga erishdi.

“Metallurg” jamoasi o‘tgan uch uchrashuvning ikki uchrashuvida durang qayd etgan va bittasida g‘alabaga erishgan. To‘plagan ochkolari soni 5taga teng. To‘plar nisbati 2-1ni tashkil qilmoqda. Ma’danchilar o‘tgan tur uchrashuvini o‘z maydonida “Qo‘qon-1912” jamoasiga qarshi o‘tkazdi va kichik 1:0 hisobida zafar quchishdi.

Qiziqarli fakt

“Nasaf” – “Metallurg” uchrashuvi qarshiliklar ustozi Ro‘ziqul Berdiyev uchun murabbiy sifatida yubiley uchrashuv hisoblanadi. Berdiyev bu safar shogirdlarini milliy chempionatimizdagi 155-uchrashuvda maydonga boshlab tushadi. O‘tgan turdagi “Qizilqum” ustidan qozonilgan g‘alaba, murabbiyning milliy chempionatdagi 100-g‘alabasi sifatida tarix sahifalaridan joy oldi. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sport ustozi va mamlakatimizda uch karra eng yaxshi murabbiy sifatida e’tirofga sazovor bo‘lgan Ro‘ziqul Sadullayevich, 2012 yildan “Nasaf” jamoamizga ustozlik qilib kelmoqda.

Uchrashuvlarning boshlanish vaqtlari

“Nasaf” - “Metallurg” yoshlari o‘rtasidagi uchrashuv 29 mart payshanba kuni soat 16:30da boshlanadi. Uchrashuv “Geolog” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Jamoalarning asosiy tarkiblari o‘rtasidagi uchrashuv esa, 30 mart juma kuni “Markaziy” stadionda soat 20:00da boshlanadi.

Qiziqarli uchrashuvlarni o‘tkazib yubormang!

Manba: fc-nasaf.uz

Kiritildi: 27.03.2018 09:19. O'qildi: 2842 marta.

← Klub xabarlari

Superliga

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 16 39
2 Paxtakor 16 35
3 OKMK 16 28
4 Navbahor 16 28
5 Buxoro 16 27
6 Lokomotiv 16 25
7 Nasaf 16 25
8 Andijon 16 21
9 Dinamo 16 21
10 Bunyodkor 16 19
11 Xorazm 16 19
12 So‘g‘diyona 16 18
13 Surxon 16 18
14 Qizilqum 16 17
15 Qo‘qon-1912 16 12
16 Mash’al 16 4

Elit OCHL

A - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Al-Hilol 7 19
2 Traktor 8 17
3 Al-Ittihod 8 15
4 Al-Ahli (SA) 7 14
5 Al-Vahda 7 14
6 Shabab al-Ahli 7 11
7 Duhayl 8 8
8 As-Sadd 8 8
9 Sharja 8 8
10 Al-G‘arafa 8 6
11 Ash-Shorta 8 5
12 Nasaf 8 4

Yoshlar ligasi

№ Jamoa O' O
1 Nasaf 9 18
2 Paxtakor 9 17
3 Metallurg 9 17
4 Lokomotiv 9 16
5 Andijon 9 15
6 OKMK 9 14
7 Navbahor 9 13
8 Buxoro 9 11
9 So‘g‘diyona 9 11
10 Dinamo 9 10
11 Surxon 9 8
12 Qo‘qon-1912 9 7
13 Qizilqum 8 7
14 Bunyodkor 8 7

O‘zbekiston kubogi

H - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Paxtakor 3 9
2 OKMK 3 6
3 Nasaf 3 3
4 Navoiy FA 3 0

O‘zbekiston superkubogi

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 1 3
2 Paxtakor 1 0

Superliga. II bosqich

B - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Nasaf 20 34
2 Qizilqum 20 31
3 Qo‘qon-1912 20 28
4 OKMK 20 27
5 So‘g‘diyona 20 24
6 Neftchi 20 18

Pro-liga

№ Jamoa O' O
1 Aral 1 3
2 Lokomotiv 1 3
3 FarDU 1 1
4 Olimpik MobiUz 1 1
5 Olimpik 1 0
6 Jayxun 1 0

Liga kubogi

D - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Andijon 3 9
2 Nasaf 3 6
3 Navbahor 3 3
4 Mash’al 3 0

OChL-2

- Guruhi

№ Jamoa O' O

FAZA3-Kubok testoviy

Final
05.09.2026
19:00 Paxtakor
2:1
Nasaf

FAZA3-Liga testovaya

№ Jamoa O' O
1 Paxtakor 1 3
2 Nasaf 1 0

So'nggi uchrashuv

05.09.2026. FAZA3-Kubok testoviy. Final.
19:00
Paxtakor
2-1
Nasaf

Navbatdagi uchrashuv

Uchrashuv qayd etilmagan!

JAMOA TARKIBI