Nasaf

STD.UZ/NASAF

Nasaf

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

OCHL. «Nasaf» Tehronda yirik hisobda yutqazdi

OCHL. «Nasaf» Tehronda yirik hisobda yutqazdi

Osiyo chempionlar ligasining "S" guruhidan o‘rin olgan "Persepolis" va "Nasaf" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakuniga yetdi. Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari bu bahsda yirik hisobda imkoniyatni boy berdi.

Birinchi bo‘limda qarshiliklar yuqori pressing orqali raqibga muammo tug‘dirishga harakat qilishdi. "Ajdarlar" hujumda o‘z imkoniyatlaridan samarali foydalana olishmadi: so‘nggi uzatmani aniq beradigan futbolchi topa olishmadi. Bahsning 20-daqiqasida "Nasaf" futbolchilari biroz xotirjamlikka berilishdi va "Persepolis" oddiy vaziyatda gol urib ketishdi. Raqiblar o‘ng qanotdan 2 marta uzatmani amalga oshirib, jarima maydonchasiga to‘pni yetkazishdi. Godvin Mensha bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi.

Birinchi bo‘lim so‘ngida hamda ikkinchi bo‘lim boshida "Nasaf" vaziyatni o‘nglash uchun hujumkor o‘yin namoyish qildi. Ammo jismoniy jihatdan baquvvat bo‘lgan forslar vakillarimizga imkon bermadi. Boz ustiga, bo‘lim o‘rtalarida tehronliklar 2 marta darvozamiz tomon yo‘l topishdi. Ali Alipurning zarbalarini Sanjar Quvvatov qaytara olmadi.

Natijada "Nasaf" guruh bosqichini mag‘lubiyat bilan boshladi. Ro‘ziqul Berdiyev jamoasi navbatdagi o‘yinni 20 fevral Qarshida BAAning "Al-Vasl" klubiga qarshi o‘tkazadi.

OCHL. "S" guruhi, 1-tur.
"PERSEPOLIS" - "NASAF" 3:0 (1:0)
Gollar: Godvin Mensha (20), Ali Alipur (67, 71)
"Persepolis": 1.Alirizo Beyranvand, 2.Sodih Muharrami, 3.SHoja Xalilzoda, 4.Said Jalol Husayni (s), 10.Farshod Axmadzoda, 13.Husayn Mohiyni, 15.Muxammad Ansori, 18.Muhsin Robixon, 19.Vohid Amiri, 70.Ali Alipur, 90.Godvin Minsha.
Zaxira: 44.Bozidar Radosevich, 5.Bashar Boniyan, 8.Axmad Nurullohi, 11.Kamoliddin Kamiyabinya, 69.Ali Muslix Taklimi, 77.Muhsin Musolman, 88.Siamak Nemati.
“Nasaf”: 35.Sanjar Quvvatov, 6.Azizjon G‘aniyev, 7.Odiljon Hamrobekov, 14.SHarof Muhitdinov, 17.Doniyorjon Narzullayev, 20.Islom Kenjaboyev, 22.Igor Golban, 55.Slavko Lukich, 69.Dragan Cheran (s), 77.Jasur Hasanov, 92.Umarbek Eshmurodov.
Zaxira: 1.Umidjon Ergashev, 4.Maqsud Karimov, 5.G‘olib G‘aybullayev, 8.Sanjar Rashidov, 10.Bobir Abduxoliqov, 27.Islom Rashidxonov, 31.Saydullo Rahmatov.

Manba: stadion.uz

Kiritildi: 13.02.2018 20:36. O'qildi: 7806 marta.

← Klub xabarlari

So'nggi uchrashuv

Uchrashuv qayd etilmagan!

Navbatdagi uchrashuv

Uchrashuv qayd etilmagan!

JAMOA TARKIBI