Nasaf

STD.UZ/NASAF

Nasaf

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Ro‘ziqul Berdiyev: “Obod” - himoyada juda tartibli o‘ynaydigan jamoa ekan”

Ro‘ziqul Berdiyev: “Obod” - himoyada juda tartibli o‘ynaydigan jamoa ekan”

Oliy liga 7-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Obod" (1:0) o‘yinidan so‘ng mezbonlar ustozi Ro‘ziqul Berdiyev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Biz bugun ko‘plab golli vaziyatlar yarata oldik. Ammo buning bittasidan foydalandik. “Obod” jamoasi har doimgidek bugun ham himoyada juda tartibli o‘ynadi. Ularning keyingi o‘yinlarini o‘rganib chiqqanimizda shu narsaga guvoh bo‘ldikki, jamoaning himoyasi juda yaxshi shakllangan. Ular faqat standart vaziyatlarda gol o‘tkazishgan. Bugun ham ular o‘z o‘yinlarini ko‘rsatishdi, ya’ni himoyada juda yaxshi o‘ynashdi. Eng muhimi g‘alaba qozondik, biz buni juda hohlagandik.

Shaxboz Erkinov yetishmayapti? To‘g‘ri, Shaxboz Erkinovda gol urish qobiliyati yuqori, u golni seza oladi yoki jamoadoshini gol urish uchun qulay vaziyatda to‘p bilan ta’minlay oladi. U keyingi paytlarda Cheran bilan tandem yaratgandi. Afsuski, uning jarohati bizga pand bermoqda" - dedi Ro‘ziqul Berdiyev.

Manba: fcnasaf.uz

Kiritildi: 22.04.2017 22:47. O'qildi: 3585 marta.

← Klub xabarlari

So'nggi uchrashuv

Uchrashuv qayd etilmagan!

Navbatdagi uchrashuv

Uchrashuv qayd etilmagan!

JAMOA TARKIBI