Milan

STD.UZ/MILAN

Milan

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Adriyen Rabyo: "Modrich fantastik futbolchi, qolaversa ajoyib inson ham"

Adriyen Rabyo: "Modrich fantastik futbolchi, qolaversa ajoyib inson ham"

Yozgi transferlar oynasi yopilishiga bir kun qolganida «Milan» safiga qo‘shilgan fransiyalik yarim himoyachi Adriyen Rabyo Italiyada allaqachon muxlislar yoqimtoyiga aylanib ulgurdi. Albatta uning yangi jamoaga bu qadar tez moslashib ketishida oldinroq «A» Seriyada to‘p surgani hamda «rossonerrilar» tarkibida uning hamyurtlari borligi qo‘l keldi. 30 yoshli tajribali futbolchi DAZN nashriga bergan intervyusida Milanga ko‘chib o‘tish qarori va kelajak rejalari bilan o‘rtoqlashdi.

— Transfer oynasi yopilishidan bir kun avval «Milan» bilan shartnoma imzoladingiz. Aytingchi klub rahbariyati bilan muzokaralar qanday o‘tdi?

— «Milan»dan taklif kelib tushgach, dastlab jamoa bosh murabbiyi Maksimiliano Allegri bilan gaplashdim. U jamoadagi vazifamni tushuntirgach, onam va klub direktori bilan qolgan masalalarni muhokama qildik. Umuman olganda hammasi juda tez sodir bo‘ldi. Men terma jamoa yig‘inida qatnashish uchun Parijga bordim va u yerda tibbiy ko‘rikdan o‘tib, «rossonerrilar» bilan shartnoma imzoladim. Natijada xalqaro tanaffus yakunlangach, darhol Milanga otlandim.

— Sizga birinchi bo‘lib Allegri qo‘ng‘iroq qilgani rostmi?

— Ha albatta, Allegri bilan munosabatlarimiz avvaldan yaxshi edi. Masalan, u yozgi ta’til paytida qo‘ng‘iroq qilib ahvolimni bilmoqchi bo‘ldi hamda kelajak rejalarim bilan qiziqdi. «Milan» bosh­qaruviga tayinlanganidan ke­yin esa jamoaga taklif etdi.

— Oldingizda bir qator qiziqarli takliflar turganda nega aynan «Milan»ni tanladingiz?

— Bu, axir aql bovar qilmaydigan tarixga ega dunyodagi eng yaxshi klublardan biri-ku! O‘zingiz o‘ylab ko‘ring, ularga qanday qilib yo‘q deyish mumkin? Qisqasi tanlov aniq edi va albatta, murabbiy ham meni ishontira oldi. U 3-4 yil davomida yo‘lga solish kerak bo‘lgan katta loyiha haqida gapirdi. Shuningdek, «Milan»ni Chempionlar ligasiga qaytarish, Skudetto uchun kurashish, umuman jiddiy maqsadlarga erishish kerakligi haqida so‘z bordi. Natijada, hech qanday ikkilanishsiz ushbu chorlovni qabul qildim. Xullas, «Milan»da o‘ynash, bu jamoa libosini kiyish men uchun katta sharaf. Qolaversa, Italiyaga qaytish ham juda yoqimli bo‘ldi.

— Italiyani chindan sog‘inganmidingiz?

— Bo‘lmasamchi, axir bu yerda «Yuventus» safida 5 yil faoliyat olib bordim va o‘zimni juda yaxshi his qildim. Menga mamlakat, odamlar shahar madaniyati... barcha-barchasi yoqadi. Shuningdek, Italiyada futbol alohida ma’noga ega...

— Milanelloda sizni birinchi bo‘lib kim kutib oldi?

— Avval rahbariyat, keyin murabbiy va futbolchilar kutib olishdi. To‘g‘risi, Allegri shtabidagi barcha mutaxassislarni anchadan beri bilganim bois ular bilan yana uchrashish juda quvonarli bo‘ldi.

— «Milan»ga transferingiz arafasida Mayk Menyan bilan ham gaplashish imkoni bo‘ldimi? Uning fikrlari sizning qaroringizga qay darajada ta’sir o‘tkazdi?

— Transfer haqidagi mish-mishlar boshlanishi bilan u darhol qo‘ng‘iroq qilib «Milan»ga kelishim kerakligini tushuntirdi. Rostini aytsam, Menyan meni bir necha yillardan beri yuqori darajada o‘yin namoyish eta olishimga ishontirishga harakat qilmoqda. U menga qanday yordam berish kerakligini juda yaxshi biladi. Chunki, Mayk ikkimiz «PSJ»da uzoq vaqt birga o‘ynadik va qadrdon do‘st edik. To‘g‘ri, orada yo‘llarimiz biroz ayrildi, ammo, mana u bilan yana birgamiz.

— Hozir kim baxtliroq — sizmi yoki Menyan?

— Ikkimiz ham xursandmiz. Ehtimol kiyinish xonasida fransuz futbolchilari ko‘pligi ham o‘z ta’sirini o‘tkazayotgandir. Umuman olganda jamoadagi muhit, futbolga nisbatan yondashuv hamda o‘zaro munosabatlar juda ajoyib.

— Modrich bilan birga o‘ynash imkoniyati siz uchun nimani anglatadi?

— Sir emaski, Modrich afsonaviy futbolchi va eng yaxshi «Oltin to‘p» sohiblaridan biridir. Ha, u faoliyati davomida aql bovar qilmaydigan yutuqlarga erishdi. «Milan»ga kelgach esa Modrichning nafaqat fantastik futbolchi, balki ajoyib inson ekanligini ham angladim. Luka bilan birga o‘ynash katta sharaf. Umid qilamanki, uning yordamida katta yutuqlarga erishamiz. Bizda kuchli jamoa bor: yoshlik va tajribaning uyg‘unlashgan versiyasi.

— Turindagi stadionga qaytish qanday bo‘ladi, deb o‘ylaysiz?

— «Yuventus»da o‘tkazgan 5 yil faoliyatimdagi muhim bosqich edi. Yashirmayman, u yera yoqimli xotiralar bor. Ammo hozir men «Milan» futbolchisiman. To‘g‘ri, o‘tmishdan voz kechishni xohlamayman; bu muhim, lekin endi mening vazifam — «Milan»ga yordam berish. Albatta, «Yuventus»ga qarshi o‘ynash qiziqarli bo‘ladi.

— Allegrining «Yuve»dan ketishi sizni xavotirga sol­ganmi? O‘shanda qachondir yana birga ishlashga kelishib olganmidingiz?

— To‘g‘risi hech qachon kelajak uchun rejalar tuzmaganmiz, lekin doimo aloqada bo‘lib turdik. Allegri tez-tez Fransiyaga tashrif buyurardi va u yerda vaqti-vaqti bilan uchrashib gaplashib o‘tirardik. Aytish kerak biz bir-birimizni yaxshi tushunamiz, fikrimiz va ambisiyalarimiz o‘xshash. Ikkalamiz ham g‘alaba qozonishni xohlaymiz. Mening transferimda uning roli juda katta edi, lekin albatta, klub rahbariyatining harakati ham bundan kam bo‘lmadi.

— Yangi jamoangizdan nimalar kutmoqdasiz?

— «Milan»da juda kuchli iqtidor va tajriba ega futbolchilar jamlangan. Biroq birinchi navbatda bir-birimizni yaxshiroq bilib olishimiz va kiyinish xonasida ijobiy muhit yaratishimiz kerak. Bilasiz, mavsum avvalida tarkibda juda ko‘p o‘zgarishlar bo‘ldi. Ko‘ryapmanki, bu yerda ishlayotgan har bir insonning ambisiyalari bor, sifat ham shunday. Oldimizda turgan vazifa — o‘yinimizni yaxshilash va o‘zimizga bo‘lgan ishonchni his qilish. Hozir eng muhimi imkon qadar ko‘proq o‘yinda g‘alaba qozonish. Aslida nimalarga qodirligimizni esa fevral va mart oylariga borib bilib olamiz.

— «Milan» muxlislari sizni qanday kutib olishdi?

— Yaxshi. To‘g‘ri, «Marsel»dagidek emas, u yerda hamisha muxlislar gavjum bo‘lardi. Ammo baribir taassurotlar ajoyib. Shuningdek, klub xodimlari ham yangi kelganlarga nisbatan iliq munosabatda bo‘lishdi. Qisqasi, bu yerda oila hissi bor va bu futbolchi uchun juda muhim.

— «Yuventus»dagi birinchi yilingizda darhol Skudettoni qo‘lga kiritgandingiz. «Milan»da ham xuddi shunday bo‘lishiga ishonasizmi?

— Albatta! Biz o‘sha yili buyuk g‘alabani qo‘lga kiritgandik. Lekin afsuski, pandemiya tufayli chempionlikni muxlislar bilan nishonlay olmagandik. Nasib qilsa bu gal Skudettoni «Milan» qo‘lga kiritadi hamda uni muxlislar ko‘z o‘ngida birga nishonlaymiz! Shaxsan men buni amalga oshirish uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman.

Xurshid YUSUPOV tayyorladi

Manba: Интерфутбол газетаси

Kiritildi: 08.10.2025 23:52. O'qildi: 982 marta.

← Klub xabarlari

«A» Seriya

№ Jamoa O' O
1 Inter 38 87
2 Napoli 38 76
3 Roma 38 73
4 Komo 38 71
5 Milan 38 70
6 Yuventus 38 69
7 Atalanta 38 59
8 Bolonya 38 56
9 Lasio 38 54
10 Udineze 38 50
11 Sassuolo 38 49
12 Parma 38 45
13 Torino 38 45
14 Kalyari 38 43
15 Fiorentina 38 42
16 Jenoa 38 41
17 Lechche 38 38
18 Kremoneze 38 34
19 Verona 38 21
20 Piza 38 18

ECHL

- Guruhi

№ Jamoa O' O

Evropa ligasi

- Guruhi

№ Jamoa O' O

Italiya kubogi

Nimchorak final
13.01.2021
00:45 Milan
0:0
Torino
19:00 Fiorentina
1:2
Inter
21:45 Napoli
3:2
Empoli
14.01.2021
00:45 Yuventus
3:2
Jenoa
21:30 Sassuolo
0:2
SPAL
15.01.2021
01:15 Atalanta
3:1
Kalyari
20.01.2021
01:15 Roma
2:4
Spesiya
22.01.2021
01:15 Lasio
2:1
Parma
Chorak final
27.01.2021
00:45 Inter
2:1
Milan
21:45 Atalanta
3:2
Lasio
28.01.2021
00:45 Yuventus
4:0
SPAL
29.01.2021
01:00 Napoli
4:2
Spesiya
Yarim final
03.02.2021
00:45 Inter
1:2
Yuventus
04.02.2021
00:45 Napoli
0:0
Atalanta
10.02.2021
00:45 Yuventus
0:0
Inter
11.02.2021
00:45 Atalanta
3:1
Napoli
Final
19.05.2021
23:59 Atalanta
1:2
Yuventus

International Champions Cup

№ Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenxem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

Italiya superkubogi

Final
21.01.2021
01:00 Yuventus
2:0
Napoli

So'nggi uchrashuv

24.05.2026. «A» Seriya. 38-tur.
23:45
Milan
1-2
Kalyari

Navbatdagi uchrashuv

Uchrashuv qayd etilmagan!

JAMOA TARKIBI