Milan

STD.UZ/MILAN

Milan

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Samuele Richchi: "Bolalikdan "Milan" muxlisi edim"

Samuele Richchi: "Bolalikdan "Milan" muxlisi edim"

Yangi mavsum oldidan tarkibni yangitdan shakllantirayotgan «Milan» 3 iyul kuni «Torino» yetakchisi Samuele Richchi bilan 4 yillik shartnoma imzoladi. Italiya terma jamoasining 23 yoshli yarim himoyachisi «rossonerilar» safida o‘zi uchun qadrli 4-raqamda to‘p suradigan bo‘ldi. Ayni dam hafta so‘nggida start oladigan «A» Seriya bahslariga jiddiy tayyorgarlik ko‘rayotgan futbolchi Gazzetta dello Sport ijodkorlari bilan suhbatda Milandagi hayoti va kelgusi rejalari haqida gapirib berdi.

- «Milan»ga xush kelibsiz Richchi! Ochig‘i, sizni yangi jamoadoshlaringiz bilan bu qadar tez til topishasiz deb o‘ylamagandik...

- To‘g‘risi, yangi muhitga juda tez moslashuvchan fe’l-atvorga egaligim bois «Milan»da u qadar katta muammolarga duch kelmadim. Garchi adaptasiya jarayoni davom etayotgan bo‘lsada, klub xodimlari va kiyinish xonasidagi ijobiy atmosfera tufayli yangi jamoaga imkon qadar tezroq moslashib olishga harakat qilyapman.

- Jamoa bosh murabbiyi Massimiliano Allegri bilan munosabatlaringiz qanday?

- Ikkovlon ham toskanalikmiz va bir-birimizni juda yaxshi tushunamiz. Bosh murabbiy mashg‘ulotlarda yarim himoyachilardan ishonchli o‘yin talab qilish asnosida texnik jihatdan imkon qadar mukammal harakat qilishimiz va to‘pni tezroq oldingi chiziq vakillariga yetkazib berishimiz kerakligini uqtirmoqda. Chunki qanotlarda harakatlanadigan ijrochilarimining saviyasi va tezligini yaxshi bilamiz. Ularga raqibni bezovta qilishga qancha ko‘p yordam bersak, hattoki taktikani o‘zgartirgan paytlarda ham hujumda faolroq to‘p sura olamiz.

- Mavsum oldidan klub safiga kelib qo‘shilgan dastlabki oyni qanday baholaysiz?

- «Milan»da ahil jamoa, fantastik muhit va ajoyib mavsumni o‘tkazishga har tomonlama tayyor, jangovar kayfiyatdagi futbolchilarni uchratdim. Qisqasi barchasi ko‘ngildagidek. Zero, bundan ortig‘ini orzu qilib ham bo‘lmaydi.

- So‘nggi yillarda samarali uzatmalar nisbati bo‘yicha «A» Seriyada eng yaxshi natijaga ega bo‘lib turibsiz...

- Rostini aytsam, aslida to‘p bilan ishlash va maydonda bor mahoratimni namoyish qilishni yaxshi ko‘raman. Lekin jamoaga yordam berish uchun to‘g‘ri pozisiya tanlash hamda aqili qarorlarlar chiqarish lozim. Shunday ekan, ba’zida to‘psiz o‘ynashni ham bilish kerak. Bu borada murabbiylar ko‘rsatmasiga amal qilishga intilyapman. Ayniqsa, Allegri har bir mashg‘ulotda o‘z imkoniyatlarimdan oqilona foydalanish uchun nimalarga e’tibor qaratishim kerakligini tushuntirib bormoqda. O‘ylashimcha, yangi mavsum siz aytgan yo‘nalishda yanada yaxshiroq natijalarga erishaman.

- Demak, futbolchilik davrida yarim himoyada o‘ynagan Allegrining maslahatlari sizga asqotadi...

- Bo‘lmasamchi. Axir u ham men o‘ynayotgan ampluada to‘p surgan va ushbu chiziqda futbolchi qanday harakatlanishi kerakligini yaxshi biladi. Shundan bo‘lsa kerak Allegri o‘yinimdagi kamchiliklarni payqab, ularni bartaraf etishda o‘z yordami va maslahatlarini berib bormoqda.

- «Milan»ning o‘rtoqlik o‘yinida «Liverpul»ga jiddiy qarshilik ko‘rsata olishini kutganmidingiz?

- Oldinroq, biz «Arsenal»ga qarshi ham xuddi shunday o‘yin o‘tkazgandik. Farqli tomoni londonliklar bilan bellashuvda to‘pga egalik qilish bo‘yicha, ayrim qiyinchiliklarga duch kelgandik. Gonkongdagi yig‘in davomida ushbu kamchiliklar qatori murabbiy talab qilgan uslubga moslashish va qarshi hujumda ishonchli o‘yin namoyish etish bo‘yicha mashg‘ulotlar olib borildi.

- Leaoga qarshi to‘p surgandan ko‘ra, u bilan birga o‘ynagan ma’qulroq. Shunday emasmi?

- Albatta, safimizda Rafadek o‘yinchining bo‘lishi hammamiz uchun foydali. Chunonchi, uning qanday imkoniyatlarga egaligi va nechog‘lik sifatli futbol namoyish eta olishini barchamiz yaxshi bilamiz. O‘ylashimcha, Leao bu mavsum hujum chizig‘imizdagi eng xavfli qurolimizga aylanadi. Chunki u kuchli ishtiyoq, aqlbovar qilmas tezlik hamda yuqori iqtidor orqali maydonda ko‘p narsani hal qilishiga ishonaman.

- Loftus va Fofana bilan yarim himoyada tandem hosil qilishga qanday qaraysiz?

- Ular maydonda ko‘p narsalarga qodir bo‘lgan yuqori toifali, serqirra o‘yinchilar. To‘g‘risi, yonimda shunday iqtidorli sheriklarning bo‘lishi mening ishimni ancha osonlashtiradi. Qisqasini aytganda, yuqori maqsadlarni ko‘zlaydigan jamoa uchun bunday toifadagi futbolchilar juda muhim.

- Sizningcha, 2024/25 yilgi mavsumdagi ko‘ngilsizliklardan keyin «Milan»da yangi davr boshlanmoqdami?

- Menimcha, o‘rtoqlik o‘yinlaridagi natijalarga qarab xulosa qilish biroz noto‘g‘ri bo‘lardi. Chunki, bunday darajadagi uchrashuvlarda asosiy e’tibor mavsumga munosib tayyorgarlik ko‘rishga qaratiladi. Biroq, baribir chempionat oldidan yaxshi taassurot qoldirish hamda imkon qadar optimal sport formasiga kirib olish foydali ekanini aytgan bo‘lardim.

- «Torino»dagi jamoadoshlaringiz bilan ham gaplashib turibsizmi?

- Yashirmayman sobiq jamoadoshlarim bilan telefon orqali tez-tez muloqot qilib turibmiz. Masalan, ulardan yangi murabbiy bilan ishlari qanday ketayotganini so‘radim va tibbiyot xodimlarining ayrim a’zolari bilan ham gaplashdim. Xullas, «Torino»dagilar bilan yaxshi munosabatdaman va u yerda birgalikda o‘tkazgan baxtli damlarni hech qachon unutmayman.

- Demak «rossonerilar» libosini kiyganingizdan xursandsiz, lekin «Torino»ni ham unutmaysiz...

- Xuddi shunday. Aslini olganda «Milan»dek buyuk tarixga ega jamoa a’zosiga aylanganimdan faxrlanaman. Shu bilan birga menga o‘z o‘g‘lidek munosabatda bo‘lgan va «Milanello»ga borish imkoniyati paydo bo‘lgach darhol qo‘yib yuborishga rozi bo‘lgan prezident Kairoga, sobiq jamoadoshlarim va butun Turin klubi xodimlariga minnatdorchilik bildiraman. O‘z navbatida, «rossonerilar» rahbariyatiga bildirilgan qiziqish va ishonch uchun alohida tashakkur izhor etaman.

- Bolaligingizda qaysi jamoaga muxlislik qilardingiz?

- Balki kimgadir bu gaplar erish tuyulishi mumkin, lekin to‘g‘risini aytsam, azaldan «Milan» muxlisi edim.

- Igli Tare va Allegri bu yilgi ustuvor vazifa «Milan»ni Chempionlar ligasiga qaytarish ekanligini aytishdi...

- Ha albatta, rahbariyat tomonidan jamoaning avvalgi mavqeini tiklash va yuqori o‘rinlar uchun kurashish asosiy vazifa sifatida belgilangan. O‘ylaymanki, hozirgi «Milan» bunga erisha oladi. Biz qadamma-qadam olg‘a borishimiz hamda o‘yindan-o‘yinga rivojlanishimiz lozim. Lekin ayni damda bor e’tiborni bo‘lajak uchrashuvlarga qaratish hamda uzoq kelajak haqida kamroq gapirish to‘g‘ri bo‘ladi, degan fikrdaman.

- Lekin siz ham Chempionlar ligasi madhiyasini maydonda eshitishni xohlasangiz kerak?

- Albatta. Nafaqat men balki «Milan»ga aloqador har bir inson «San-Siro»da YECHL madhiyasi yangrashini orziqib kutmoqda. Ammo bunga erishish uchun nihoyatda mashaqqatli yo‘lni mardonavor bosib o‘tish lozim. Demoqchi bo‘lganim, hozirgi kunda jamoani yana cho‘qqiga olib chiqish uchun ishlashda davom etishimiz hamda har bir o‘yinga ruhan va jismonan to‘g‘ri yondashishimiz kerak.

Xurshid YUSUPOV tayyorladi

Manba: Интерфутбол газетаси

Kiritildi: 24.08.2025 23:55. O'qildi: 690 marta.

← Klub xabarlari

«A» Seriya

№ Jamoa O' O
1 Inter 38 87
2 Napoli 38 76
3 Roma 38 73
4 Komo 38 71
5 Milan 38 70
6 Yuventus 38 69
7 Atalanta 38 59
8 Bolonya 38 56
9 Lasio 38 54
10 Udineze 38 50
11 Sassuolo 38 49
12 Parma 38 45
13 Torino 38 45
14 Kalyari 38 43
15 Fiorentina 38 42
16 Jenoa 38 41
17 Lechche 38 38
18 Kremoneze 38 34
19 Verona 38 21
20 Piza 38 18

ECHL

- Guruhi

№ Jamoa O' O

Evropa ligasi

- Guruhi

№ Jamoa O' O

Italiya kubogi

Nimchorak final
13.01.2021
00:45 Milan
0:0
Torino
19:00 Fiorentina
1:2
Inter
21:45 Napoli
3:2
Empoli
14.01.2021
00:45 Yuventus
3:2
Jenoa
21:30 Sassuolo
0:2
SPAL
15.01.2021
01:15 Atalanta
3:1
Kalyari
20.01.2021
01:15 Roma
2:4
Spesiya
22.01.2021
01:15 Lasio
2:1
Parma
Chorak final
27.01.2021
00:45 Inter
2:1
Milan
21:45 Atalanta
3:2
Lasio
28.01.2021
00:45 Yuventus
4:0
SPAL
29.01.2021
01:00 Napoli
4:2
Spesiya
Yarim final
03.02.2021
00:45 Inter
1:2
Yuventus
04.02.2021
00:45 Napoli
0:0
Atalanta
10.02.2021
00:45 Yuventus
0:0
Inter
11.02.2021
00:45 Atalanta
3:1
Napoli
Final
19.05.2021
23:59 Atalanta
1:2
Yuventus

International Champions Cup

№ Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenxem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

Italiya superkubogi

Final
21.01.2021
01:00 Yuventus
2:0
Napoli

So'nggi uchrashuv

24.05.2026. «A» Seriya. 38-tur.
23:45
Milan
1-2
Kalyari

Navbatdagi uchrashuv

Uchrashuv qayd etilmagan!

JAMOA TARKIBI