Man. Yunayted

STD.UZ/MANUTD

Man. Yunayted

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

APL milliarderlari kimlar?

APL milliarderlari kimlar?

«MYU» Krishtianu Ronalduni o‘z safiga qo‘shib olishidan avvalroq «Nyukasl» o‘sha «Sporting»dan navqiron Ugu Vianani xarid qilgan, o‘shanda u Yevropaning kelajagi porloq o‘yinchilaridan biri edi. Biroq portugaliyalik noyob iqtidor o‘z sha’niga yo‘llangan maqtovlarning yarmini ham oqlay olmagandi. Hozirda 42 yoshli Ugu «Manchester Siti»ning yangi direktori sifatida tajribali Begiristayn o‘rnini egalladi. Nima uchun Chiki yaqin do‘sti bo‘lmish Gvardiolani tark etgani tez orada ma’lum bo‘ladi. Balki ishdan zerikib, topgan mablag‘larini sarflashga qaror qilgandir yoki Begiristaynni «shaharliklar»ning moliyaviy firibgarliklari tufayli diskvalifikasiya kutayotgan bo‘lishi mumkin. Har qanday holatda ham, jamoaning qayta qurish yo‘lidagi yangi transferlarida ikkala direktor ham ishtirok etishdi.

Begiristayn «Sporting»ni Portugaliya chempionatida shohsupaga olib chiqishda Amorimga yordam bergan Vianani jalb etdi. Endi Ruben «MYU»da iztirob chekmoqda, uning sobiq hamkasbi esa «Siti» Reynders va Sherki bilan xuddi «Tottenxem» kabi yomon o‘ynamasligi uchun qo‘l qovushtirib qo‘ya qoldi. Yaqindagina Viana darvozabon Donnarumma transferini «pishirdi». Chunki Gvardiola qishki yangi o‘yinchilarga yozgi transferlar porsiyasini qo‘shib qo‘ydi.

Andrea Berta, «Arsenal»

Italiyalik muntazam ravishda «Tottenxem» fanatlarining asablarini o‘ynaydi. «Shporlar» Ezeni ilib ketishganidan keyin, «to‘pchilar» direktori Inkapyeni o‘z jamoasiga jalb etish niyatida. «Bayer»ning ekvadorlik nav­qiron iqtidori ten Xagning Alonso tengi emasligini ang­lagan holda, APLda to‘p surishni istaydi. «Tottenxem» va «Arsenal» o‘rtasida Pyero Arteta klubini tanlasa kerak. Chunki yangi sport direktori Bertaning sa’y-harakatlari bilan «to‘pchilar» tarkibida kuchli o‘yinchilar paydo bo‘lishdi. Hozircha, «Arsenal»ning sobiq rahbari Edu «Nottingem Forest»da gresiyalik milliarder Marinakis bilan muammolarga duch kelgan pallada, Andrea Londonning qizil-oq qismida muxlislar yoqimtoyiga aylanmoqda. U Artetadan klassik hujumchi Dyokereshni talab qildi va muzokaralarda «Sporting»ning badfe’l bosslaridan ustun keldi. Shuningdek, Berta bir yil avval «Liverpul» va «Manchester Siti»ning takliflarini rad etgan Subimendini Angliyaga olib keldi. Qo‘shimchasiga, «Arsenal» «Chelsi» vingeri Maduekeni ham o‘z safiga qo‘shib oldi. Arteta yangi o‘yinchilarni so‘raydi - Berta kelishuvlarni nihoyasiga yetkazadi.

Richard Xyuz, «Liverpul»

Yurgen Klopp davrida sport menejeri lavozimida ishlagan «qizillar»ning boshqaruv raisi Maykl Edvards Virjil van Deyk va Muhammad Salohni shartnoma muddatini uzaytirishga ko‘ndirdi. Uning kasbdoshi Xyuz esa transferlar bilan shug‘ullandi. Richard avval «Bornmut»dagi 10 yillif faoliyati davomida ajoyib ijrochilarni jamlagandi. Xeysenni Xyuz «Liverpul»ning yangi sport direktori etib tayinlanganidan keyin xarid qilishdi. Zabarniy va Kerkez - uning stavkalari. Vengriyalik futbolchi endi «Liverpul»da o‘ynaydi. Xyuz o‘tgan yili Slotga ikkinchi hujumchi Kyeza va darvozabon Mamardashvilini topib bergan, lekin bir mavsumga «Valensiya»da qoldirgandi. Shunday bo‘lsa-da, «qizillar» kamtarin yangi tarkib bilan ham chempionlik unvonini o‘zlariga qaytarishdi. Lekin Richard yayrab-yashnadi: jamoa Virs uchun 125 mln. yevrodan voz kechdi. Pleymeykerdan tashqari, saviyali hujumchi Ekitike va Bundesliganing o‘ng qanot laterali Frimpong xarid qilindi. Xyuz «Liverpul»ga «Chelsi»dan Rio Ngumoxani sotib olishida, Isakni esa «Nyukasl»dan yuz o‘girishida ko‘maklashdi.

Pol Uinstenli va Lourens Styuart, «Chelsi»

Ikkita kalla bittadan yaxshiroqmi? 2022 yil noyabrida «Chelsi» «Brayton» direktori Uinstenlini yollab, bir necha oydan keyin «Monako» menejeri Styuartni ham o‘ziga jalb etgandi. Avvaliga «ko‘klar»ning transferlariga Boeli faol aralashgandi. Bahsli kelishuvlarning bir qismi uning vijdoniga havola. Biroq Pol va Lourens ish bobida xuddi asosiy skautlardek. «Chelsi»ning transfer uslubi o‘ta tartibsiz. Klubni noqonuniy nayranglardan foydalangani uchun jazolashgan. Uinstenli va Styuart boshqa hamkasblarichalik mug‘ombir emaslar. Ular ishlamoqdalar, jamoa esa o‘yinchilarni xarid qilmoqda. Granovskaya va Chex ham Abramovichga turli yoshdagi futbolchilarni to‘plab berishgan. «Chelsi» direktorlari o‘ta manfaatli kelishuvni amalga oshirishgan - 47 mln. yevro evaziga «Siti»dan Koul Palmerni sotib olishgan. Lekin kimdir «Chelsi»ni shunchaki, «Palmer jamoasi» desa, Mareska xafa bo‘ladi. Enso Kaysedo, Fernandes, shuningdek, Estevao, Joao Pedro va Delap kabi yangi o‘yinchilar KJCHdagi g‘alabadan so‘ng to‘xtab qolmasliklariga umid qiladi. Hamma «Chelsi»dan YECHLdagi zafarni kutmoqda.

Jeyson Uilkoks, «MYU»

Uilkoks «Blekbern» libosida APL g‘olibi bo‘lgan, menejerlik kasbini esa «Manchester Siti»da yoshlar jamoasini boshqarish bilan boshlagan. Keyin Jeysonni «Sautgempton» sport direktori lavozimiga taklif etishdi. U yerdan «MYU» ilib ketdi. Angliyada sport menejerini turlicha atashadi, ba’zan texnik yoki futbol direktori deyishadi. Lekin bu bilan ish o‘zgarib qolmaydi. Eshvort «MYU»dan qochib ketgach, Amorim uchun o‘yinchilarni Uilkoks topib bermoqda. «Nyukasl»ning sobiq direktorini shayxlardan sotib olishgan, lekin Den tuturiqsiz milliarder Retkliffning klubida ishlay olmadi. Uilkoks esa qismat zarbalariga dosh bermoqda. «MYU»da transferlar bilan bog‘liq muammolar yetarli. Ular o‘yinchilarni to‘plab olishgan bo‘lsada, Amorim izmidagi hozirgi tarkibda faqat «Real»dan xarid qilingan 19 yoshli markaziy himoyachi Yoroning o‘yinini kuzatish qiziqarli. Kunya va Mbeumodek hujumchilarga chidamlilik yetishmaydi, «to‘qqizlik» Sheshko gollari bilan xursand qila olmayapti. Uilkoks ziqnalik qilmayotgan bo‘lsada, «MYU»ga van der Sardek darvozabonning xaridichalik mukammal kelishuvlar yo‘q.

Yoxan Lange, «Tottenxem»

«Shporlar»ning azaliy muammolaridan biri - klub sohibi Levi va uning qizi Rivka menejerlar ishiga aralashishdan to‘xtamaydilar. Mourinyo va Konte uzoq chiday olishmadi, Keyn «Bavariya»ga o‘tib ketganidan afsuslanmadi. Paratichining diskvalifikasiyasidan keyin esa, uni «Aston Villa»dan topishdi. Birmingem klubi buyuk va dahshatli Monchiga tikdi, navqiron daniyalik Yoxan Lange esa «Tottenxem»ga yo‘l oldi. Uning ishi chakki emas. Axir jahon chempioni bo‘lmish Romero jamoada qoldi. Vaholanki uni «Atletiko» Madridga chorlagandi. Lange Solankeni yolladi, keyin Quddus va Telni. Biroq hozir Yoxanni tanqid qilishmoqda, axir «shporlar» juda ko‘p ijrochilarni qo‘ldan chiqarishdi. O‘tmishda ular Kaka va Rivaldoga o‘xshagan afsonalarga kontraktni noto‘g‘ri tavsiya etishgandi. Endi esa «Arsenal» kamtarin Ezeni ilib ketdi, himoyachi Inkapyeni ham. «Tottenxem» binoyidek tarkib va aqlli murabbiy Frankka ega bo‘lsada, APLdagi raqobat juda kuchli. Xullas, jamoadan doimiy hushyorlik va tinimsiz izlanish talab etiladi.

R.IBROHIMOV tayyoraldi

Manba: Интерфутбол газетаси

Kiritildi: 23.09.2025 23:53. O'qildi: 2286 marta.

← Klub xabarlari

APL

№ Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulxem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenxem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverxempton 38 20

ECHL

- Guruhi

№ Jamoa O' O

Evropa ligasi

E - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Man. Yunayted 0 0
2 Omoniya 0 0
3 Real Sosyedad 0 0
4 Sherif 0 0

O‘rtoqlik uchrashuvi

1-tur
20.01.2017
18:00 Lokomotiv
0:0
Zenit S-Pb
27.05.2017
18:30 O‘zbekiston U21
3:4
Rossiya U21

Angliya kubogi

Nimchorak final
09.02.2021
22:30 Byornli
0:2
Bornmut
10.02.2021
00:30 Man. Yunayted
1:0
Vest Xem
22:30 Suonsi Siti
1:3
Manchester Siti
11.02.2021
00:30 Lester
1:0
Brayton
00:30 Sheffild Yunayted
1:0
Bristol Siti
01:15 Everton
5:4
Tottenxem
22:30 Vulverxempton
0:2
Sautgempton
12.02.2021
01:00 Barnsli
0:1
Chelsi
Chorak final
20.03.2021
17:15 Bornmut
0:3
Sautgempton
22:30 Everton
0:2
Manchester Siti
21.03.2021
18:30 Chelsi
2:0
Sheffild Yunayted
22:00 Lester
3:1
Man. Yunayted
Yarim final
17.04.2021
21:30 Chelsi
1:0
Manchester Siti
18.04.2021
22:30 Lester
1:0
Sautgempton
Final
15.05.2021
21:30 Chelsi
0:1
Lester

International Champions Cup

№ Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenxem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

Angliya superkubogi

№ Jamoa O' O
1 Liverpul 1 1
2 Manchester Siti 1 1

UYEFA Superkubogi

№ Jamoa O' O
1 Bavariya 1 3
2 Sevilya 1 0

Angliya liga kubogi

Chorak final
22.12.2020
22:30 Brentford
1:0
Nyukasl
23.12.2020
01:00 Arsenal
1:4
Manchester Siti
22:30 Stok Siti
1:3
Tottenxem
24.12.2020
01:00 Everton
0:2
Man. Yunayted
Yarim final
06.01.2021
00:45 Tottenxem
2:0
Brentford
07.01.2021
00:45 Man. Yunayted
0:2
Manchester Siti
Final
25.04.2021
20:30 Manchester Siti
1:0
Tottenxem

So'nggi uchrashuv

24.05.2026. APL. 38-tur.
20:00
Brayton
0-3
Man. Yunayted

Navbatdagi uchrashuv

Uchrashuv qayd etilmagan!

JAMOA TARKIBI