Man. Yunayted

STD.UZ/MANUTD

Man. Yunayted

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Angliya futbolidagi yirik “o‘g‘riliklar”

Angliya futbolidagi yirik “o‘g‘riliklar”

«Arsenal»ning shundoqqina «Tottenxem»ning tumshug‘i ostidan Eberechi Ezeni xarid qilish yo‘lidagi muvaffaqiyatli urinishi ijtimoiy tarmoqlarda shiddatli shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. Biroq bu dastlabki hodisa emas. Mazkur klublar shunga o‘xshash makkorona hiylalarga avval ham duch kelishgan. Keling, yaxshisi eng qiziqarli voqealarni esga olaylik.

Emmanuel Peti «Arsenal»ga

1997 yilning yozida Emmanuel Peti «Arsenal» tarkibiga qo‘shilganida, Fabrisio Romano Neapoldagi yaslini tark etish arafasida edi. 2018 yilda fransiyalik afsona Daily Mirror muxbiriga bergan intervyusida shunday degandi: «Tottenxem» menga kontrakt taklif etganida, o‘ylab ko‘rish uchun ikki kun muhlat so‘ragandim. Lekin ular keyin yuz bergan voqeani kutmagandilar. Londonga yetib kelgach, mehmonxonaga borishim uchun «shporlar» taksi haqqini to‘lashdi. Men esa Arsen Vengerning uyiga yo‘l olgandim. Endi bu o‘tmish tarixi».

Mixail Mudrik «Chelsi»ga

Yaqinda Mudrikni top-futbolchilarga qiyoslashgan va Yevropadagi kelajagi porloq qanot hujumchilaridan biri deyishgandi. Ukrainalik futbolchining nomi 2022|2023 yillar mavsumining birinchi yarmida har kuni transferlarga oid gap-so‘zlarda zikr etilgandi. Mixail o‘zining «Arsenal»ga muhabbatini ijtimoiy tarmoqlarda oshkor etgan, «to‘pchilar» uni qishki transfer darchasida xarid qilishga tayyordek edilar. Biroq to‘satdan «Chelsi» yanada manfaatliroq taklif bilan paydo bo‘lib qoldi.

«Shaxtyor»ning bosh direktori Sergey Palkin bu borada shunday degandi: «To‘lovlar muddati, bonuslar turi har xil. Ha, bonuslar haqida istagancha gapirish mumkin, lekin ular amaliy bo‘lishi shart. Bu masalada «Chelsi» nisbatan jiddiyroq va adolatliroq bo‘ldi. Mudrikning «Stemford Brij»dagi ishlarini inobatga olganda, bu hodisani o‘zi uchun omadli hisoblashi mumkin».

Jon Obi Mikel «Chelsi»ga

Yana «Chelsi». Bu voqea «ko‘klar»ning keyingi yillardagi oldi-sotdilari uchun etalon maqomini oldi. Mikel o‘smirlik chog‘ida «MYU» bilan shartnoma imzolagandi. Biroq «Chelsi» aralashib qoldi. Mazkur hodisa jirkanch sudlashuvga aylanib ketishi ham mumkin edi. Lekin ser Aleks Fergyuson bu ishga aralashishdan voz kechib, Mikelning tanlovini qabul qilgandi.

Moyzes Kaysedo «Chelsi»ga

Moliyaviy nuqtai-nazardan olganda, eng yirik ilintirish. 2023 yilda ekvadorlik yarim himoyachini o‘z safiga qo‘shib olish uchun 100 mln. funt sterlingdan ko‘proq bo‘lgan o‘z tarixidagi rekord transferni taklif etgandi. «Qizillar»ning sa’y-harakatlari «Chelsi»ni takliflar qiymatini tenglashtirib, kelishuvni rasmiylashtirishga majbur etgandi. Yakunda tanlov Kaysedoda to‘xtadi. Moyzes o‘tgan mavsumni a’lo darajada o‘tkazdi.

Sky Sportga bergan intervyusida futbolchi shunday degandi: «Chelsi» bilan uzoq vaqt muzokara olib bordim. Rad etishning iloji bo‘lmadi, chunki ular meni qo‘llab-quvvatlashardi. «Brayton»ni tark etish qiyin bo‘lgani uchun yozda juda qiynaldim. So‘nggi pallada «Liverpul»dan qo‘ng‘iroq bo‘ldi. Biroq men «Chelsi»ga rozilik bergandim».

Roy Kin «MYU»ga

Voqeani bayon etish navbatini Kinning o‘ziga beramiz. U juda ajoyib. Roy bor haqiqatni Overlap Live efirida ser Kenni Dalglish bilan hamkorlikda oshkor etgandi: «Bitta yoki ikkita variant tufayli omadim keldi. Men «Blekbern» vakillari qo‘llarini qisib, shunday dedim: «Eshitinglar, men jamoangizga o‘taman. Kontrakt ma’qullangan, deb o‘ylayman. Irlandiyaga qaytganimda, «Yunayted»dan qo‘ng‘iroq qilishdi. «Blekbern» bilan shartnoma imzolayman, deganimda, xatoga yo‘l qo‘ygandim. Albatta, «Yunayted»ga o‘tganimga afsuslanmayman. Kenni Dalglishni hamma ajoyib yigit deydi. U menga qo‘ng‘iroq qildi. Tabiiyki, u Blekbernga bormasligimdan xabardor edi: «quloq sol, men noroziman, axir biz qo‘l olishgan edikku». Men javob qaytardim: «Meni kechir, Kenni...bilasanmi, ertaga dam olishga ketyapman. Uzr, vaqtim ziq». Men Ayya-Napaga jo‘namoqchi edim. Ont ichaman, u menga shunday degandi: «Seni o‘sha yerda topib olaman». Ochig‘ini aytganda, Ayya-Napadagi ikki hafta davomida barcha barlarni tintib chiqdim. U meni topib olishiga ishongandim!»

Pol Gaskoyn «Tottenxem»ga

Bu voqeani hamma biladi. «MYU» o‘z safiga «Nyukasl»dagi navqiron Gazzani qo‘shib oldim, deb o‘ylagandi. Lekin «Tottenxem» «qizil iblislar»ni ortda qoldirib, Polning ota-onasiga uy, opasiga solyariy olib berishni va’da qilgandi.

«Basseyn yonida yotganimda, qo‘rg‘iroqqa javob qaytarishim uchun telefon berishdi. Rais Martin Edvardsning aytishicha, «Tottenxem» Pol bilan shartnoma imzolab, uning ota-onasiga Londonning shimoli-sharqidan uy sovg‘a qilganini aytdi», - degandi Fergyuson marhum jurnalist Devid Frostga bergan intervyusida.

Villian «Chelsi»ga

Bir paytlar «Liverpul» saviyasi pasayib ketgan «Anji»ning braziliyalik vingeriga da’vogar bo‘lganini hozir ko‘pchilik unutib yuborgan. Lekin aynan «Tottenxem» 2013 yilning yozida Villian bilan kelishuvga erishishga muvaffaq bo‘lgandi. Biroq futbolchining «Uayt Xart Leyn»ga o‘tishi OAVda e’lon qilingan pallada, sahnada «Chelsi» paydo bo‘ldi.

Restling uslubidagi ring va musiqa ohangi jo‘rligida sahnaga chiqib kelayotgan Roman Abramovichni tasavvur qiling. Villianga shunchalik kuchli moliyaviy usulni qo‘llashdiki, u yashin tezligida «Stemford Brij»ga borib qolgandi. Endi bu ro‘yxatdan Eberechi Eze joy oladi. Qiziq, «Arsenal»da uni nimalar kutmoqda?

Sodiq SOBIR tayyorladi

Manba: Интерфутбол газетаси

Kiritildi: 16.09.2025 23:55. O'qildi: 2501 marta.

← Klub xabarlari

APL

№ Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulxem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenxem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverxempton 38 20

ECHL

- Guruhi

№ Jamoa O' O

Evropa ligasi

E - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Man. Yunayted 0 0
2 Omoniya 0 0
3 Real Sosyedad 0 0
4 Sherif 0 0

O‘rtoqlik uchrashuvi

1-tur
20.01.2017
18:00 Lokomotiv
0:0
Zenit S-Pb
27.05.2017
18:30 O‘zbekiston U21
3:4
Rossiya U21

Angliya kubogi

Nimchorak final
09.02.2021
22:30 Byornli
0:2
Bornmut
10.02.2021
00:30 Man. Yunayted
1:0
Vest Xem
22:30 Suonsi Siti
1:3
Manchester Siti
11.02.2021
00:30 Lester
1:0
Brayton
00:30 Sheffild Yunayted
1:0
Bristol Siti
01:15 Everton
5:4
Tottenxem
22:30 Vulverxempton
0:2
Sautgempton
12.02.2021
01:00 Barnsli
0:1
Chelsi
Chorak final
20.03.2021
17:15 Bornmut
0:3
Sautgempton
22:30 Everton
0:2
Manchester Siti
21.03.2021
18:30 Chelsi
2:0
Sheffild Yunayted
22:00 Lester
3:1
Man. Yunayted
Yarim final
17.04.2021
21:30 Chelsi
1:0
Manchester Siti
18.04.2021
22:30 Lester
1:0
Sautgempton
Final
15.05.2021
21:30 Chelsi
0:1
Lester

International Champions Cup

№ Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenxem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

Angliya superkubogi

№ Jamoa O' O
1 Liverpul 1 1
2 Manchester Siti 1 1

UYEFA Superkubogi

№ Jamoa O' O
1 Bavariya 1 3
2 Sevilya 1 0

Angliya liga kubogi

Chorak final
22.12.2020
22:30 Brentford
1:0
Nyukasl
23.12.2020
01:00 Arsenal
1:4
Manchester Siti
22:30 Stok Siti
1:3
Tottenxem
24.12.2020
01:00 Everton
0:2
Man. Yunayted
Yarim final
06.01.2021
00:45 Tottenxem
2:0
Brentford
07.01.2021
00:45 Man. Yunayted
0:2
Manchester Siti
Final
25.04.2021
20:30 Manchester Siti
1:0
Tottenxem

So'nggi uchrashuv

24.05.2026. APL. 38-tur.
20:00
Brayton
0-3
Man. Yunayted

Navbatdagi uchrashuv

Uchrashuv qayd etilmagan!

JAMOA TARKIBI