Man. Yunayted

STD.UZ/MANUTD

Man. Yunayted

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Mavsum ekvatorida 18ta iste’fo! Shu adolatdanmi?

Mavsum ekvatorida 18ta iste’fo! Shu adolatdanmi?

Yevropa top-ligalarida mavsum boshlanganidan beri yarim yildan ozroq vaqt o‘tdi.

Shu qisqa muddat ichida 15ta klubda bosh murabbiylar almashdi. «Roma» esa ikki marta murabbiyni o‘zgartirdi. Quyidagi material joriy mavsumda ishsiz qolgan murabbiylar haqida.

APL: «MYU», «Lester», «Vulverxempton»,  «Sautgempton»

850 kun - aynan shuncha kun Erik ten Xag «MYU»ni bosh-qardi. Bu klub tarixidagi ser Aleks davridan keyingi uchinchi natija. Manchesterning qizil klubida undan ko‘ra ko‘proq ishlash Ole-Gunnar Sulsher (969) va Joze Mourinyoga (900) nasib etgan. Niderlandiyalik murabbiyni APLning 9-turidan keyin iste’foga chiqarishdi. O‘shanda jamoa 14-pog‘onada edi. Hozir u bir pog‘ona yuqoriga ko‘tarildi, sezilarli o‘zgarishlar yo‘q hisobida.

Ten Xag «qizil iblislar» bilan Angliya va Liga Kuboklarini qo‘lga kiritdi, lekin qanchadan-qancha asab hujayralaridan judo bo‘ldi. «Erik tamomila tushkunlikka tushib qolgan, to‘la-to‘kis ado bo‘lgan. Uning muammolar girdobiga tushib qolgani aniq», degandi ten Xagning sobiq jamoadoshi Xans Kray. Niderlandiyalik murabbiy ketgach, uning o‘rnini vatandoshi Rud van Nistelroy egallab, 4ta o‘yinda jamoani maydonga olib tushdi. Noyabr oyida Ruben Amorim «MYU»ning bosh murabbiyiga aylandi.

Elitaga bir murabbiy bilan chiqqan «Lester» yangi mavsumni boshqa murabbiy rahbarligida boshladi. Enso Mareska «Chelsi»ga ko‘tarilib ketdi, uning o‘rnini Stiv Kuper to‘ldirdi. Biroq uelslik mutaxassis omadsizlikka uchrab, 14ta o‘yindan keyin «tulkilar» bilan xayrlashdi. Endi uning o‘rnida «MYU»ning talabini qondira olmagan van Nistelroy ishlamoqda.

Gari O~Nil «Vulverxempton»ga 2023|24 yillar mavsumi arafasida kelgandi. Jamoa uning rahbarligida dastlabki mavsumni autsayderlar guruhidan 20 ochkoga o‘zgan holda 14-o‘rinda yakunlagandi. Keyingi mavsum yanada omadsiz keldi, 16ta o‘yinda 11ta mag‘lubiyat, o‘tkazib yuborilgan gollar (40) bo‘yicha eng yomon natija. APLdagi 4 mag‘lubiyatli seriya Garining iste’fosiga sabab bo‘ldi. Uning o‘rnini Vitor Pereyra egalladi.

«Tottenxem»dan qabul qilingan sharmandali (0:5) mag‘lubiyat «Sautgempton» bosh murabbiy Rassell Martinga chiqish eshiklarini ko‘rsatib qo‘ydi. Boz ustiga, mezbonlar 1-bo‘limning o‘zida 5 marta o‘z darvozalaridan to‘p olib chiqishdi. Bunday vaziyatda murabbiyning iste’fosi mantiqan to‘g‘ri yechim. Martin o‘rniga kelgan Ivan Yurich Londondan ochko bilan («Fulxem», 0:0) qaytishga muvaffaq bo‘ldi.

Primera: «Las-Palmas», «Valyadolid», «Alaves», «Valensiya»

Luis Migel Karrion «Las-Palmas»ga shu yilning yozida kelgandi. Biroq bosh murabbiy lavozimida atigi 99 kun ishladi. Holat shu qadar yomon ediki, jamoa Luis rahbarligida o‘rtacha bitta gol (0,4) ura olmadi va so‘nggi o‘ringa tushib ketdi. Murabbiyning almashtirilishi jamoani ruhlantirib yubordi. Diyego Martines boshqaruvida jamoa 11ta o‘yinning 8tasida zafar quchdi va 13-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Yangi murabbiy o‘z vazifasini a’lo darajada ado etmoqda.

«Valyadolid» qishning ilk kunida o‘z murabbiyi bilan xayrlashdi. O‘sha pallada jamoa 15-turdan keyin so‘nggi pog‘onani band etgandi. Klub rahbariyati Paulo Pessolanoni «Atletiko»dan qabul qilingan sharmandali (0:5) mag‘lubiyatdan keyin iste’foga chiqarishdi. Keyingi 3ta o‘yinni jamoani Alvaro Rubio maydonga olib tushdi. Shundan keyin argentinalik Diyego Kokki bosh murabbiy lavozimiga tayinlandi.

«Alaves» o‘zining murabbiyi bilan «Valyadolid»dan bir kun keyin xayrlashdi. Luis Garsiya Plasa davrida jamoa 108 marta maydonga tushgan, joriy mavsumning 15-turidan keyin 16-o‘rinda edi. «Valyadolid»dan farqli ravishda, «Alaves» argentinalik Eduardo Koudetni zudlik bilan olib keldi. Lekin hozircha yangi murabbiy bilan g‘alabaga erisha olmadi.

Ruben Baraxa futbolchi maqomida «Valensiya» tarkibida a’lo darajada to‘p surgandi. Ikki karra Ispaniya chempioni, Ispaniya va UYEFA Kuboklari, UYEFA Superkubogi sohibi, YECHLning finalchisi... Biroq afsuski, murabbiy sifatida u «ko‘rshapalaklar» bilan muvaffaqiyatga erisha olmadi - 17ta o‘yinda 12 ochko va so‘nggi o‘rin. To‘g‘ri, jamoa muammolar girdobiga tushib qolgan va uni faqat murabbiyni almashtirish bilan qutqarib bo‘lmaydi.

«A» Seriya: «Roma», «Lechche», «Jenoa», «Monsa»

«Bo‘rilar» bir mavsumning o‘zida ikki marta murabbiyni almashtirdi. Hatto 73 yoshli Klaudio Ranyerini maydonga qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Italiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Daniele De Rossi oktyabr­da mojaro tufayli jamoani tark etgandi, noyabrda Ivan Yurich ham ketdi. Oxir-oqibat, «bo‘rilar» tajribali Ranyeriga murojaat qilishdi. Keksa mutaxassis boshchiligida jamoa 3ta g‘alaba, 3ta durang va 1ta durangga imzo chekib, 10-o‘ringa chiqib oldi. Lekin bu nomdor jamoaga xos natija emas.

Shu yilning mart oyida boshqaruvni o‘z zimmasiga olgan Luka Gotti «Lechche»ni 24 marta maydonga olib tushdi va 241 kundan keyin jamoani tark etishga majbur bo‘ldi. O‘tgan mavsumda jamoa autsayderlar guruhini 3 ochko ortda qoldirib, elitada jon saqlab qolgandi. Yangi mavsumda ham omadsizlikka duch kelgan jamoa 12-turdan keyin autsayderlar guruhiga tushib ketgandi. Shu sababli Gotti o‘z o‘rnini Marko Jampaologa bo‘shatishga majbur bo‘ldi. Mazkur o‘zgarish hozircha o‘zini oqlamoqda. Yangi murabbiy bilan «Lechche» 5ta o‘yindan 2tasida g‘olib chiqdi, «Yuventus»dan ochko tortib oldi, 1:1.

«Jenoa» noyabr oyida murabbiyni almashtirdi. 2022 yil oxiridan jamoani boshqargan Alberto Jilardino 714 kunlik faoliyatdan keyin o‘rnini Patrik Viyeyraga bo‘shatib berdi. Uning boshchiligida «Jenoa» «A» Seriyaga qaytgan, o‘tgan mavsumni 11-o‘rinda yakunlagandi. Lekin joriy mavsumning 12 turidan keyin 17-o‘ringa tushib qoldi. Jahon chempioni o‘rnini egallagan Viyeyra 5ta o‘yin atigi 1 marta mag‘lubiyatni tan oldi.

Italiya futboli tarixidagi eng yaxshi himoyachilaridan biri bo‘lmish Alessandro Nesta «Monsa»ni talab darajasida boshqara olmadi. Yozda jamoaga kelgan murabbiy 20ta uchrashuvdan keyin iste’foga chiqarildi. Uning rahbarligida «Monsa» o‘z maydonida «Yuventus»dan yengildi, 1:2. 17ta o‘yinda bor-yo‘g‘i bir marta g‘alabaga erishgan jamoa so‘nggi pog‘onadan joy olgan. Endi jamoani «Spartak»ning sobiq himoyachisi Salvatore Bokketti boshqaradi.

Bundesliga: «Boxum», «Xoffenxaym»

Peter Seydlerning «Boxum»­dagi faoliyati 8ta o‘yin bilan nihoyasiga yetdi. U yozda jamoani qabul qilgandi, lekin yangi jamoasi Germaniya Kubogi turniridan barvaqt chiqib ketdi, Bundesliganing 7ta o‘yinida atigi 1 ochkoga ega bo‘ldi. Klub mutasaddilari nafaqat bosh murabbiy, balki sport direktori Mark Lettauni ham iste’foga chiqarishdi. To‘g‘ri, hozircha jamoada ijobiy o‘zgarishlar sezilmayapti. Yangi bosh murabbiy Diter Xekking rahbarligida jamoa 6ta o‘yinda 5 ochko jamg‘ardi, xolos.

«Xoffenxaym» joriy mavsumni Pellegrino Matarasso bilan boshlagandi. 2023 yilda jamoa uning boshqaruvida YEL yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi. Biroq joriy mavsumni o‘ta omadsiz o‘tkazmoqda. Shu sababli bosh murabbiy lavozimiga Kristian Ilser tayinlandi. Lekin jamoa hamon 15-o‘rinda bormoqda.

Liga 1: «Monpelye», «Renn», «Sent-Etyen»

«Marsel»ga o‘z uyida 0:5 hisobida imkoniyatni boy bergach, «Monpelye» o‘zining bosh murabbiyi Mishel Ter-Zakaryanni oktyabr oxirida iste’foga chiqargandi. O‘shanda jamoa 8ta turda atigi 4 ochko to‘plab, so‘nggi pog‘onada borayotgandi. Bungacha «Marsel» va Kot-D~Ivuar terma jamoasini boshqargan Jan-Lui Gasse kutilgan ijobiy o‘zgarishni uddalay olmadi, keyingi 7ta o‘yinda 5 ochko olgan jamoa hanuzgacha so‘nggi pog‘onada bormoqda.

Jyulyen Stefanning «Renn»dagi ikkinchi qaytishi bir yilga yetmasdan (354 kun) yakuniga yetdi. Noyabrda jamoa «Oser»dan 0:4 hisobida yengilgach, murabbiy ishsiz qoldi. Uning o‘rnini egallagan Xorxe Sampaoli davrida jamoa 2ta g‘alaba va 2ta mag‘lubiyatni qayd etdi.

Liga 1dagi eng yangi iste’fo «Sent-Etyen»da kuzatildi. 14 dekabrda klub Olivye Dall Oglio bilan aloqani uzdi. Bunga jamoaning qatorasiga 3-marta mag‘lubiyatga uchragani sabab bo‘ldi. Hozirda jamoa yangi bosh murabbiy Eyrik Xorneland bilan 16-o‘rinda bormoqda.

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси

Kiritildi: 03.02.2025 11:00. O'qildi: 1499 marta.

← Klub xabarlari

APL

№ Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulxem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenxem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverxempton 38 20

ECHL

- Guruhi

№ Jamoa O' O

Evropa ligasi

E - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Man. Yunayted 0 0
2 Omoniya 0 0
3 Real Sosyedad 0 0
4 Sherif 0 0

O‘rtoqlik uchrashuvi

1-tur
20.01.2017
18:00 Lokomotiv
0:0
Zenit S-Pb
27.05.2017
18:30 O‘zbekiston U21
3:4
Rossiya U21

Angliya kubogi

Nimchorak final
09.02.2021
22:30 Byornli
0:2
Bornmut
10.02.2021
00:30 Man. Yunayted
1:0
Vest Xem
22:30 Suonsi Siti
1:3
Manchester Siti
11.02.2021
00:30 Lester
1:0
Brayton
00:30 Sheffild Yunayted
1:0
Bristol Siti
01:15 Everton
5:4
Tottenxem
22:30 Vulverxempton
0:2
Sautgempton
12.02.2021
01:00 Barnsli
0:1
Chelsi
Chorak final
20.03.2021
17:15 Bornmut
0:3
Sautgempton
22:30 Everton
0:2
Manchester Siti
21.03.2021
18:30 Chelsi
2:0
Sheffild Yunayted
22:00 Lester
3:1
Man. Yunayted
Yarim final
17.04.2021
21:30 Chelsi
1:0
Manchester Siti
18.04.2021
22:30 Lester
1:0
Sautgempton
Final
15.05.2021
21:30 Chelsi
0:1
Lester

International Champions Cup

№ Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenxem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

Angliya superkubogi

№ Jamoa O' O
1 Liverpul 1 1
2 Manchester Siti 1 1

UYEFA Superkubogi

№ Jamoa O' O
1 Bavariya 1 3
2 Sevilya 1 0

Angliya liga kubogi

Chorak final
22.12.2020
22:30 Brentford
1:0
Nyukasl
23.12.2020
01:00 Arsenal
1:4
Manchester Siti
22:30 Stok Siti
1:3
Tottenxem
24.12.2020
01:00 Everton
0:2
Man. Yunayted
Yarim final
06.01.2021
00:45 Tottenxem
2:0
Brentford
07.01.2021
00:45 Man. Yunayted
0:2
Manchester Siti
Final
25.04.2021
20:30 Manchester Siti
1:0
Tottenxem

So'nggi uchrashuv

24.05.2026. APL. 38-tur.
20:00
Brayton
0-3
Man. Yunayted

Navbatdagi uchrashuv

Uchrashuv qayd etilmagan!

JAMOA TARKIBI