Man. Yunayted

STD.UZ/MANUTD

Man. Yunayted

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Barcha zamonlarning eng qimmatbaho o‘smirlari

Barcha zamonlarning eng qimmatbaho o‘smirlari

Zamonaviy futbolda o‘smirlar yuksak salohiyatni namoyish etgan holda turli rekordlarni yangilab, o‘yin sur’atini oshirmoqdalar.

«Transfermarkt» ma’lumotlari orasidan yoshi 18dan o‘tmagan eng qimmat navqiron iqtidorlarni hukmingizga havola etishni lozim topdik.

10. Evan Fergyuson - 65 mln. yevro (2023)

«Brayton» o‘yinchisining ro‘yxatdan joy olgani sizni hayron qoldirgan bo‘lishi mumkin. Lekin bu jamoa «Benfika» yo‘lidan borishga qaror qilib, futbolchilarni sotish ilmini egalladi. Hozir «Chelsi» uning doimiy mijoziga aylangan. Evan Fergyuson jarohat olgani sababli so‘nggi yarim yil ichida xaridorlar e’tiboridan chetda qoldi. Lekin sog‘lomlik davrida «Transfermarkt» uni 65 millionga baholagandi. APLning 2022|23 yillar mavsumida futbolchi 25 marta maydonga tushib, 10ta golni o‘z hisobiga rasmiylashtirgan. Yigitcha shu kunlarda 20 yillik yubileyini nishonladi, «Brayton»da manfaatli sotuvni amalga oshirish imkoniyati bor.

9. Florian Virs - 70 mln. yevro (2021)

Bu futbolchi 18 yoshga chiqmagan chog‘ida Bundesligada «Bayer Leverkuzen» uchun 5ta gol urgandi. Shu sababli Florianning bahosi ko‘tarilib ketgandi. Yaqinda 21 yoshga chiqqan germaniyalik yarim himoyachi qisqa vaqt ichida parvozlar va pasayishlarni boshdan kechirdi. 2022 yilda xochsimon payidan jarohat olib, 10 oy davomida maydonga tusha olmadi. Lekin Xabi Alonso davrida yana saviyasini tiklab, «Bayer»ning o‘z tarixida ilk marta Bundesligada g‘olib chiqishiga yordam berdi. Keyin Germaniya terma jamoasi tarkibida Yevro-2024 turnirida ishtirok etdi.

8. Vinisius Junior - 70 mln. yevro (2019)

45 mln. yevro evaziga «Real» safidan joy olgan braziliyalik iqtidorga muhitga moslashish uchun vaqt kerak edi. Endi o‘zingizni hujumchi o‘rnida tasavvur qilib ko‘ring - siz 16 yoshdasiz, lekin «Real»­da to‘p surishingizdan xabardorsiz! Madriddagi dastlabki mavsum jarohat olish bilan nihoyasiga yetdi. Lekin Vinisiusni bejizga xarid qilinmagani yaqqol sezilib qoldi - endi u «Oltin to‘p» sohibi. To‘g‘ri, intizom masalasida biroz ter to‘kishi lozim, biroq bu boshqa mavzu.

7. Pedri - 80 mln. yevro (2021)

Yarim himoyachi 2019 yilda «Las-Palmas»dan «Barselona»ga o‘tgan va Ronald Kuman rahbarligi ostida yorqin o‘yin namoyish etgandi. 2021 yilda Pedri Golden Boy mukofotini qo‘lga kiritdi, lekin tez orada jarohatlar girdobiga tushib qoldi. Ko‘pchilikning fikricha, yosh iqtidorni juda ko‘p maydonga tushirib, charchatib qo‘yishdi, u ko‘proq dam olishi kerak edi. Ayni shu kunlarda Pedri safga qaytgan, bu yog‘iga shikastlanishdan yiroq bo‘lishiga tilakdoshmiz.

6. Jeydon Sancho - 80 mln. yevro (2019)

Gvardiolaning «Manchester Siti»sidan ketish har bir o‘yinchi istamasada, Sancho Dortmundning «Borussiya»da o‘ynashga qaror qilgan va o‘ta yorqin o‘yin ko‘rsatgandi. Ke-yin Jeydon «MYU»dan taklif oldi. Biroq Manchesterda o‘z o‘yinini yo‘qotib qo‘ydi va ijara asosida «Borussiya»ga qaytib, YECHLda yuksak saviyada to‘p surdi. Endi u «Chelsi»da «surgun» muddatini o‘tamoqda va faoliyatini tiklash niyatida.

5. Ansu Fati - 80 mln. yevro (2020)

Fati 16 yosh va 304 kunlik chog‘ida «Barselona» safidagi ilk golini urgan va bo‘lajak Messi maqomini olgandi. Lekin tez orada jiddiy jarohatga yo‘liqib, mavsumni maydon tashqarisida o‘tkazishga majbur bo‘ldi. Ispaniyalik vinger hanuzgacha tizzasidagi shikastlanishdan qutula olgani yo‘q, «Brayton»­dagi ijara kutilgan natijani bermadi. Biroq endi Ansu bilan Xansi Flik shug‘ullanmoqda - imkoniyat bor.

4. Jud Bellingem - 80 mln. yevro (2022)

Sancho bilan erishilgan muvaffaqiyatdan keyin, dort­mundliklar Angliyada manfaatli transferni amalga oshirish mumkinligini tushunishdi va Birmingemdan 16 yoshli Bellingemni xarid qilishdi. 18 yoshida 80 mln.ga baholangan futbolchi Germaniyada barcha mavjud sovrinlarni qo‘lga kiritib, o‘tgan yil yozida 103 mln. yevro evaziga «Real»ga yo‘l oldi. «Borussiya» esa yaxshigina daromadga ega bo‘ldi. Jud esa La Liga va YECHLda zafar quchib, madridlik muxlislar yoqimtoyiga aylandi. Qizig‘i shundaki, futbolchi yaqinda 21ga chiqdi, lekin anchadan beri tajribali faxriylardek to‘p surmoqda.

3. Gavi - 90 mln. yevro (2022)

La Masiya bitiruvchisi Pedrining ideal sherigiga aylanib, Golden Boy mukofotiga sazovor bo‘lgandi. Yaqinda 20 yoshli o‘yinchi jarohatidan forig‘ bo‘lib, yangi parvozlarga tayyor turibdi. Gavi - Pedri juftligi Xavi - Inyesta duetini eslatadi.

2. Kilian Mbappe - 90 mln. yevro (2018)

Mbappe «Real»dagi yangi «galaktikos» vakillaridan biri. U 2018 yilda «Monako»dan «PSJ»ga o‘tganida fantastik o‘yinlarni namoyish etgandi. Kilian ikki marta JCHlari finallarida ishtirok etdi, Xorvatiyani mahv etib, Argentinaga qarshi bahsda xet-trikka erishdi. So‘nggi oylar Mbappe uchun voqealarga boy tarzda o‘tmoqda - «Real»ga o‘tishi, «PSJ» rahbariyati bilan mojarolar va tungi klublar tufayli yuzaga kelgan muammolar. Kilianning «kumiri» Ronaldu ham maydon tashqarisida shunga o‘xshash ko‘ngilsiz voqealarga duch kelgandi. Fransuz faoliyatidagi chalkashliklar nimaga olib borishini vaqt ko‘rsatadi.

1. Lamin Yamal - 150 mln. yevro (2024)

Agar siz 2018 yilda bizga futbol olamida Mbappedan ikki baravar qimmatroqqa baholanadigan yangi o‘smir paydo bo‘ladi deganingizda, ko‘pchilik bu xabarni kulgi bilan qarshi olgan bo‘lardi. Lekin o‘ta noyob iqtidor sohibi bo‘lmish o‘quvchi eshikni bir tepib, futbol olamiga tashrif buyurdi va Yevropa chempioni unvonini olishga ham ulgurdi. 18 yoshga chiqqunga qadar Lamin Ispaniya terma jamoasi tarkibida 17ta, «Barselona» safida 62ta uchrashuvda maydonga tushgandi. Endi siz Yamalning yana 15 yil shunday sur’atda to‘p surishini ko‘z oldingizga keltirishga urinib ko‘ring.

A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси

Kiritildi: 12.01.2025 22:45. O'qildi: 7053 marta.

← Klub xabarlari

APL

№ Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulxem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenxem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverxempton 38 20

ECHL

- Guruhi

№ Jamoa O' O

Evropa ligasi

E - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Man. Yunayted 0 0
2 Omoniya 0 0
3 Real Sosyedad 0 0
4 Sherif 0 0

O‘rtoqlik uchrashuvi

1-tur
20.01.2017
18:00 Lokomotiv
0:0
Zenit S-Pb
27.05.2017
18:30 O‘zbekiston U21
3:4
Rossiya U21

Angliya kubogi

Nimchorak final
09.02.2021
22:30 Byornli
0:2
Bornmut
10.02.2021
00:30 Man. Yunayted
1:0
Vest Xem
22:30 Suonsi Siti
1:3
Manchester Siti
11.02.2021
00:30 Lester
1:0
Brayton
00:30 Sheffild Yunayted
1:0
Bristol Siti
01:15 Everton
5:4
Tottenxem
22:30 Vulverxempton
0:2
Sautgempton
12.02.2021
01:00 Barnsli
0:1
Chelsi
Chorak final
20.03.2021
17:15 Bornmut
0:3
Sautgempton
22:30 Everton
0:2
Manchester Siti
21.03.2021
18:30 Chelsi
2:0
Sheffild Yunayted
22:00 Lester
3:1
Man. Yunayted
Yarim final
17.04.2021
21:30 Chelsi
1:0
Manchester Siti
18.04.2021
22:30 Lester
1:0
Sautgempton
Final
15.05.2021
21:30 Chelsi
0:1
Lester

International Champions Cup

№ Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenxem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

Angliya superkubogi

№ Jamoa O' O
1 Liverpul 1 1
2 Manchester Siti 1 1

UYEFA Superkubogi

№ Jamoa O' O
1 Bavariya 1 3
2 Sevilya 1 0

Angliya liga kubogi

Chorak final
22.12.2020
22:30 Brentford
1:0
Nyukasl
23.12.2020
01:00 Arsenal
1:4
Manchester Siti
22:30 Stok Siti
1:3
Tottenxem
24.12.2020
01:00 Everton
0:2
Man. Yunayted
Yarim final
06.01.2021
00:45 Tottenxem
2:0
Brentford
07.01.2021
00:45 Man. Yunayted
0:2
Manchester Siti
Final
25.04.2021
20:30 Manchester Siti
1:0
Tottenxem

So'nggi uchrashuv

24.05.2026. APL. 38-tur.
20:00
Brayton
0-3
Man. Yunayted

Navbatdagi uchrashuv

Uchrashuv qayd etilmagan!

JAMOA TARKIBI