Inter

STD.UZ/INTER

Inter

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Tyuram - "Inter"ning samarali transfer namunasi

Tyuram - "Inter"ning samarali transfer namunasi

Yuksak saviyali futbolchini erkin agent sifatida o‘z tarkibiga qo‘shib olish, keyin uning transfer qiymatini oshirish uchun ziyraklik talab etiladi.

«Neradzurri» shunday fazilatga ega jamoa - moliyaviy muammolar tufayli xaridlarga katta mablag‘ sarflay olmaydi va asosiy e’tiborini erkin agentlar bozoriga qaratadi. Shartnoma muddati tugab qolgan top-o‘yinchi topilsa, rahbariyat darhol ishga kirishadi va o‘sha futbolchining jamoasi bilan muzokara boshlaydi. «Napoli»da zerikib qolgan polshalik Pyotr Zelinskini «Neradzurri» shu yo‘sinda xarid qildi. Undan avvalroq Markus Tyuram ilib olingandi - «Borussiya Myonxengladbax» bilan xayrlashgan fransiyalik hujumchi Milanga yo‘l olgandi.

Lekin Markusning Italiya grandida amalga oshirgan sakrashi muhimroq. «Borussiya»dan u shunchaki, yaxshi oiladan chiqqan va 2022|23 yillar mavsumida Germaniya-dagi eng yaxshi (30ta o‘yinda 13ta gol va 6ta assist) natijaga erishgan mahoratli futbolchi maqomida yo‘l olgandi. «Inter»da u barchaga ibrat bo‘ladigan pleymeykerga aylandi va hujumchi Lautaro Martines bilan til topishib oldi. O‘tgan mavsumda yangi jamoasiga «A» Seriyada 26 (13}13) ball tortiq etgan fransuz, joriy mavsumda rekord sari intilmoqda - 15ta o‘yinda 11ta gol va 6ta assist. Tyuram o‘zining so‘nggi aniq zarbasini Rimda, «Lasio»ga qarshi fantastik bahsning (6:0) 90-daqiqasida amalga oshirdi.

«Inter» Markusni tekinga o‘z safiga qo‘shib oldi, lekin uning transfer qiymatini 32 mln. yevrodan 60 mln.ga ko‘tarib qo‘ydi.

«Neradzurri» hanuzgacha YECHLda favorit bo‘lishmadi

2028 yilgacha mo‘ljallangan kelishuv, yuksak ko‘rsatkichlar, yetakchilik maqomi - klub uchun Tyuram bilan xayrlashishdan hech qanday naf yo‘q. Biroq Markusning o‘zi o‘ylab ko‘rishi lozim. «Inter» «A» Seriyada top darajasiga ko‘tarilib oldi, Skudettoni qo‘lga kiritish imkoniyati katta. Ayniqsa, «Yuve»dagi qayta qurish, «Milan»dagi inqiroz va boshqa da’vogarlardagi beqarorlikni inobatga olganda.

Lekin YECHLda cho‘qqi zabt etilgani yo‘q. Eng nufuzli yevrokubok turnirida «Neradzurri» faqat 2022|23 yillar mavsumida jamoa finalgacha yetib borgandi. Biroq keyingi mavsumda bo‘lib o‘tgan «Atletiko»ga qarshi bahs «Inter» aynan shu bosqichda muammolarga duch kelishini isbotladi.

«Eng zo‘r» - «yaxshi»ning dushmani» iborasi bejiz emas. Top-klubni boshqasiga almashtirgan futbolchi hech narsasiz qolishi mumkin. Lekin Tyuramga bo‘lgan talab juda kuchli - uni qishda o‘z safiga qo‘shib olish niyatidagilar yetarli. YECHLda g‘olib chiqishni istagan jamoa undan foydalanishi shart.

«Real» yevrokuboklar kafili edi - Mbappe bilan hammasi o‘zgardi

Ha, aynan so‘nggi yillardagi «Qirollik klubi» YECHLda g‘alabaga kafolat bera oladigan jamoa bo‘lib qoldi. Oxirgi 3 mavsumda 2ta, oxirgi 8 mavsumda 5ta final va hammasida g‘alaba. Raqibi «Yuve»mi, «Atletiko» yoki «Borussiya D.»mi, farqi yo‘q. Qo‘shimchasiga, qo‘mondonlik tizgini jamoa ruhiyatini mukammal his etadigan Karlo Anchelotti qo‘lida.

Faqat hozir «Real» o‘ta beqaror davrni boshdan kechirmoqda. Birdaniga bir necha noxush voqealar ro‘y berdi. Mbappening tarkibga qo‘shilishi kutilganidek madridliklar uchun o‘ta og‘ir sinovga aylanib qoldi. Kilian esa butun jamoa uning atrofida saf tortishini xush ko‘radigan futbolchi. Bitta xarid butun bir jamoani ostin-ustun qilib yubordi. To‘g‘ri, so‘nggi paytlarda ishlar yurishib ketdi - yetakchilar jonlanib qolishdi, natijalar kela boshladi.

Bundan tashqari, klub mutasaddilari oldida murabbiyni almashtirish vazifasi ham kutmoqda. Anchelotti Madridda uzoq vaqt mehnat qildi. Hozir qayta qurish jarayoni nihoyasiga yetmoqda, jamoa mustahkam negizga ega, ostonada navqiron va izzattalab Xabi Alonso kutmoqda. Florentino Peres kabi, «Karlo ota» ham ishni cho‘zmaslik kerakligini yaxshi tushunib turibdi. Mazkur o‘zgarishlar yaqin kelajakda nimalarga olib kelishi ma’lum emas.

«Barsa» porloq kelajak va Levandovskiga o‘rinbosarni orzu qiladi

Kataloniyaliklar mavsumni ajoyib start bilan boshladilar - Flik futboliga ishongan holda raqiblarini yanchib tashladilar. O‘sha bosqichda Robert Levandovski ikkinchi navqironligiga qaytdi, Yamal va Rafinya undan ortda qolmaslikka intilishdi. Lekin polshalik faxriyning holati o‘yinida yaqqol sezilib turdi - 36 yoshli hujumchi yuksak sport formasini saqlab qolishga qiynalmoqda, unga o‘rindosh topish lozim.

Tyuram - oldingi chiziqdagi universal ijrochi - hujumni o‘zi samarali yakunlashi yoki jamoadoshini qulay vaziyatga olib chiqishi mumkin. O‘ta hujumkor «Barselona» uchun bu muhim ahamiyatga ega.

Bundan tashqari, Markusning otasi Lilian Tyuram 2 yil Kataloniya grandi sharafini himoya qilgan. Agar kichik Tyuram ham keladigan bo‘lsa, otadan meros bo‘lmish shonli tarixga yangi sahifalarni bitib, ikkinchi avlod qahramoni bo‘ladi.

«Liverpul»da to‘purar bor, lekin chinakam top-hujumchi yo‘q

Mersisaydliklar Slot rahbarligida yanada yorqin o‘yin ko‘rsatishmoqda va turnir jadvalini boshqarib borishmoqda. Jarohatlar girdobiga tushib qolgan «Arsenal» asta-sekin o‘z o‘yinini topib oldi, «Manchester Siti» hanuzgacha o‘zini tiklay olmayapti, «Chelsi»ga esa tajriba kamlik qilmoqda, «qizillar» shaxdam qadamlar bilan shohsupaga intilishmoqda.

Biroq bu jamoada muammolar yo‘q, degani emas. Ayniqsa, oldingi chiziqda. Mavsum startida murabbiy sog‘-lom Nunyesdan foydalanish o‘rniga, Diogu Jota yoki Luis Diasni maydonga tushirgani bunga misol bo‘la oladi. Jota va Dias - vingerlar. Muammo Darvinning samarador emasligida. Urugvaylik futbolchi hujumni yakunlash vazifasini uddalay olmayapti. Natijada bu yumushni o‘z zimmasiga olgan Muhammad Saloh hozir 15ta gol bilan APL to‘purarlari ro‘yxatida peshqadamlik qilmoqda. Dias hisobiga 7ta, Jota hisobida 3ta gol bor.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, «qizillar»ning yakuniy bosqichdagi holati Salohning sport formasi bilan bog‘liq. Firmino va Mane bilan Muhammad hujumkor trioni tashkil etishgandi. Hozir «Liverpul»ga shunday hamjihatlikda to‘p suradigan hujumchi kerak. Tyuramning juda mos ekanligini hatto Yurgen Klopp ham yaxshi bilardi.

Nima bo‘lganda ham, eng muhimi, «Inter»ning roziligini olish. Chempion sovrinni qo‘lga kiritishda salmoqli hissa qo‘shgan futbolchini qo‘yib yuborishi juda qiyin.

S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси

Kiritildi: 03.01.2025 10:01. O'qildi: 1373 marta.

← Klub xabarlari

«A» Seriya

№ Jamoa O' O
1 Inter 38 87
2 Napoli 38 76
3 Roma 38 73
4 Komo 38 71
5 Milan 38 70
6 Yuventus 38 69
7 Atalanta 38 59
8 Bolonya 38 56
9 Lasio 38 54
10 Udineze 38 50
11 Sassuolo 38 49
12 Parma 38 45
13 Torino 38 45
14 Kalyari 38 43
15 Fiorentina 38 42
16 Jenoa 38 41
17 Lechche 38 38
18 Kremoneze 38 34
19 Verona 38 21
20 Piza 38 18

ECHL

A - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Arsenal 8 24
2 Bavariya 8 21
3 Liverpul 8 18
4 Tottenxem 8 17
5 Barselona 8 16
6 Chelsi 8 16
7 Sporting 8 16
8 Manchester Siti 8 16
9 Real Madrid 8 15
10 Inter 8 15
11 PSJ 8 14
12 Nyukasl 8 14
13 Yuventus 8 13
14 Atletiko 8 13
15 Atalanta 8 13
16 Bayer 8 12
17 Borussiya D 8 11
18 Olimpiakos 8 11
19 Bryugge 8 10
20 Galatasaroy 8 10
21 Monako 8 10
22 Qorabog‘ 8 10
23 Bude-Glimt 8 9
24 Benfika 8 9
25 Marsel 8 9
26 Pafos 8 9
27 Yunion 8 9
28 PSV 8 8
29 Atletik Bilbao 8 8
30 Napoli 8 8
31 Kopengagen 8 8
32 Ayaks 8 6
33 Ayntraxt F 8 4
34 Slaviya 8 3
35 Vilyarreal 8 1
36 Qayrat 8 1

Evropa ligasi

- Guruhi

№ Jamoa O' O

Klublar o‘rtasida JCh

E - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Inter 3 7
2 Monterrey 3 5
3 River Pleyt 3 4
4 Urava Reds 3 0

Italiya kubogi

Nimchorak final
13.01.2021
00:45 Milan
0:0
Torino
19:00 Fiorentina
1:2
Inter
21:45 Napoli
3:2
Empoli
14.01.2021
00:45 Yuventus
3:2
Jenoa
21:30 Sassuolo
0:2
SPAL
15.01.2021
01:15 Atalanta
3:1
Kalyari
20.01.2021
01:15 Roma
2:4
Spesiya
22.01.2021
01:15 Lasio
2:1
Parma
Chorak final
27.01.2021
00:45 Inter
2:1
Milan
21:45 Atalanta
3:2
Lasio
28.01.2021
00:45 Yuventus
4:0
SPAL
29.01.2021
01:00 Napoli
4:2
Spesiya
Yarim final
03.02.2021
00:45 Inter
1:2
Yuventus
04.02.2021
00:45 Napoli
0:0
Atalanta
10.02.2021
00:45 Yuventus
0:0
Inter
11.02.2021
00:45 Atalanta
3:1
Napoli
Final
19.05.2021
23:59 Atalanta
1:2
Yuventus

International Champions Cup

№ Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenxem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

So'nggi uchrashuv

23.05.2026. «A» Seriya. 38-tur.
21:00
Bolonya
3-3
Inter

Navbatdagi uchrashuv

Uchrashuv qayd etilmagan!

JAMOA TARKIBI