Inter

STD.UZ/INTER

Inter

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Yashil maydon «robotlari»

Yashil maydon «robotlari»

Taqvimning tig‘izligi va sermashaqqat o‘yinlar jadvali zamonaviy futboldagi eng dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolmoqda.

Bu esa futbolchilarning charchab qolishlariga, jarohatlarga sabab bo‘lmoqda. 2023 yilda Yevropada yirik musobaqalar o‘tkazilmagan bo‘lsada, top,ligalar beshligida 50 nafardan ko‘proq futbolchilar klub va terma jamoa tarkibida 4500 daqiqadan ko‘proq to‘p surdilar. Ya’ni, 90 daqiqalik 50ta uchrashuvda ishtirok etdilar. Ular orasida chayirlik bo‘yicha po‘latdan qolishmaydigan «robot» o‘yinchilar ham bor.

10. EDERSON («Manchester Siti» va Braziliya t.j.) - 5175 daqiqa, 58ta uchrashuv

«Siti» kamdan-kam hollarda asosiy darvozabonisiz maydonga tushadi. 2023 yilda Ederson APL doirasidagi 40ta uchrashuvning 36tasida «shaharliklar» sharafini himoya qildi. Joriy mavsumning birorta bellashuvini o‘tkazib yubormadi. Shuningdek, yil boshidan beri YECHLning pley-off bosqichida to‘liq to‘p surdi, nufuzli sovrinni qo‘lga kiritdi va Angliya Kubogi turniridagi «Bristol Siti»ga qarshi bahsda jarohat olgan kasbdoshi Ortega o‘rnida 45 daqiqa to‘p surdi.

9. Brian KRISTANTE («Roma» va Italiya t.j.) - 5230 daqiqa, 65ta uchrashuv

«Bo‘rilar» yarim himoyachisi o‘tgan mavsumda YELning barcha o‘yinlarida ishtirok etib, finalgacha yetib borgan, jumladan, 120 daqiqalik bellashuvlarda ham to‘p surgandi. 2023 yil hisobidan, «A» seriyasining 38ta uchrashuvida (17tasi joriy mavsumda) to‘p surdi. Bundan tash­qari, «Skuadra Adzurra» safida Yevro-2024ning saralash bosqichi va ML o‘yinlarida 9 marta maydonga tushdi.

8. Franchesko ACHERBI («Inter» va Italiya t.j.) - 5236 daqiqa, 62ta uchrashuv

«Robotlar» ro‘yxatidagi eng yoshi ulug‘ futbolchi. 35 yoshli Acherbi o‘ziga xos ajoyib marafonni namoyish etdi. O‘tgan mavsumda «Lasio»dan ijaraga berilgan faxriy 49 marta (35tasi 2023 yilda) maydonga tushdi. Shuningdek, 2022|23 yillar mavsumidagi YECHL turnirining pley-off bosqichida to‘liq to‘p surdi. O‘tgan yil iyulida Acherbi «neradzurri»ning to‘la qonli o‘yinchisiga aylandi va boshlag‘ich tarkibdagi 20ta o‘yinda deyarli to‘liq o‘ynadi. YECHL doirasidagi «Real Sosyedad»ga qarshi bellashuvni 14 daqiqa barvaqt tark etganidan tash­qari, albatta.

7. Federiko VALVERDE («Real» va Urugvay t.j.) - 5317 daqiqa, 67ta uchrashuv

Jarohatlar rosa avjiga chiqib, hech kimni ayamay qolgan pallada, «qirollik klubi»ning suyangan tog‘iga aylangan eng ishonchli va barqaror o‘yinchi. Valverde joriy mavsumdagi 18ta o‘yinda ishtirok etdi, 12tasida to‘liq to‘p surdi. Umuman olganda, klub va terma jamoa miqyosidagi 7ta turnirda Federiko o‘zining universalligi va fidoyiligi evaziga barcha pozisiyalarda samarali to‘p surdi. Jumladan, 2023 yilda u «Real»ning YECHLdagi o‘yinlarida va Urugvay terma jamoasining JCH-2026 saralash bosqichida maydonga tushdi.

6. RODRI («Manchester Siti» va Ispaniya t.j.) - 5414 daqiqa, 66ta uchrashuv

Xosep Gvardiolaning yetakchi yarim himoyachisi joriy mavsumdagi 5 xil turli musobaqalarda 24ta uchrashuvda (18tasi to‘liq) maydonga tushdi, 5ta gol va 6ta assistni rasmiylashtirdi. Shuningdek, o‘tgan mavsumdagi YECHL pley-off bosqichida 7ta bellashuvda ishtirok etdi. Bundan tashqari, o‘tgan yili 9 marta Ispaniya terma jamoasi sharafini himoya qildi.

5. Nemanya GUDEL («Sevilya» va Serbiya t.j.) - 5420 daqiqa, 64ta uchrashuv

O‘tgan yili Nemanya «Sevilya» bilan 5ta turli musobaqalarda ishtirok etdi. Shuningdek, Serbiya terma jamoasining Yevro-2024 saralash bosqichidagi 10ta o‘yinidan 8tasida maydonga tushdi. Shu tariqa Gudel Yevropaning eng barqaror o‘yinchilaridan biriga aylanib, La Liganing 36ta bellashuvida «Sevilya» tarkibida to‘p surdi.

4. Manuel AKANJI («Manchester Siti» va Shveysariya t.j.) - 5434 daqiqa, 68ta uchrashuv

2022|23 yillar mavsumi arafasida Manchesterga kelgan futbolchi qisqa vaqt ichida «shaharliklar»ning asosiy o‘yinchilari safiga ko‘tarildi va barcha turnirlardagi 72ta bellashuvda to‘p surdi. Jumladan, o‘tgan yilda 7ta musobaqada ishtirok etib, 5tasida zafar quchdi. Xalqaro arenada esa Akanji Shveysariya termasining Yevro-2024 saralashi doirasidagi 9ta o‘yinda to‘liq o‘ynadi.

3. Deklan RAYS («Arsenal» va Angliya t.j.) - 5437 daqiqa, 65ta uchrashuv

«To‘pchilar» safiga 105 mln. funtli rekord transfer evaziga qo‘shilgan Deklan o‘ta qisqa vaqt ichida muvaffaqiyatga burkandi, 4ta turnirda 27 marta maydonga tushdi. Bularning 19tasida u to‘liq to‘p surdi. Mazkur natija Raysning o‘tgan mavsum ikkinchi yarmidagi «Vest Xem» tarkibida o‘tkazgan 29ta o‘yiniga qo‘shimcha bo‘ldi. O‘shanda «bolg‘achilar» YEL turnirida g‘olib chiqishgandi. Deklan shuningdek, Angliya termasi bilan 9 marta maydonga tushdi: 8 marta Yevro-2024 saralash bosqichida va Shotlandiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida.

2. Antonio RYUDIGER («Real» va Germaniya t.j.) - 5514 daqiqa, 67ta uchrashuv

Bundestimning 30 yoshli himoyachisi «qirollik klubi» himoya chizig‘ining yuragi hisoblanadi. O‘tgan mavsumda u YECHL pley-off bosqichidagi barcha bellashuvlarda, joriy mavsumda esa guruh bosqichi o‘yinlarida to‘liq ishtirok etdi. Faqat «Union»ga qarshi bellashuvda zaxiradan maydonga tushdi. Shuningdek, Ryudiger Germaniya termasi tarkibida 9 marta maydonga tushib, barcha o‘yinlarni to‘liq o‘tkazdi.

1. Brunu FERNANDESH («MYU» va Portugaliya t.j.) - 6288 daqiqa, 72ta uchrashuv

Nihoyat, top-5 ligalaridagi peshqadam «robot». Nima uchun u asabiy, o‘zini tuta olmaydigan va bu uchun ko‘p tanqidlarga duch keladigan yigit ekanligi endi tushunarli. Portugaliyalik futbolchi butun vujudi bilan ishga ko‘milgan. Charchoq alomatlari jarohatlarda emas, maydondagi asabiy holatlarda namoyon bo‘ladi. Joriy mavsumda futbolchi «qizil iblislar»ning 27ta uchrashuvidan 25tasida maydonga tushdi, 23ta o‘yinda to‘liq to‘p surdi. Jumladan, APL doirasida 18 marta ishtirok etdi, bitta o‘yinni diskvalifikasiya tufayli o‘tkazib yubordi. YECHL guruh bosqichidagi barcha bellashuvlarda ham Brunu to‘liq qatnashdi va turli musobaqalarda 5ta gol va shuncha assistni o‘z hisobiga yozib qo‘ydi. Albatta, Fernandesh Portugaliya termasining Yevro-2024 saralash bosqichidagi o‘yinlarda ham faol ishtirok etib, 6ta gol va 7ta samarali uzatmani amalga oshirdi.

S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси

Kiritildi: 07.02.2024 23:41. O'qildi: 2570 marta.

← Klub xabarlari

«A» Seriya

№ Jamoa O' O
1 Inter 38 87
2 Napoli 38 76
3 Roma 38 73
4 Komo 38 71
5 Milan 38 70
6 Yuventus 38 69
7 Atalanta 38 59
8 Bolonya 38 56
9 Lasio 38 54
10 Udineze 38 50
11 Sassuolo 38 49
12 Parma 38 45
13 Torino 38 45
14 Kalyari 38 43
15 Fiorentina 38 42
16 Jenoa 38 41
17 Lechche 38 38
18 Kremoneze 38 34
19 Verona 38 21
20 Piza 38 18

ECHL

A - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Arsenal 8 24
2 Bavariya 8 21
3 Liverpul 8 18
4 Tottenxem 8 17
5 Barselona 8 16
6 Chelsi 8 16
7 Sporting 8 16
8 Manchester Siti 8 16
9 Real Madrid 8 15
10 Inter 8 15
11 PSJ 8 14
12 Nyukasl 8 14
13 Yuventus 8 13
14 Atletiko 8 13
15 Atalanta 8 13
16 Bayer 8 12
17 Borussiya D 8 11
18 Olimpiakos 8 11
19 Bryugge 8 10
20 Galatasaroy 8 10
21 Monako 8 10
22 Qorabog‘ 8 10
23 Bude-Glimt 8 9
24 Benfika 8 9
25 Marsel 8 9
26 Pafos 8 9
27 Yunion 8 9
28 PSV 8 8
29 Atletik Bilbao 8 8
30 Napoli 8 8
31 Kopengagen 8 8
32 Ayaks 8 6
33 Ayntraxt F 8 4
34 Slaviya 8 3
35 Vilyarreal 8 1
36 Qayrat 8 1

Evropa ligasi

- Guruhi

№ Jamoa O' O

Klublar o‘rtasida JCh

E - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Inter 3 7
2 Monterrey 3 5
3 River Pleyt 3 4
4 Urava Reds 3 0

Italiya kubogi

Nimchorak final
13.01.2021
00:45 Milan
0:0
Torino
19:00 Fiorentina
1:2
Inter
21:45 Napoli
3:2
Empoli
14.01.2021
00:45 Yuventus
3:2
Jenoa
21:30 Sassuolo
0:2
SPAL
15.01.2021
01:15 Atalanta
3:1
Kalyari
20.01.2021
01:15 Roma
2:4
Spesiya
22.01.2021
01:15 Lasio
2:1
Parma
Chorak final
27.01.2021
00:45 Inter
2:1
Milan
21:45 Atalanta
3:2
Lasio
28.01.2021
00:45 Yuventus
4:0
SPAL
29.01.2021
01:00 Napoli
4:2
Spesiya
Yarim final
03.02.2021
00:45 Inter
1:2
Yuventus
04.02.2021
00:45 Napoli
0:0
Atalanta
10.02.2021
00:45 Yuventus
0:0
Inter
11.02.2021
00:45 Atalanta
3:1
Napoli
Final
19.05.2021
23:59 Atalanta
1:2
Yuventus

International Champions Cup

№ Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenxem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

So'nggi uchrashuv

23.05.2026. «A» Seriya. 38-tur.
21:00
Bolonya
3-3
Inter

Navbatdagi uchrashuv

Uchrashuv qayd etilmagan!

JAMOA TARKIBI