Inter

STD.UZ/INTER

Inter

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

«Inter» - Inzagi ittifoqi

«Inter» - Inzagi ittifoqi

Simone Inzagi o‘tgan mavsumning kattagina qismida «igna ustida o‘tirgan»dek bo‘ldi.

Bunda hech mubolag‘a yo‘q. Har holda, «Inter»ning yorqin-sermahsul o‘yinlari ortidan jiddiy pasayish kuzatildi, jamoa uzoq vaqt CHL hududiga mustahkam o‘rnasholmay yurdi. Muhimi, barcha masalalar hal qiluvchi bosqichda o‘z yechimini topdi. Yakunda «Inter» uchun qarama-qarshi taassurot qoldirgan 2022|2023 yillar mavsumi «neradzurralar»ga ertaknamo finish tuhfa etdi. Shu tariqa «igna ustida o‘tirgan» bosh murabbiy amaldagi shartnomasi muddatini 2025 yilgacha uzaytirdi.

CHL finali uchun rag‘bat va «A» seriyadagi yuksalish

Futbolda hammasi o‘zgaruvchan, ayniqsa, murabbiylarga munosabat. Simone Inzagi jamoaga chempionlikni taqdim etgan Antonio Konte o‘rnini egallagandi. «Inter» yangi ustoz rahbarligida mavsum-2021|2022ni ajoyib tarz­da o‘tkazdi. Biroq keyingisida shu qadar sustlashdiki, anchagacha 6-8-o‘rinlardan ko‘tarilolmay, kuchli beshlikdan chetda qoldi. Faqat kuzgi ishonchli yevrokubok o‘yinlari («pley-off» yo‘llanmasi qo‘lga kiritildi) va «A» seriyada CHL hududiga chiqib olganidan keyin jamoa qishda ham muvaffaqiyatli seriya qayd etdi. Biroq «neradzurralar» mart oyidan o‘z o‘yinlarini yo‘qotib qo‘yishdi va 6ta uchrashuvdan atigi 1tasida g‘alabaga erishishdi. Oqibatda murabbiy iste’fo tahdidi ostida qoldi. Noxush holatga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida jamoa oldiga muayyan vazifalar qo‘yildi - nufuzli turnir chorak finalida «Benfika»ni mahv etish, ichki chempionatda talab darajasida to‘p surish. Klub va muxlislar baxtiga, Romelu Lukaku safga qaytdi, jamoada yakdillik va uyushqoqlik tiklandi. Shu tariqa «Inter» derbiga aylangan CHL yarim finalida «Mi­lan»ni nufuzli musobaqadan chiqarib yubordi, «A» seriyada esa «Yuventus»ga qarshi qo‘llanilgan sanksiyalar tufayli yetakchi uchlikdan joy oldi.

Simone talablari jamoa uchun tushunarli

Italiyaliklarga xos pragmatik futbol uchun «Inter»ni sevish ham, yoqtirmaslik ham mumkin. Lekin Inzagi jamoasida alohida belgilari borligini tan olmaslikning iloji yo‘q. «Neradzurralar» guruh bosqichidayoq «Barselona»ni YELga tushirib yuborishdi. Vaholanki, Kataloniya grandi bosh favorit edi. «Inter» amalda bu raqibni mahv etdi, keyin uning g‘alaba qozonishiga imkon bermadi. Italiyaliklar jumladan, «Barsa»ning eng sermahsul hujumchisi - Robert Levandovskiga ham umuman o‘yin berishmadi. «Plef-off»da esa «Inter» Portugaliya grandlari - «Portu» va «Benfika»ni navbati bilan osongina tomoshabinlar qatoriga qo‘shib qo‘ydi. Har ikki holatda dastlabki bahsda ustunlikka erishgan jamoa javob uchrashuvida kerakli natijani ta’minladi. To‘g‘ri, raqib uslubini yaxshi anglagan «Benfika» ancha qiynab qo‘ydi italiyaliklarni. Faqat «Inter» murabbiy ko‘rsatmalarini amalga oshirishda samaraliroq o‘ynadi. Simone drujinasi yozni esa yuksak saviyada o‘tkazdi. Avvalgi mavsum yakunidan xulosa chiqarsak, endi jamoada pasayishlar kuzatilmasligini taxmin qilish mumkin. Faqat bir qator yetakchilarning boshqa klublarga ketishgani biroz xavotir uyg‘otgandi. Deylik, darvozabon Andre Onana «MYU»da o‘ynashni ixtiyor etdi, hujumchi Romelu Lukaku esa «Roma»ni tanladi. Milanliklar aslida kamerunlik kiperni belgiyalik hujumchini «Chelsi»dan qaytarish ilinjida sotishgandi. Biroq «Inter» mutasaddilari Romelu «Yuventus» bilan aloqa o‘rnatganidan xabar topishgach, muzokara jarayonini darhol to‘xtatishdi. Shuningdek, Marselo Brozovich, Milan Shkrinyar va Edin Jekoni ham tarkibda olib qolish imkoni topilmadi. Edin 37 yoshda ekanligi, Milanni esa jarohatlar rosa qiynaganini inobatga olsak, bu yo‘qotishlar unchalik alamli emas. To‘g‘ri, Brozovich taktik sxemaning asosiy ijrochilaridan biri edi. Asosiysi, Simone shu yo‘qotishlar o‘rnini vaqtida to‘ldirishga ulgurdi. Endi oldingi chiziqda Lautaro Martines yonida Marko Arnautovich yoki Markus Tyuram to‘p suradi. Afsonaviy Lilianning o‘g‘li otasi kabi iqtidorli, u jamoa safiga erkin agent maqomida qo‘shildi - tekin transfer. Darvozani esa Yan Zommer qo‘riqlamoqda - tajribali kiper bahorda «Bavariya»da jarohatlangan Manuel Noyer o‘rnini egallagandi. Himoya markazida Benjamen Pavar, Yan Bissek va Franchesko Acherbi bor. Tayanch hududi uchun esa Kristian Aslani va Lyusyen Agume o‘rtasida kuchli raqobat ketmoqda. 

Navbatdagi cho‘qqilar

Bugungi «Inter»ning bosh vazifasi - YECHLda guruhdan chiqish va «A» seriyada yetakchi uchlikka kirish. Mana, joriy mavsum Milan grandlari hukm­ronligi ostida boshlandi. Ortda qolgan 8 tur yakuniga qarasak, 1-2-o‘rinlardagi «Inter» va «Milan»ni 2 ochkolik farq ajratib turibdi. Yan Zommer o‘z debyutini «quruq» o‘yinlar seriyasi bilan nishonladi, Lautaro Martines esa 10ta gol bilan to‘purarlar poygasida yetakchi bo‘lib turibdi. Tyuram ham chakki emas, fransiyalik futbolchi ayniqsa, assistentlik bobida faol. Umuman, joriy mavsum «A» seriya­da kurash ancha qizishi tayin. Agar o‘tgan yilgi mojaro takrorlanmasa, «Yuventus» skudetto uchun chang solishi muqarrar. Tarkibini ancha kuchaytirgan «Milan» ham bo‘sh kelmaydi, albatta. Shuningdek, «Atalanta», «Lasio», hattoki, «Roma»ni hisobdan chiqarmaslik kerak. Bir tomonda ko‘zlarni tobora qamashtirayotgan «Fiorentina» bor. Faqat Luchano Spallettidan «etim» qolgan «Napoli»ning qaysi yo‘nalish bo‘yicha tezlik olishi mavhum qolmoqda. Nima bo‘lgan taqdirda ham, bemalol taxmin qilish mumkinki, Inzagi shakllantirgan «Inter» faqat medallar uchun kurashadi. 

CHL mavzusiga qaytsak, «neradzurralar» o‘ta qiziqarli guruhdan joy olishdi. Deylik, «RB Zalsburg» o‘tgan yili «Chelsi» va «Milan»ni ancha dovdiratib qo‘ygandi, «PSJ» bilan tengma-teng o‘ynagan va chorak finalga yetib borgan, murabbiyini saqlab qolgan «Benfika» ham yaxshi tanish. Faqat «Real Sosye­dad»gina «Inter» uchun nisbatan mavhum raqib edi. Eks­pertlar turnir startidan oldin bu jamoa «neradzurralar» va «burgutlar»ga bas kelolmasligini baralla aytishdi. Amalda 2-turdan keyin kvartet turnir jadvalida «Inter» va aynan «Real Sosyedad» yetakchilik qilmoqda 4tadan ochko olgan holda. Umuman, Simone Inzagi shogirdlarining boshlang‘ich vazifalari - «pley-off» yo‘llanmasini qo‘lga kiritish. Darvoqe, «Inter» CHLga 20 sentyabr oqshomi San-Sebastyanda «Real Sosyedad»ga qarshi o‘yin bilan kirishdi va ortga 1 ochko bilan qaytdi. «Neradzurralar» ke­yin o‘z maydonlarida «Benfika»ni Markus Tyuramning yagona goli evaziga dog‘da qoldirishdi. Inzagi jamoasini endi oldinda «RB Zalsburg» bilan uy o‘yini kutmoqda. Oddiy aytganda, «Inter»ning turnirdagi istiqboli chakki emas...

FILIPPO INZAGI - «SALERNITANA» BOSH MURABBIYI

Darvoqe, Simonening akasi Filippo Inzagi yaqinda «Salernitana» bosh murabbiyi lavozimida ish boshladi. 50 yoshli mutaxassis jamoada iste’foga chiqarilgan Paulu Souza o‘rnini egalladi. «Salernitana» «A» seriyaning 8-turidan keyin atigi 3 ochko (3ta durang va 5ta mag‘lubiyat) bilan turnir jadvali 19-pog‘onasida bormoqda. «Milan» tarixidagi eng yaxshi to‘purarlardan biri bunga qadar «Redjina»ni boshqargandi. Asosiysi, «A» seriya ixlosmand­lari endi aka-uka Inzagilar dueliga guvoh bo‘lishlari mumkin.

S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси

Kiritildi: 23.10.2023 23:59. O'qildi: 1404 marta.

← Klub xabarlari

«A» Seriya

№ Jamoa O' O
1 Inter 38 87
2 Napoli 38 76
3 Roma 38 73
4 Komo 38 71
5 Milan 38 70
6 Yuventus 38 69
7 Atalanta 38 59
8 Bolonya 38 56
9 Lasio 38 54
10 Udineze 38 50
11 Sassuolo 38 49
12 Parma 38 45
13 Torino 38 45
14 Kalyari 38 43
15 Fiorentina 38 42
16 Jenoa 38 41
17 Lechche 38 38
18 Kremoneze 38 34
19 Verona 38 21
20 Piza 38 18

ECHL

A - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Arsenal 8 24
2 Bavariya 8 21
3 Liverpul 8 18
4 Tottenxem 8 17
5 Barselona 8 16
6 Chelsi 8 16
7 Sporting 8 16
8 Manchester Siti 8 16
9 Real Madrid 8 15
10 Inter 8 15
11 PSJ 8 14
12 Nyukasl 8 14
13 Yuventus 8 13
14 Atletiko 8 13
15 Atalanta 8 13
16 Bayer 8 12
17 Borussiya D 8 11
18 Olimpiakos 8 11
19 Bryugge 8 10
20 Galatasaroy 8 10
21 Monako 8 10
22 Qorabog‘ 8 10
23 Bude-Glimt 8 9
24 Benfika 8 9
25 Marsel 8 9
26 Pafos 8 9
27 Yunion 8 9
28 PSV 8 8
29 Atletik Bilbao 8 8
30 Napoli 8 8
31 Kopengagen 8 8
32 Ayaks 8 6
33 Ayntraxt F 8 4
34 Slaviya 8 3
35 Vilyarreal 8 1
36 Qayrat 8 1

Evropa ligasi

- Guruhi

№ Jamoa O' O

Klublar o‘rtasida JCh

E - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Inter 3 7
2 Monterrey 3 5
3 River Pleyt 3 4
4 Urava Reds 3 0

Italiya kubogi

Nimchorak final
13.01.2021
00:45 Milan
0:0
Torino
19:00 Fiorentina
1:2
Inter
21:45 Napoli
3:2
Empoli
14.01.2021
00:45 Yuventus
3:2
Jenoa
21:30 Sassuolo
0:2
SPAL
15.01.2021
01:15 Atalanta
3:1
Kalyari
20.01.2021
01:15 Roma
2:4
Spesiya
22.01.2021
01:15 Lasio
2:1
Parma
Chorak final
27.01.2021
00:45 Inter
2:1
Milan
21:45 Atalanta
3:2
Lasio
28.01.2021
00:45 Yuventus
4:0
SPAL
29.01.2021
01:00 Napoli
4:2
Spesiya
Yarim final
03.02.2021
00:45 Inter
1:2
Yuventus
04.02.2021
00:45 Napoli
0:0
Atalanta
10.02.2021
00:45 Yuventus
0:0
Inter
11.02.2021
00:45 Atalanta
3:1
Napoli
Final
19.05.2021
23:59 Atalanta
1:2
Yuventus

International Champions Cup

№ Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenxem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

So'nggi uchrashuv

23.05.2026. «A» Seriya. 38-tur.
21:00
Bolonya
3-3
Inter

Navbatdagi uchrashuv

Uchrashuv qayd etilmagan!

JAMOA TARKIBI