Inter

STD.UZ/INTER

Inter

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Yozda ishidan ayrilishi mumkin bo‘lgan murabbiylar – ular kam emas

Yozda ishidan ayrilishi mumkin bo‘lgan murabbiylar – ular kam emas

U yoki bu sabablarga ko‘ra klublarsiz qolishi mumkin bo‘lgan futbolchilar taqdiri ko‘pincha keng muhokama qilinadi. Ammo bunday taqdir nafaqat futbolchilar, balki murabbiylarning ham boshida bor. Ular o‘yinchilardan ko‘ra ko‘proq ishini yo‘qotadi, chunki ularga natija kerak. Ayni dam ishdan bo‘shatilish xavfi katta bo‘lgan professionallarning guruhi shakllanib qoldi. Biz ular haqida batafsilroq fikr yuritamiz.

Grem Potter («Chelsi»)

Potter bu mavsumda katta bosim ostida qoldi. Balki barcha top-klub murabbiylari orasida eng katta bosim ostidadir. «Chelsi»ning yangi xo‘jayinlari transferlar uchun katta mablag‘ ajratishmoqda. Jamoa sezilarli darajada o‘zgardi, ammo hozircha natijalar minimal.

«Ko‘klar» Chempionlar ligasining chorak finaliga qadar yetib borgan, biroq kelasi mavsumda ular umuman yevrokuboklarsiz qolishi mumkin. Premyer-liga turnir jadvalining o‘rtasidan joy olish London klubi uchun juda zaif ko‘rsatkich. Potterga ishoniladi, ammo maqbul natija bo‘lmasa, mutaxassisning «Stemford Brij»dagi faoliyati tugashi mumkin.

Brendan Rojers («Lester»)

Rojersning «Lester»dagi holati juda achinarli, garchi mutaxassis klubni muvaffaqiyatga qaytargan bo‘lsada. «Liverpul»ning sobiq ustozi «tulkilar»ga Angliya kubogi va Superkubogini olib keldi. Bular «Lester» uchun muhim sovrinlar, ammo klub endi o‘z oldiga katta maqsadlar qo‘ymaganga o‘xshamoqda.

Rahbariyat asosiy o‘yinchilarni katta pulga sotadi, ammo ularning o‘rniga teng keladiganini imzolamaydi. Yozgi transfer oynasidan so‘ng tarkib sezilarli darajada zaiflashdi, shu sababdan «tulkilar» hali ham APL turnir jadvalining ikkinchi yarmida borishmoqda. 

Antonio Konte («Tottenxem»)

Konte hozirda ishdan bo‘shatilish xavfi ostida emas, ammo u hali ham mavsum oxirida «Tottenxem»ni tark etishi mumkin. Mutaxassisning London klubi bilan shartnomasi iyun oyigacha amal qiladi va uning uzaytirilmaslik ehtimoli katta. Mish-mishlarga ko‘ra, italiyalik va «shporlar» rahbariyati birgalikda ishlashga ishtiyoq bildirmayapti.

«Tottenxem» rahbarlariga jamoaning beqarorligi yoqmaydi. Mutaxassis tarkibdan norozi va transferlar uchun pul talab qilmoqda, ammo ular amalga oshishi haqiqat emas. Bundan tashqari, Xarri Keynning kelajagi yana noaniq bo‘lib qoldi. «Shporlar» Konte bilan yaxshi mavsum boshladi, ammo vaziyat asta-sekin yomonlashmoqda.

Simone Indzagi («Inter»)

Bir tomondan, Indzagi boshchiligida «Inter» yaxshi ishlayotgandek. «Neradzurrilar» endi skudetto uchun kurashmaydi, biroq ular A Seriya turnir jadvalida 2-o‘rinni egallab, Chempionlar ligasining chorak finaliga chiqishlari mumkin. Ammo klub mutaxassisning birinchi navbatda ichki maydondagi faoliyatidan unchalik qoniqmayapti.

O‘tgan mavsumda «qora-ko‘klar» chempionlik uchun kurashda «Milan»ga yutqazgan bo‘lsa, joriy mavsumda ham ko‘p ochko yo‘qotib, «Napoli»ga kurash taklif qila olmadi. Rahbariyat barqarorlik yo‘qligidan noroziligini ochiq bildirdi, bu esa kadrlar o‘zgarishiga olib kelishi mumkin.

Diyego Simeone («Atletiko Madrid»)

«Atletiko» 2020/21 yilgi mavsum yakunida Ispaniya chempioniga aylandi. Lekin, aftidan, «matraschilar» ketma-ket ikkinchi yil sovrinlarsiz qolib ketadi. Ular haligacha kurashayotgan yagona narsa – kelasi mavsum Chempionlar ligasiga yo‘llanma olish. Katta ambisiyalarga ega klub uchun kuchsiz reja. Simeone ham buni tushunadi. Mutaxassisning kelajagi mavsum yakunida aniqlanishi ta’kidlandi.

12 yil davomida «Atletiko» argentinalik futbolchi bilan birga ko‘plab hissiy va hatto zafarli lahzalarni boshdan kechirdi, biroq tomonlar hamkorlikni qanchalik uzoq davom ettirsa, muvaffaqiyatga erishish shunchalik qiyin bo‘ladi. Ertami-kechmi Simeonening «matraschilar» bilan hikoyasi tugaydi. Ehtimol, hatto bir necha oy ichida ham bu amalga oshishi mumkin.

Kristof Galtye («PSJ»)

«PSJ» bosh murabbiyi bo‘lish juda qiyin ish. Buni Tomas Tuxel ham, Maurisio Pochettino ham his qilishgan. Endi navbat Galtyega keldi. Yulduzli futbolchilar soni ko‘p bo‘lgan jamoani boshqarish murakkab. Parijda ishlar yomonlasha boshladi. Mahalliy OAV mutaxasisga rahbariyat tomonidan bosim kuchayib borayotgani, hattoki futbolchilar ham uning taktik nuqtayi nazaridan noroziligini yozishmoqda. Hammasi shuni ko‘rsatadiki, Galtye Fransiya poytaxtida uzoq qolmaydi, ayniqsa, YECHL 1/8 finalidan chiqib ketganidan keyin.

Karlo Anchelotti («Real Madrid»)

Bir tomondan Anchelottini ishdan bo‘shatish uchun jiddiy shartlar yo‘qdek. Turg‘unlik barcha jamoalarda sodir bo‘ladi. «Real»ni chempionlik va Chempionlar Ligasidagi g‘alabadan keyin 1 mavsum kechirish mumkin. Yana bir savol - keyin nima bo‘ladi? Ispaniyada mutaxassisning transferlar yo‘qligidan noroziligini yozishmoqda. Yozda ham ular juda ko‘p emas. Transfer masalasi murabbiy va «qirollik klubi» prezidenti Florentino Peres o‘rtasidagi to‘siq bo‘lib qolishi mumkin.

Joriy mavsum yakunida «qaymoqranglilar»ga sovrinlarning yetishmasligi Anchelottini qiyin ahvolga solib qo‘yishi mumkin. Hozirgi mavsum shuni ko‘rsatadiki, jamoa har doim ham faqat irodali xususiyatlar bo‘yicha g‘alaba qozona olmaydi. Jamoa kuchayishiga muhtoj.

Kiritildi: 13.03.2023 10:30. O'qildi: 4294 marta.

← Klub xabarlari

«A» Seriya

№ Jamoa O' O
1 Inter 38 87
2 Napoli 38 76
3 Roma 38 73
4 Komo 38 71
5 Milan 38 70
6 Yuventus 38 69
7 Atalanta 38 59
8 Bolonya 38 56
9 Lasio 38 54
10 Udineze 38 50
11 Sassuolo 38 49
12 Parma 38 45
13 Torino 38 45
14 Kalyari 38 43
15 Fiorentina 38 42
16 Jenoa 38 41
17 Lechche 38 38
18 Kremoneze 38 34
19 Verona 38 21
20 Piza 38 18

ECHL

A - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Arsenal 8 24
2 Bavariya 8 21
3 Liverpul 8 18
4 Tottenxem 8 17
5 Barselona 8 16
6 Chelsi 8 16
7 Sporting 8 16
8 Manchester Siti 8 16
9 Real Madrid 8 15
10 Inter 8 15
11 PSJ 8 14
12 Nyukasl 8 14
13 Yuventus 8 13
14 Atletiko 8 13
15 Atalanta 8 13
16 Bayer 8 12
17 Borussiya D 8 11
18 Olimpiakos 8 11
19 Bryugge 8 10
20 Galatasaroy 8 10
21 Monako 8 10
22 Qorabog‘ 8 10
23 Bude-Glimt 8 9
24 Benfika 8 9
25 Marsel 8 9
26 Pafos 8 9
27 Yunion 8 9
28 PSV 8 8
29 Atletik Bilbao 8 8
30 Napoli 8 8
31 Kopengagen 8 8
32 Ayaks 8 6
33 Ayntraxt F 8 4
34 Slaviya 8 3
35 Vilyarreal 8 1
36 Qayrat 8 1

Evropa ligasi

- Guruhi

№ Jamoa O' O

Klublar o‘rtasida JCh

E - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Inter 3 7
2 Monterrey 3 5
3 River Pleyt 3 4
4 Urava Reds 3 0

Italiya kubogi

Nimchorak final
13.01.2021
00:45 Milan
0:0
Torino
19:00 Fiorentina
1:2
Inter
21:45 Napoli
3:2
Empoli
14.01.2021
00:45 Yuventus
3:2
Jenoa
21:30 Sassuolo
0:2
SPAL
15.01.2021
01:15 Atalanta
3:1
Kalyari
20.01.2021
01:15 Roma
2:4
Spesiya
22.01.2021
01:15 Lasio
2:1
Parma
Chorak final
27.01.2021
00:45 Inter
2:1
Milan
21:45 Atalanta
3:2
Lasio
28.01.2021
00:45 Yuventus
4:0
SPAL
29.01.2021
01:00 Napoli
4:2
Spesiya
Yarim final
03.02.2021
00:45 Inter
1:2
Yuventus
04.02.2021
00:45 Napoli
0:0
Atalanta
10.02.2021
00:45 Yuventus
0:0
Inter
11.02.2021
00:45 Atalanta
3:1
Napoli
Final
19.05.2021
23:59 Atalanta
1:2
Yuventus

International Champions Cup

№ Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenxem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

So'nggi uchrashuv

23.05.2026. «A» Seriya. 38-tur.
21:00
Bolonya
3-3
Inter

Navbatdagi uchrashuv

Uchrashuv qayd etilmagan!

JAMOA TARKIBI