Chelsi

STD.UZ/CHELSI

Chelsi

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Syurpriz-o‘yinchilar

Syurpriz-o‘yinchilar

APL mavsumi ortiqcha shov-shuvlarsiz odimlamoqda.

«Liverpul», «Manchester Siti» va «Arsenal» o‘tgan mavsum yakunidagidek sovrindor uchlikni band etishgan. Debyutantlar uchligi esa jadvalning so‘nggi 6 jamoasi orasida. Klublar ishtirokida e’tiborga loyiq shiddat yo‘qligi bois, alohida ijrochilar o‘yinlarini ko‘rib chiqib, kutilmagan natijalarga erishayotgan futbolchilar bilan tanishtirishni lozim topdik.

Liam Delap (hujumchi, «Ipsvich Taun»)

Bir necha yil muqaddam biz «Manchester Siti» tizimida tahsil olgan Rori Delapning o‘g‘liga jiddiy e’tibor qaratishga da’vat etgandik. Avvaliga u «Ipsvich» tarkibida atigi 2 marta maydonga tushgan bo‘lsada, uni «shaharliklar»dan 15 mln. funtga xarid qilish klub mutasaddilariga malol kelmadi. Liamning bahosi yozda 20 millionga ko‘tarilishi uning joriy mavsumdagi ishtirokiga bog‘liq.

Nima bo‘lganda ham, «Ipsvich» uchun kelishuv chakki emas. 21 yoshli hujumchi startdagi 10ta o‘yinda 5ta gol urdi. Agar jamoa elitadagi o‘rnini boy berib qo‘ymasa, bunga Liamning sermahsulligi evaziga erishgan bo‘ladi. Yosh hujumchi 4ta gol uchun 11ta zarbani amalga oshirdi va samaradorlik bo‘yicha 10tadan ko‘proq urinishlardan foydalangan futbolchilar orasida 3-natijani qayd etdi.

Tayler Dibling (yarim himoyachi, «Sautgempton»)

«Avliyolar» ham «Ipsvich» kabi mavsumni muvaffaqiyatli boshlay olmadilar. Lekin Rassel Martin jamoasida 18 yoshli Dibling ajoyib o‘yin ko‘rsatmoqda. Joriy mavsumga qadar u atigi bir marta zaxiradan maydonga tushgandi. «Sautgempton» safidagi ilk golini Tayler o‘tgan oyda «Ipsvich» darvozasiga urdi. Bundan tashqari, «MYU»ga qarshi o‘yinda jamoasi uchun penalti ishlab berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, golli vaziyatlarni yaratish bo‘yicha (7ta) Dibling - APL yetakchisi.

Jon Duran (hujumchi, «Aston Villa»)

Olli Uotkinsning o‘rinbosari bo‘lgan Duran har gal zaxiradan tushib, o‘zining mahoratini namoyish etmoqda. 20 yoshli hujumchi biror marta boshlang‘ich tarkibda tushmagan holda, APL doirasida 4ta gol urdi. Shundan 3tasi «Vest Xem», «Lester» va «Everton»ga qarshi bellashuvlar taqdirini hal qildi. Darvoqe, yosh iqtidorning «Bavariya»ga urgan goli ham YECHLda jamoasiga g‘alaba keltirdi. Jon «Villa»ni jonlantirmoqda.

Rayan Gravenberx (yarim himoyachi, «Liverpul»)

Tayanch yarim himoyachisiga ehtiyoj sezgan «Liverpul» yozda Martin Subimendiga xaridor bo‘lgandi. Biroq futbolchi «Real Sosyedad»ni tark etishni istamadi. Endi hammasi «qizillar» uchun xayrli kechayotgandek, ularga Subimendi kerak emas. Chunki Arne Slot davrida Gravenberx yangi fazilatlarini yuzaga chiqarmoqda. O‘tgan mavsumda Yurgen Klopp 22 yoshli niderlandiyalikni 12ta o‘yinda maydonga tushirgandi. Hozir u asosiy tarkib o‘yinchisi maqomida hujumkor uslub tashkilotchisi rolini ado etmoqda. U «qizillar»ning startdagi 10 o‘yinda 8ta va YECHLdagi 3ta g‘alabasiga sezilarli ulush qo‘shdi.

Raul Ximenes (hujumchi, «Fulxem»)

2022 yilning martidan 2023 yilning noyabriga qadar 33ta uchrashuvda birorta gol ura olmagan meksikalik tajribali hujumchini ko‘pchilik hisobdan chiqarib qo‘ygandi. Tabiiyki, asosiy vazifasini ado eta olmagan futbolchi uchun bu ulkan halokatga teng. O‘sha davrda Ximenes «Vulverxempton» va «Fulxem» klublari tarkibida to‘p surdi. 33 yoshli hujumchi joriy mavsumda sport formasini tiklashga muvaffaq bo‘lib, 10ta o‘yinda 4ta gol va 1ta samarali uzatmani amalga oshirdi.

Shuni ham unutmaslik kerakki, yaqin o‘tmishda Raul jiddiy sinovlarni boshdan kechirdi. 2019/2020 yillar mavsumida u chempionat doirasida 17ta golni rasmiylashtirgandi. Biroq 2020 yil noyabrida uning bosh suyagida nafaqat faoliyati, balki hayoti uchun o‘ta xavfli bo‘lgan darz paydo bo‘lgani aniqlanib, 8 oyni muolajalar bilan o‘tkazdi. Shunday ekan, Ximenesning hozirgi sermahsulligi u uchun ulkan muvaffaqiyat bilan barobar.

Riko Lyuis (himoyachi, «Manchester Siti»)

Endigina 19ga chiqqan Lyuis «shaharliklar» va Angliya terma jamoasining muhim o‘yinchisi maqomiga ko‘tarilgani yuksak ko‘rsatkich. O‘tgan mavsumda Riko atigi 8ta uchrashuvda ishtirok etgan bo‘lsa, joriy mavsum startidagi 10ta o‘yinning 9tasida maydonga tushdi. Lyuis himoya chizig‘ining ikkala qanotida ishonchli to‘p suradi, Rodri og‘ir jarohatga duch kelgan paytda tayanch yarim himoyachisi rolini ado etdi. undagi universallik fazilati klub va terma jamoaga manfaat keltirishiga shubha yo‘q.

Noni Madueke (vinger, «Chelsi»)

«Aristokratlar» tarkibida o‘z o‘rnini topish osonmas. Madueke uzoq vaqt davomida e’tibordan chetda qolib ketdi. Lekin joriy mavsum uning anoyi emasligini isbotlamoqda. YELdagi «Servett»ga qarshi bellashuvdagi (2:0) goldan keyin Noni ajoyib o‘yinlari evaziga yetakchilarning biriga aylandi. Angliya terma jamoasida debyutini nishonlagach, «Vulverxempton»ga qarshi bahsda xet-trikni rasmiylashtirdi. Keyin «Nottingem Forest» darvozasini ishg‘ol etdi. Natijada Madueke APLdagi 9ta o‘yinda 4ta golni o‘z hisobiga yozib qo‘ydi. O‘tgan mavsumda u 23 marta maydonga tushib, 5ta gol urgandi.

Antuan Semenyo (hujumchi, «Bornmut»)

O‘tgan yil yanvarida Gana terma jamoasi hujumchisini o‘z safiga qo‘shib olish «Bornmut» uchun 10 mln. funtga tushgandi. APLning dastlabki 17ta o‘yinida Antuan atigi 2 marta raqib darvozasiga yo‘l topa olgandi. Endi esa chinakamiga ochilib, shiddatkor va chaqqon merganga aylandi. Hozirga qadar hujumchi «Nottingem Forest», «Everton» va «Sautgempton» jamoalarini o‘z darvozalaridan to‘p olib chiqishga majbur etdi. Shuningdek, «Siti» ustidan qozonilgan chiroyli g‘alabada birinchi golni urdi va qudratli «Arsenal»ga qarshi bahsda raqib himoyachilarini chalg‘itish bilan g‘alabaga muhim hissa qo‘shdi.

Sodiq SOBIR tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси

Kiritildi: 12.11.2024 21:13. O'qildi: 2113 marta.

← Klub xabarlari

APL

№ Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulxem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenxem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverxempton 38 20

ECHL

A - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Arsenal 8 24
2 Bavariya 8 21
3 Liverpul 8 18
4 Tottenxem 8 17
5 Barselona 8 16
6 Chelsi 8 16
7 Sporting 8 16
8 Manchester Siti 8 16
9 Real Madrid 8 15
10 Inter 8 15
11 PSJ 8 14
12 Nyukasl 8 14
13 Yuventus 8 13
14 Atletiko 8 13
15 Atalanta 8 13
16 Bayer 8 12
17 Borussiya D 8 11
18 Olimpiakos 8 11
19 Bryugge 8 10
20 Galatasaroy 8 10
21 Monako 8 10
22 Qorabog‘ 8 10
23 Bude-Glimt 8 9
24 Benfika 8 9
25 Marsel 8 9
26 Pafos 8 9
27 Yunion 8 9
28 PSV 8 8
29 Atletik Bilbao 8 8
30 Napoli 8 8
31 Kopengagen 8 8
32 Ayaks 8 6
33 Ayntraxt F 8 4
34 Slaviya 8 3
35 Vilyarreal 8 1
36 Qayrat 8 1

Evropa ligasi

- Guruhi

№ Jamoa O' O

Klublar o‘rtasida JCh

D - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Flamengo 3 7
2 Chelsi 3 6
3 Esperans 3 3
4 Los-Anjeles 3 1

Angliya kubogi

Nimchorak final
09.02.2021
22:30 Byornli
0:2
Bornmut
10.02.2021
00:30 Man. Yunayted
1:0
Vest Xem
22:30 Suonsi Siti
1:3
Manchester Siti
11.02.2021
00:30 Lester
1:0
Brayton
00:30 Sheffild Yunayted
1:0
Bristol Siti
01:15 Everton
5:4
Tottenxem
22:30 Vulverxempton
0:2
Sautgempton
12.02.2021
01:00 Barnsli
0:1
Chelsi
Chorak final
20.03.2021
17:15 Bornmut
0:3
Sautgempton
22:30 Everton
0:2
Manchester Siti
21.03.2021
18:30 Chelsi
2:0
Sheffild Yunayted
22:00 Lester
3:1
Man. Yunayted
Yarim final
17.04.2021
21:30 Chelsi
1:0
Manchester Siti
18.04.2021
22:30 Lester
1:0
Sautgempton
Final
15.05.2021
21:30 Chelsi
0:1
Lester

International Champions Cup

№ Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenxem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

Angliya superkubogi

№ Jamoa O' O
1 Liverpul 1 1
2 Manchester Siti 1 1

UYEFA Superkubogi

№ Jamoa O' O
1 Bavariya 1 3
2 Sevilya 1 0

Angliya liga kubogi

Chorak final
22.12.2020
22:30 Brentford
1:0
Nyukasl
23.12.2020
01:00 Arsenal
1:4
Manchester Siti
22:30 Stok Siti
1:3
Tottenxem
24.12.2020
01:00 Everton
0:2
Man. Yunayted
Yarim final
06.01.2021
00:45 Tottenxem
2:0
Brentford
07.01.2021
00:45 Man. Yunayted
0:2
Manchester Siti
Final
25.04.2021
20:30 Manchester Siti
1:0
Tottenxem

So'nggi uchrashuv

24.05.2026. APL. 38-tur.
20:00
Sanderlend
2-1
Chelsi

Navbatdagi uchrashuv

Uchrashuv qayd etilmagan!

JAMOA TARKIBI