Chelsi

STD.UZ/CHELSI

Chelsi

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Palmer chindan ham zo‘rmi?

Palmer chindan ham zo‘rmi?

Sanoqli kunlar avval biz bilan xayrlashgan 2023 yilning 30 dekabrida Londonning «Chelsi» klubi Luton Taunga tashrif buyurdi.

Mazkur mitti shaharchadagi kamtarin stadion «Arsenal», «Manchester Siti» kabi grandlar asablarini «o‘ynagan, endi jiddiy sinov navbati grandlik maqomini yo‘qotib qo‘ygan «aristokratlar»ga kelgandi.

Telekameralari zamon talabiga javob bera olmaydigan darajada past o‘rnatilgan ana shu o‘yingohda «Luton» o‘ta shiddatli o‘yin namoyish etadi, ilk daqiqadayoq pressingga o‘tib, o‘z muxlislarini xushnud etishga intiladi. Ular esa suyukli jamoalarini o‘ta faollik bilan qo‘llab-quvvatlashga kirishadilar. O‘zaro sadoqat uchun jamoaga ham, ashaddiy muxlislarga kattakon rahmat! O‘yinning 26-soniyasida dastlabki pressing, birgina Palmer murosasiz tortishuvdan xoli, bu mavzuga keyinroq qaytamiz.

«Luton»ning pressingi

Shu bosim tufayli «Chelsi» muammoga duch kelmagan bo‘lsada, darvozabon Petrovich o‘ta murakkab vaziyatda to‘pni oldingi chiziqdagi Broya (Olivye Jiruni eslatadigan ajoyib hujumchi) tomon yo‘lladi. U esa to‘pni chaqqonlik bilan ilib oldi. «Luton» pressingidagi yana bir muhim jihat, Koul Palmer. Jamoa avvalo to‘pga yaqin bo‘lgan raqiblarini ta’qibga oladi, 2 nafar tayanch yarim himoyachisi esa ro‘parasidagi raqibini. Biroq muammo shundaki, «Chelsi» markazga 2 emas, 3 nafar o‘yinchini tushirgan. Mana shu vaziyatda Palmer ajoyib topqirlikni namoyish etadi. Agar u oldinga intilib, raqibning 2 markaziy himoyachisiga yaqinlashsa, boshqa raqiblari unga yaqinlashib, to‘pni xotirjam qabul qilishiga xalal berishardi. Buni oldindan his etgan Koul ortga chekinadi, raqib himoyachilari esa ta’qibni to‘xtatishadi. Chunki «Luton» hujumchisi darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqish ehtimoli ko‘payadi. «Chelsi» esa tez orada hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Palmer o‘z hududida to‘pni qabul qilib, qanotdagi Jeksonga yo‘lladi.

Palmer orqali pressingdan chiqish

Jekson o‘sha uzatmani golga aylantira olmadi. Koul esa gol urdi, urganda ham, anchayin qiyin vaziyatdan urdi. Go‘yoki, bu uning aqlli harakatlari uchun futbol tomonidan berilgan tuhfa edi. Vaholanki, Palmer «Siti»da hujumchi ortida emas, qanotda to‘p surgan, Pep uni shu rolga munosib deb hisoblagandi. Yosh iqtidor sohibini shunday o‘ziga mos pozisiyaga o‘tkazgan Pochettinoga rahmat aytish joiz. Tez orada «Chelsi» hisobni yiriklashtirdi. Ikkinchi gol muallifi kim, deysizmi? Yo‘q, Palmer emas, lekin Maduekeni aynan u samarali uzatma bilan ta’minladi.

To‘g‘ri, «Luton»ning o‘yin uslubi mukammal emas, kamchiliklar boshqa jamoalarda ham yetarli. Biroq chiziqlar o‘rtasidagi optimal pozisiyani topish va undan unumli foydalanishni ham bilish kerak. Ikkinchi golni amalga oshirish jarayonida Palmer avvalgidek ortga chekinmadi, balki oldinga intildi. Bu ham raqib o‘yinchilari uchun kutilmagan yangilik bo‘ldi va ikkinchi golga olib keldi. Aftidan, Koul voqealar rivojini oldindan his etadi unga mos ravishda haraktlanadi. Albatta, angliyalik qahramonimiz ham kamchiliklardan mosuvo emas, lekin uning necha yoshda ekanligini ham inobatga olish kerak. Ha, u himoyada o‘ynashni xush ko‘rmaydi. Tafsilotlarga to‘xtab o‘tishning hojati yo‘q, bu shundoq ham yaqqol ko‘zga ko‘rinib turadigan holat. U pressingga borishni ham yoqtirmaydi. Qisqasi, maromiga yetkazib olishni talab etadigan kamchiliklari yetarli.

Biroq «Chelsi» uchun tortning bezagiga aylangan 3-golni ham o‘z hisobiga yozib qo‘ydi. Shu bilan birga, Koul vaziyatga baho berish va to‘g‘ri qarorga kelish qobiliyatiga ega ekanligini yana bir karra namoyish etdi. Bu - tug‘ma layoqat, qaysidir futbolchida bor, boshqa­sida yo‘q. Ba’zan tajriba bilan ham kelishi mumkin, lekin Palmer bu jihatni to‘plashni yaqinda boshlagan.

Palmerning ideal ochilishi

Ideal ochilishning intihosi - gol. Biroq Koul darvozabon bilan yakkama-yakka holatga chiqqan chog‘ida ham eng to‘g‘ri qarorni tanladi - avval uni aldab o‘tdi, keyin darvozani ishg‘ol etdi. Ko‘pchilik futbolchilar aynan zarba yo‘llash chog‘ida shoshib qoladilar, Palmer esa to‘pni xotirjamlik bilan yo‘lladi.

Hisob yirik ko‘rinish olgach, mehmonlar bir oz xotirjamlikka berilish oqibatida 2 marta o‘z darvozalaridan to‘p olib chiqishdi. Lekin bunda Palmerni ayblashga asos yo‘q. Bundan tashqari, «Chelsi»ni ham tushunish qiyin emas, hozirda u APLning qaytadan shakllanayotgan yosh jamoalaridan biri.

Palmer xususida xulosa chiqaradigan bo‘lsak, sarlavhadagi so‘roq belgisi olib tashlansa, adolatli bo‘ladi. Mazkur o‘yinda Koul oldinroq «shaharliklar»ga ham, «to‘pchilar»­ga ham ochko bermagan «Luton»ni mahv etdi. O‘tgan mavsumda «ko‘klar»ga aynan u yetishmagandi. Qani, ko‘raylikchi, mavsumning hal qiluvchi bosqichida angliyalik iqtidorning o‘yini qay tariqa rivojlanarkin. Lekin shiddatli parvoz uchun asoslari yetarli.

 R.IBROHIMOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси

Kiritildi: 05.02.2024 23:44. O'qildi: 1693 marta.

← Klub xabarlari

APL

№ Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulxem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenxem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverxempton 38 20

ECHL

A - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Arsenal 8 24
2 Bavariya 8 21
3 Liverpul 8 18
4 Tottenxem 8 17
5 Barselona 8 16
6 Chelsi 8 16
7 Sporting 8 16
8 Manchester Siti 8 16
9 Real Madrid 8 15
10 Inter 8 15
11 PSJ 8 14
12 Nyukasl 8 14
13 Yuventus 8 13
14 Atletiko 8 13
15 Atalanta 8 13
16 Bayer 8 12
17 Borussiya D 8 11
18 Olimpiakos 8 11
19 Bryugge 8 10
20 Galatasaroy 8 10
21 Monako 8 10
22 Qorabog‘ 8 10
23 Bude-Glimt 8 9
24 Benfika 8 9
25 Marsel 8 9
26 Pafos 8 9
27 Yunion 8 9
28 PSV 8 8
29 Atletik Bilbao 8 8
30 Napoli 8 8
31 Kopengagen 8 8
32 Ayaks 8 6
33 Ayntraxt F 8 4
34 Slaviya 8 3
35 Vilyarreal 8 1
36 Qayrat 8 1

Evropa ligasi

- Guruhi

№ Jamoa O' O

Klublar o‘rtasida JCh

D - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Flamengo 3 7
2 Chelsi 3 6
3 Esperans 3 3
4 Los-Anjeles 3 1

Angliya kubogi

Nimchorak final
09.02.2021
22:30 Byornli
0:2
Bornmut
10.02.2021
00:30 Man. Yunayted
1:0
Vest Xem
22:30 Suonsi Siti
1:3
Manchester Siti
11.02.2021
00:30 Lester
1:0
Brayton
00:30 Sheffild Yunayted
1:0
Bristol Siti
01:15 Everton
5:4
Tottenxem
22:30 Vulverxempton
0:2
Sautgempton
12.02.2021
01:00 Barnsli
0:1
Chelsi
Chorak final
20.03.2021
17:15 Bornmut
0:3
Sautgempton
22:30 Everton
0:2
Manchester Siti
21.03.2021
18:30 Chelsi
2:0
Sheffild Yunayted
22:00 Lester
3:1
Man. Yunayted
Yarim final
17.04.2021
21:30 Chelsi
1:0
Manchester Siti
18.04.2021
22:30 Lester
1:0
Sautgempton
Final
15.05.2021
21:30 Chelsi
0:1
Lester

International Champions Cup

№ Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenxem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

Angliya superkubogi

№ Jamoa O' O
1 Liverpul 1 1
2 Manchester Siti 1 1

UYEFA Superkubogi

№ Jamoa O' O
1 Bavariya 1 3
2 Sevilya 1 0

Angliya liga kubogi

Chorak final
22.12.2020
22:30 Brentford
1:0
Nyukasl
23.12.2020
01:00 Arsenal
1:4
Manchester Siti
22:30 Stok Siti
1:3
Tottenxem
24.12.2020
01:00 Everton
0:2
Man. Yunayted
Yarim final
06.01.2021
00:45 Tottenxem
2:0
Brentford
07.01.2021
00:45 Man. Yunayted
0:2
Manchester Siti
Final
25.04.2021
20:30 Manchester Siti
1:0
Tottenxem

So'nggi uchrashuv

24.05.2026. APL. 38-tur.
20:00
Sanderlend
2-1
Chelsi

Navbatdagi uchrashuv

Uchrashuv qayd etilmagan!

JAMOA TARKIBI