Bunyodkor

STD.UZ/BUNYODKOR

Bunyodkor

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Ilyos Zeytullayev: «Jamoani saqlab qolish uchun harakat qilamiz, vaziyat o‘zgarishiga umid qilaman»

Ilyos Zeytullayev: «Jamoani saqlab qolish uchun harakat qilamiz, vaziyat o‘zgarishiga umid qilaman»

“Bunyodkor” – “Andijon” (1:3) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Ilyos Zeytullayev ishtirok etdi.

— Meni nazdimda “Bunyodkor” yutsa ham, yutqazsa ham ko‘pchilikka farqi yo‘qqa o‘xshayapti. Jamoani saqlab qolish uchun harakat qilamiz. Shunday ekan, yigitlarga yana bir bor rahmat. Qiyin holatdamiz. Futbolchilarga va murabbiylar shtabiga rahmat. Natija haqida gapirishni istamayman. Barchamiz insonmiz. Bu yerda ruhiy, jismoniy yoki boshqa omillar sabab bo‘lishi mumkin. Ikkita o‘yin alamli bo‘ldi va asabiy holatlar uchradi. Oldindagi ikkita uchrashuvni yaxshi o‘tkazib olishimiz kerak va shundan keyin Italiyaga borishim haqida o‘ylab ko‘rishim lozim.

— Klubda moliyaviy muammolar bo‘lishiga qaramasdan jamoa ko‘rsatayotgan natijalar yaxshi. Agar bugun yutganida kuchli uchlikka kirishi mumkin edi. Aytaylik, boshqa joyda bunday muammolar bo‘lsa jamoasi quyi pog‘onalarda bo‘ladi. “Bunyodkor”da esa boshqacha. Buning sababi nimada?

— Shu o‘rinda aytishim kerakki, “Andijon”ni g‘alaba bilan tabriklayman. Ular ancha shakllangan va kuchli deyishim mumkin. Mavsum avvalida jamoa oldiga sovrindorlar qatoridan joy olish vazifasi qo‘yilgan. Bu yerda meni hech narsa ajablantirmadi. “Andijon”da tajribali o‘yinchilar yig‘ilgan. Biz har 4-5 kunda o‘yin o‘tkazyapmiz. Ko‘pchilik ruhan va jismoniy jihatdan charchagan. Bu yerda hech qanday sehrgarlikka o‘xshagan narsalar yo‘q. Kimki yaxshi harakat qilib, ishiga professional tarzda yondashsa muvaffaqiyatga erishadi. Nima ham derdim, o‘z ishimizga professional yondashib oldinga intilib boraveramiz. Shuningdek, murabbiylar shtabimga ham chuqur minnatdorchiligimni aytaman. Bazada ishchilarga bir-ikki marta kam bo‘lsada oyliklarini berishdi. Yigitlarga qiyinchiliklarga qaramasdan yaxshi mehnat qilayotgani uchun rahmat aytaman. Agar g‘alaba qozonganimizda uchinchi o‘ringa chiqib olishimiz mumkin edi. Bu albatta amalga oshganida mo‘’jiza yuz bergan bo‘lardi. Klubda ishlayotgan xodimlarga ham mehnat qilayotgani uchun minnatdorchilik bildiraman. “Bunyodkor” hozir mana shunday qiyin sharoitda ishlayapti.

— Yaqinda xodimlarni uch oylik maoshi to‘langani haqida xabarlar chiqqandi...

— Yashirmayman, barcha “Bunyodkor”ning hozirgi holatini bilib turibsizlar. Lekin bunday holat birgina bizda emas. Masalan, uy qurmoqchi bo‘lsangu, ammo belgilangan summa berilmasa qanday holatda bo‘lish mumkin? Futbolchilar ham inson. Ularni ham oilasi, krediti va yana boshqa tashvishlari bor. Bu ham bir biznes. Sizlarni ham ishingiz biznes. Bu yerda o‘tiribsiz, yozyapsiz. Shuning orqasidan qandaydir daromad keladi. Hech qanday oylik olmayotgan futbolchilar orqasidan sizlar ham daromad topishinglar mumkin. Vaziyat o‘zgarishiga ishonch hosil qilaman.

— To‘g‘ri, moliyaviy qiyinchiliklar borligini bilib turibmiz. Lekin o‘yinga kelsak, hisob 0:1 bo‘lib turgan paytda penaltidan gol ura olmadinglar. Klubning sobiq futbolchisi gol uryapti. Oxirgi zarbalarni berishda aniqlik yetishmayapti. Jamoaga omad yetishmagandek bo‘ldi.

— O‘yinimizga befarq qaramaganingiz uchun rahmat. Albatta, imkoniyatlarimiz ham bo‘ldi. Hisobni 1:1 qilganimizda balki ko‘p narsa o‘zgarib ketishi mumkin edi. Bu yerda gap natija haqida ketmayapti. Shunchaki, futbolchilarga achiniyapman. Yutsak ham, yutqazsak ham hech kimga qizig‘i qolmayapti. O‘z holimizga tashlab qo‘yilganmiz. Bizda shunday futbolchilarki, agar o‘z ustida tinmay mehnat qilsa terma jamoa darajasiga chiqa oladilar. Ha, biz 4-o‘rindamiz va bu pog‘onada bo‘lish oson emas. Bizda yosh tajribali o‘yinchilar borligi xursand qiladi. Yana bir xursand qilgani tomoni shuki, Shahboz Umarov maydonga tushdi va yaxshi harakat qildi. Jamoa yuqori o‘rinlarda bo‘lishining sababi, bizda ancha sifatli o‘yinchilar yig‘ilgan. Bizda moliyaviy muammolar, jarohatlar bor. Birinchi davra tugaganidan so‘ng ko‘p narsa o‘zgaradi, deb umid qilaman.

Manba: fcbunyodkor.com

Kiritildi: 25.04.2026 07:11. O'qildi: 1157 marta.

← Klub xabarlari

Superliga

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 16 39
2 Paxtakor 16 35
3 OKMK 16 28
4 Navbahor 16 28
5 Buxoro 16 27
6 Lokomotiv 16 25
7 Nasaf 16 25
8 Andijon 16 21
9 Dinamo 16 21
10 Bunyodkor 16 19
11 Xorazm 16 19
12 So‘g‘diyona 16 18
13 Surxon 16 18
14 Qizilqum 16 17
15 Qo‘qon-1912 16 12
16 Mash’al 16 4

Elit OCHL

- Guruhi

№ Jamoa O' O

Yoshlar ligasi

№ Jamoa O' O
1 Nasaf 9 18
2 Paxtakor 9 17
3 Metallurg 9 17
4 Lokomotiv 9 16
5 Andijon 9 15
6 OKMK 9 14
7 Navbahor 9 13
8 Buxoro 9 11
9 So‘g‘diyona 9 11
10 Dinamo 9 10
11 Surxon 9 8
12 Qo‘qon-1912 9 7
13 Qizilqum 8 7
14 Bunyodkor 8 7

O‘zbekiston kubogi

G - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Buxoro 3 6
2 Lokomotiv 3 6
3 Bunyodkor 3 6
4 Namangan FA 3 0

Futzal

№ Jamoa O' O
1 Lokomotiv 9 27
2 Maksam-Chirchiq 9 22
3 Kogon 9 19
4 Bunyodkor 9 14
5 Ardus 9 13
6 Do‘stlik AIN 9 13
7 Paxtakor 9 9
8 Stroitel-Zarafshon 9 7
9 Turon-S 9 4
10 Nafis 9 3

Superliga. II bosqich

A - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Lokomotiv 20 46
2 Paxtakor 20 37
3 Navbahor 20 31
4 Bunyodkor 20 27
5 Metallurg 20 19
6 Buxoro 20 10

Pro-liga

№ Jamoa O' O
1 Aral 1 3
2 Lokomotiv 1 3
3 FarDU 1 1
4 Olimpik MobiUz 1 1
5 Olimpik 1 0
6 Jayxun 1 0

Liga kubogi

C - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 OKMK 3 7
2 Metallurg 3 4
3 Bunyodkor 3 3
4 Qizilqum 3 3

So'nggi uchrashuv

08.08.2026. Superliga. 16-tur.
19:30
Bunyodkor
2-3
OKMK

Navbatdagi uchrashuv

Uchrashuv qayd etilmagan!

JAMOA TARKIBI