Bunyodkor

STD.UZ/BUNYODKOR

Bunyodkor

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Ilyos Zeytullayev: "Yakkakurashlarda yutgan jamoa g‘alaba qozonardi. Oltinga teng uch ochko bilan ketyapmiz"

Ilyos Zeytullayev: "Yakkakurashlarda yutgan jamoa g‘alaba qozonardi. Oltinga teng uch ochko bilan ketyapmiz"

Superliga 6-turidan o‘rin olgan "Mash’al" - "Bunyodkor" (0:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar ustozi Ilyos Zeytullayev uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- "Mash’al"ni qo‘llab-quvvatlamoqchi edim. Agar jamoa shunday o‘yin namoyish etsa, Muborakda har bir jamoa qiynaladi. Biz bu yerdan oltinga teng uch ochko bilan ketyapmiz. Bunday qiyin davrda yana uch ochkoni qo‘lga kiritish devor qurilishidagi bir g‘ishtga o‘xshaydi. Yigitlarga rahmat. Klubda ishlayotgan barchaga rahmat", - dedi Ilyos Zeytullayev bahs yakunlangach.

- Najmiddin Normurodovning bugungi o‘yini haqida gapirib o‘tsangiz? Normurodov bugungi o‘yinning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi...

- Men uchun bu syurpriz emas. Men aynan Najmiddin eng yaxshisi bo‘ldi demayman, butun jamoa yaxshi o‘ynadi. U jamoa sardori sifatida jangovarlik xarakterini ko‘rsatdi. Umuman olganda uning o‘yinida o‘sish kuzatilmoqda.

- "Mash’al" o‘n kishi bo‘lib qolishiga qaramay. "Bunyodkor" baribir ko‘proq himoyalanib, hujumga o‘tishga harakat qildi. "Bunyodkor" bugun durangga ham rozimidi?

- Raqib jamoa o‘n kishi bo‘lib qolganida ruhiy jihatdan o‘zgarish bo‘ladi. Biz yutqazib qo‘yishimiz ham mumkin edi. Bu ko‘proq murabbiylar shtabidan emas, maydondagi futbolchilarning o‘ziga bog‘liq. Yigitlar o‘yinni o‘qishdi. Shuning uchun men jamoa o‘yinni oldindan o‘qiy oldi deb ayta olaman.

- Maydon holati haqida qanday fikrdasiz? Bugun yomg‘ir yog‘di-ku.

- Ayrim zonalarda to‘p to‘xtab qoldi va shu sababli uzun paslar ko‘paydi. Yakkakurashlarda g‘olib bo‘ladigan jamoa g‘alaba qozonishini bilardik. Yigitlar esa maydonning har bir santimetri uchun kurashishdi. Bularning barchasi yakunda bizga g‘alaba keltirdi. Yaratgan bizni himoya qilib, yordam bermoqda.

- Futbolchilar to‘rt oydan buyon oylik olmayapti. Rag‘batlantirish yo‘q vaqtda yigitlarni qanday ruhlantiryapsiz? Bunday natijaga qanday erishyapsizlar?

- Biz bu haqda yig‘inlar vaqtida xabar topgandik. Shundan so‘ng to‘rt oy vaqt o‘tdi. Yana takrorlanib, yig‘lamoqchi emasman. Jamoani birlashtirib turadigan ko‘rinmas jihatlar bor. Yigitlarimiz professionallar.

- Debyutant futbolchining o‘yinidan qanchalik qoniqdingiz?

- Joriy mavsumda bir nechta yosh yigitlar jamoamizda debyut qilishdi. Vaziyatdan kelib chiqib, u debyut qildi va juda yaxshi o‘yin namoyish etdi.

Manba: fcmashal.uz

Kiritildi: 07.04.2026 23:08. O'qildi: 1034 marta.

← Klub xabarlari

Superliga

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 16 39
2 Paxtakor 16 35
3 OKMK 16 28
4 Navbahor 16 28
5 Buxoro 16 27
6 Lokomotiv 16 25
7 Nasaf 16 25
8 Andijon 16 21
9 Dinamo 16 21
10 Bunyodkor 16 19
11 Xorazm 16 19
12 So‘g‘diyona 16 18
13 Surxon 16 18
14 Qizilqum 16 17
15 Qo‘qon-1912 16 12
16 Mash’al 16 4

Elit OCHL

- Guruhi

№ Jamoa O' O

Yoshlar ligasi

№ Jamoa O' O
1 Nasaf 9 18
2 Paxtakor 9 17
3 Metallurg 9 17
4 Lokomotiv 9 16
5 Andijon 9 15
6 OKMK 9 14
7 Navbahor 9 13
8 Buxoro 9 11
9 So‘g‘diyona 9 11
10 Dinamo 9 10
11 Surxon 9 8
12 Qo‘qon-1912 9 7
13 Qizilqum 8 7
14 Bunyodkor 8 7

O‘zbekiston kubogi

G - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Buxoro 3 6
2 Lokomotiv 3 6
3 Bunyodkor 3 6
4 Namangan FA 3 0

Futzal

№ Jamoa O' O
1 Lokomotiv 9 27
2 Maksam-Chirchiq 9 22
3 Kogon 9 19
4 Bunyodkor 9 14
5 Ardus 9 13
6 Do‘stlik AIN 9 13
7 Paxtakor 9 9
8 Stroitel-Zarafshon 9 7
9 Turon-S 9 4
10 Nafis 9 3

Superliga. II bosqich

A - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Lokomotiv 20 46
2 Paxtakor 20 37
3 Navbahor 20 31
4 Bunyodkor 20 27
5 Metallurg 20 19
6 Buxoro 20 10

Pro-liga

№ Jamoa O' O
1 Aral 1 3
2 Lokomotiv 1 3
3 FarDU 1 1
4 Olimpik MobiUz 1 1
5 Olimpik 1 0
6 Jayxun 1 0

Liga kubogi

C - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 OKMK 3 7
2 Metallurg 3 4
3 Bunyodkor 3 3
4 Qizilqum 3 3

So'nggi uchrashuv

08.08.2026. Superliga. 16-tur.
19:30
Bunyodkor
2-3
OKMK

Navbatdagi uchrashuv

Uchrashuv qayd etilmagan!

JAMOA TARKIBI