Bunyodkor

STD.UZ/BUNYODKOR

Bunyodkor

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Harorati baland o‘yinlar ostonasidamiz yoxud Superligada 13-turda super to‘qnashuvlar bor

Harorati baland o‘yinlar ostonasidamiz yoxud Superligada 13-turda super to‘qnashuvlar bor

19-23 iyun kunlari Superligada 13-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Doimgidek, bo‘lajak turda bir-biridan murosasiz va muhim bahslar kutmoqda.

19 iyun

20:00. “Andijon” – “Qizilqum”

Yangi klub bazasiga ega bo‘lgan “Andijon”da o‘zgarishlar bor. Maksim Shaskix o‘z falsafasi bilan jamoa o‘yiniga va natijalariga ta’sir o‘tkazmoqda. Birinchi davra yakuniga yetmasdan 3 nafar xorijlik o‘yinchilar bilan xayrlashdi. Mish-mishlarga qaraganda, "burgutlar" transfer oynasi vaqtida faol bo‘ladi va jamoa safida yangi nomlar paydo bo‘lishi kutilmoqda.

Bosh murabbiysiz qolgan “Qizilqum”da vaziyat og‘ir. 5 o‘yindan beri jamoa g‘alaba qozona olmayapti. Akmal Rustamov vaqtinchalik klubni boshqaryapti va tez orada yangi murabbiy kelishi kutilmoqda. Kim ekanligi hozircha noma’lum. "Konchilar bugun jamoa g‘alabasiz seriyasiga chek qo‘yishi mumkin.

Bu o‘yinda hozircha biror jamoa ustun emas. Qolganini o‘yinda ko‘ramiz.

20:00. “So‘g‘diyona” – “Xorazm”

Omadsizliklar girdobidan chiqa olmayotgan “So‘g‘diyona” bugun o‘z maydonida “Xorazm”ni qabul qiladi. Jizzaxliklarda ham vaziyat og‘ir. 14-o‘rinni egallab turibdi. Ivan Boshkovich vaziyatdan chiqib ketish yo‘llarini har qancha topishga urinmasin, natijalar yaxshi emas.

“Xorazm” bir necha turdan beri o‘z o‘yinlarini Jizzaxda o‘tkazib kelmoqda. Bugun mehmon sifatida o‘ynaydi, ammo "So‘g‘diyona" o‘yingohi Fuzaylov jamoasiga begona emas. Takidlash kerakki, xorazmliklar Superligada debyutini o‘tkazayotgan bo‘lishiga qaramay, ancha mazmunli harakat qilmoqda. Raqiblariga ochiq va hujumkor o‘yin ko‘rsatishini bilamiz. Demak, “So‘g‘diyona”ga o‘z maydonida oson bo‘lmasligi mumkin.

20 iyun

20:00. “Neftchi” – “Buxoro”

Favorit so‘zsiz “Neftchi”. Farg‘onaliklarni uyida hatto durang o‘ynasa ham bu ular uchun mag‘lubiyatga teng bo‘ladi. O‘tgan turda Termizda ochko yo‘qotdi va peshqadamlar bilan oradagi farqni ko‘paytirib yubordi. Tabiiyki, bundan jamoa muxlislarining g‘azabini qo‘zg‘ab yuborishgan.

“Buxoro”ning natijalari qoniqarli emas. Anchadan beri g‘alaba nashidasini surmayapti. Farg‘onada ham ikkinchi raqamli bo‘lib harakat qilishadi. Natijalar o‘zgarishsiz qoladigan bo‘lsa, tez orada Ulug‘bek Baqoyev iste’foga chiqishi ehtimoli bor.

21 iyun

20:00. “Navbahor” – OKMK

Turning markaziy bellashuvi. O‘tgan tur har ikki jamoa muvaffaqiyatli o‘tgani yo‘q. Namangan klubi Qarshida “Nasaf”ga yutqazdi. OKMK esa vohaning boshqa bir jamoasi “Sho‘rtan”ni Olmaliqda yenga olmadi. Bu qarama-qarshilikda ikkisi ham g‘alaba uchun maydonga tushadi. Sergey   Lushan boshqaruvidagi “lochin”lar bu yilgi mavsumda o‘z uyida yaxshi o‘ynamoqda. OKMK ham kambeklari bilan barchani o‘ziga qaratib qo‘ygan. Qisqasi, har tomonlama o‘yinning harorati baland bo‘ladi. Balki gollarga boy o‘yin ko‘rarmiz.

22 iyun.

20:00. “Paxtakor” – “Qo‘qon-1912”

“Paxtakor” Kamoliddin Tojiyev boshqaruviga o‘tganidan keyin raqiblar darvozasiga ko‘proq gollar uryapti va g‘alabalarga erishyapti. Navbatdagi turda ham “Paxtakor” favorit. “Sherlar” o‘ziga kelyapti va yo‘lidan chiqqan har bir raqibini ayab o‘tirmayapti.

Qo‘qonliklarda vaziyat yaxshi emas. Avvalgi turda “Mash’al”ga o‘z uyida yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi. O‘zbkiston kubogi pley-off o‘yinida “Bunyodkor”ga yutqazib qo‘yib, turnirni muddatidan oldin tark etdi. Toshkentdagi o‘yinda ularga oson bo‘lmaydi.

20:00. “Sho‘rtan” – “Surxon”

“Sho‘rtan” oxirgi turlarga kelib o‘zlari uchun kerakli bo‘lgan ochkolarni qo‘lga kirityapti. Superliga 12-turida Olmaliqda qimmatli bir ochkoga ega bo‘ldi. Kubokda “Aral”ni yirik hisobda yengib, chorak finalga yo‘l oldi. Qisqasi, Eldor Moyliyev vaqtinchalik murabbiy bo‘lishiga qaramay, natijalarni yaxshi tomonga o‘zgartira oldi.

Termizliklar bu mavsum barqarorlik yetishmayapti. Har turda kutilmagan natijalar qayd etmoqda. G‘uzorda g‘alaba uchun borishi turgan gap. Bu qarama-qarshilikda favorit yo‘q. Lekin shiddatli bahs bo‘lishi mumkin.

23 iyun
20:00. “Dinamo” – “Bunyodkor”

Vadim Abramov jamoasi mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelyapti. Bu safar ularni “Bunyodkor”ga qarshi o‘yin kutmoqda. Vadim Abramov sobiq jamoasiga qanday sovg‘a tayyorlab qo‘yganini 23 iyun kuni bilib olamiz. Agarda samarqandliklar mana shunday muvaffaqiyatli davom etadigan bo‘lsa, mavsumni sovrinli o‘rinlarning birida tugatishi mumkin.

Roziqjon Sultonmurodov

Manba: stadion.uz

Kiritildi: 19.06.2025 20:43. O'qildi: 1729 marta.

← Klub xabarlari

Superliga

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 16 39
2 Paxtakor 16 35
3 OKMK 16 28
4 Navbahor 16 28
5 Buxoro 16 27
6 Lokomotiv 16 25
7 Nasaf 16 25
8 Andijon 16 21
9 Dinamo 16 21
10 Bunyodkor 16 19
11 Xorazm 16 19
12 So‘g‘diyona 16 18
13 Surxon 16 18
14 Qizilqum 16 17
15 Qo‘qon-1912 16 12
16 Mash’al 16 4

Elit OCHL

- Guruhi

№ Jamoa O' O

Yoshlar ligasi

№ Jamoa O' O
1 Nasaf 9 18
2 Paxtakor 9 17
3 Metallurg 9 17
4 Lokomotiv 9 16
5 Andijon 9 15
6 OKMK 9 14
7 Navbahor 9 13
8 Buxoro 9 11
9 So‘g‘diyona 9 11
10 Dinamo 9 10
11 Surxon 9 8
12 Qo‘qon-1912 9 7
13 Qizilqum 8 7
14 Bunyodkor 8 7

O‘zbekiston kubogi

G - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Buxoro 3 6
2 Lokomotiv 3 6
3 Bunyodkor 3 6
4 Namangan FA 3 0

Futzal

№ Jamoa O' O
1 Lokomotiv 9 27
2 Maksam-Chirchiq 9 22
3 Kogon 9 19
4 Bunyodkor 9 14
5 Ardus 9 13
6 Do‘stlik AIN 9 13
7 Paxtakor 9 9
8 Stroitel-Zarafshon 9 7
9 Turon-S 9 4
10 Nafis 9 3

Superliga. II bosqich

A - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Lokomotiv 20 46
2 Paxtakor 20 37
3 Navbahor 20 31
4 Bunyodkor 20 27
5 Metallurg 20 19
6 Buxoro 20 10

Pro-liga

№ Jamoa O' O
1 Aral 1 3
2 Lokomotiv 1 3
3 FarDU 1 1
4 Olimpik MobiUz 1 1
5 Olimpik 1 0
6 Jayxun 1 0

Liga kubogi

C - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 OKMK 3 7
2 Metallurg 3 4
3 Bunyodkor 3 3
4 Qizilqum 3 3

So'nggi uchrashuv

08.08.2026. Superliga. 16-tur.
19:30
Bunyodkor
2-3
OKMK

Navbatdagi uchrashuv

Uchrashuv qayd etilmagan!

JAMOA TARKIBI