Barselona

STD.UZ/BARSA

Barselona

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Jahon chempioniga aylangan Lamin Yamal haqida 15 ta ma’lumot

Jahon chempioniga aylangan Lamin Yamal haqida 15 ta ma’lumot

AQSH, Kanada hamda Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tgan Jahon chempionati o‘z yakuniga yetdi. Finalda Ispaniya Argentina ustidan kichik hisobda g‘alaba qozondi. Ispaniya safida Lamin Yamal ham Yevropa, ham Jahon chempionatida kubokni qo‘lga kiritgan eng yosh futbolchilardan biriga aylandi. Quyida Yamal haqida siz bilmagan 15 ta qiziqarli ma’lumot bilan bo‘lishamiz.

1. Lamin Yamal — bu uning to‘liq ismi. Familiyasi esa ikki qismdan iborat: Nasraui Ebana. Otasi asli marokashlik, onasi esa Ekvatorial Gvineyadan. O‘zi esa Ispaniyada tug‘ilgan. Bu mamlakatda bolalarga ko‘pincha ikki ism va ikki familiya beriladi. “Lamin” ismi arabchadagi “ishonchli, ishonishga loyiq” ma’nosini, “Yamal” esa “go‘zallik” ma’nosini anglatadi.

2. Uning o‘ziga xos gol nishonlash usuli — barmoqlari bilan 3, 0 va 4 raqamlarini ko‘rsatishidir. Bu raqamlar u voyaga yetgan Rokafonda mahallasining pochta indeksining oxirgi uch raqamini ifodalaydi. Yamal bu ishorani, hatto, o‘zining savdo belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazgan va shu nom ostida turli mahsulotlar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

3. U “La Masiya” akademiyasiga ko‘chib o‘tgan paytda ota-onasi ajrashgan. Yamal otasi bilan ham, onasi bilan ham yaqin munosabatda, ammo onasiga alohida mehr qo‘yadi: “Bir kuni onam uyga bir sharf olib kelgan edi. Men uni darrov yaxshi ko‘rib qoldim, chunki undan onam, otam va itimizning hidi kelardi. Hatto, uxlaganimda ham uni qo‘limdan qo‘ymasdim. Oxiri onam bunga chiday olmay, sharfni olib tashladi. Keyin uyimizda yangi adyol paydo bo‘ldi va men unga sharfdagidek bog‘lanib qoldim. Hozir ham onamnikiga borganimda, o‘sha adyolga o‘ranishni yaxshi ko‘raman”.

4. Yamal ijtimoiy tarmoqlardan ko‘ra seriallarni afzal ko‘radi: “TikTok tomosha qilish o‘rniga serial ko‘raman. Masalan, menga “Mashaqqatlar sari” (Breaking Bad) juda yoqadi. Dastlab “Qochish” (Prison Break) ham juda qiziq tuyulgandi, lekin keyinchalik zerikarli bo‘lib qoldi. Chunki barcha fasllari deyarli bir xil qolipda suratga olingan”.

5. U Yevropa chempionatiga ketayotganida ham maktabni unutmagan: “Albatta, uy vazifalarimni ham o‘zim bilan olib ketdim. Hali o‘rta ta’limdaman, dars qoldirishning iloji yo‘q. Hozir onlayn o‘qiyman. Hammasi yaxshi ketmoqda. Umid qilamanki, o‘qituvchilar imtihonda meni qiynamaydi”.

6. Buvisining marokashcha pishiriqlari va choyi uning yodidan hech chiqmaydi: “Buvim ularni menga ilk bor bog‘da futbol o‘ynab qaytganimda tayyorlab bergan edi. O‘shanda juda och edim. Ta’mi shu qadar mazali ediki, bog‘ga qaytib ham bormadim”.

Buvisining uchta nasihatini ham doimo yodda tutadi: “Hech qachon qora kiyim kiyma, ko‘proq kulib yur va otangni asra”.

7. Bolaligida u ham stikerlar to‘plamiga ishqiboz bo‘lgan. Ba’zan tamaddiga berilgan bir necha yevroni ham shunga sarflab yuborgan. O‘yin konsollari o‘rniga esa Pokemon kartalari bilan o‘ynagan: “Oilamiz PlayStation yoki Nintendo sotib olishga qodir emas edi. Shuning uchun do‘stlarim bilan bir yevrolik Pokemon kartalari bilan o‘ynardik”.

8. Agar futbolchi bo‘lmaganida, ehtimol strimer bo‘lardi: “Karantin davrida jonli efirlar va strimerlar juda mashhur edi. Menimcha, aynan shu ish menga eng ko‘p yoqardi”.

9. Adidas kompaniyasi Yamal ishtirokidagi fotosessiya uchun Barselona yaqinidagi Gava shahridagi butun boshli plyajni ijaraga olgan va buning uchun dunyoning turli qit’alaridan kelgan yuzlab xodimlarni jalb qilgan.

10. Yamalning uyidagi eng muhim aksessuarlardan biri — vanil hidli havo tozalagichlar. Ular deyarli barcha xonalarga qo‘yilgan, chunki futbolchi aynan shu hidni juda yaxshi ko‘radi.


11. Uning g‘ayrioddiy orzularidan biri — sakkizoyoq boqish: “O‘zimga sakkizoyoq sotib olmoqchiman. Akvarium haqida ham o‘ylaganman. Ammo onam bunga rozi emas. 13 yoshimda 18 ga kirishingni kut, degan edi. Endi esa 21 yoshingni kut, deydi. Bu juda noodatiy-ku: do‘stlarimning uyiga borsam, ularda sakkizoyoqni ko‘rmayman, ular mening uyimga kelsa esa ko‘rishadi”.

12. Odamlar uni tanib qolmasliklari uchun ko‘p pul to‘lashga tayyor:
“Shahar markazida bemalol biror ichimlik ichishni istardim. Odamlar meni ko‘rsin, ammo kimligimni bilishmasin”.

13. Uning fikricha, futbol bosim emas: “Bosim degan tuyg‘uni hech qachon his qilmaganman. Haqiqiy bosimni ota-onam boshdan kechirgan — ular juda yosh bo‘lishlariga qaramay farzand tarbiyalashlari kerak edi. Mana shu haqiqiy bosim. Futbol o‘ynab turib esa bunday hissiyotni sezmayman”.

14. Futboldan tashqaridagi eng katta orzusi esa juda oddiy: “Eng avvalo yaxshi inson bo‘lishni va odamlarga yordam berishni istayman. Futboldan keyingi eng muhim narsa ham aynan shu”.

15. Agar unga biror g‘ayritabiiy qobiliyat berilsa, u shuni tanlardi: “Odamlarning kayfiyatini o‘zgartira olishni xohlardim. Kimdir xafa bo‘lib mening o‘yinimni tomosha qilsa, uyiga qaytayotganda o‘zini ancha yaxshi his qilsa — bundan ortiq baxt yo‘q”.

Eslatib o‘tamiz, Lamin Yamal “Barselona” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Futbolchi 2023-yildan buyon “ko‘k-anorranglilar”ning asosiy tarkibida to‘p surib kelmoqda va jamoa bilan birgalikda 3 marta Ispaniya chempionligi, 2 marta Ispaniya Superkubogi va bir marta Ispaniya Kubogini qo‘lga kiritgan. Ispaniya terma jamoasi bilan esa 2024-yilda Yevropa chempionligi shohsupasiga ko‘tarilgan.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 20.07.2026 23:59. O'qildi: 3283 marta.

← Klub xabarlari

La-liga

№ Jamoa O' O
1 Barselona 38 94
2 Real Madrid 38 86
3 Vilyarreal 38 72
4 Atletiko 38 69
5 Betis 38 60
6 Selta 38 54
7 Xetafe 38 51
8 Rayo Valyekano 38 50
9 Valensiya 38 49
10 Real Sosyedad 38 46
11 Espanyol 38 46
12 Atletik Bilbao 38 45
13 Elche 38 43
14 Alaves 38 43
15 Sevilya 38 43
16 Osasuna 38 42
17 Malyorka 38 42
18 Levante 38 42
19 Jirona 38 41
20 Real Ovyedo 38 29

ECHL

A - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Arsenal 8 24
2 Bavariya 8 21
3 Liverpul 8 18
4 Tottenxem 8 17
5 Barselona 8 16
6 Chelsi 8 16
7 Sporting 8 16
8 Manchester Siti 8 16
9 Real Madrid 8 15
10 Inter 8 15
11 PSJ 8 14
12 Nyukasl 8 14
13 Yuventus 8 13
14 Atletiko 8 13
15 Atalanta 8 13
16 Bayer 8 12
17 Borussiya D 8 11
18 Olimpiakos 8 11
19 Bryugge 8 10
20 Galatasaroy 8 10
21 Monako 8 10
22 Qorabog‘ 8 10
23 Bude-Glimt 8 9
24 Benfika 8 9
25 Marsel 8 9
26 Pafos 8 9
27 Yunion 8 9
28 PSV 8 8
29 Atletik Bilbao 8 8
30 Napoli 8 8
31 Kopengagen 8 8
32 Ayaks 8 6
33 Ayntraxt F 8 4
34 Slaviya 8 3
35 Vilyarreal 8 1
36 Qayrat 8 1

Evropa ligasi

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Ayaks 0 0
2 Barselona 0 0
3 Bayer 0 0
4 Sevilya 0 0
5 Shaxtyor 0 0
6 Sporting 0 0
7 Yuventus 0 0
8 Zalsburg 0 0

Klublar o‘rtasida JCh

- Guruhi

№ Jamoa O' O

Ispaniya kubogi

Chorak final
26.01.2023
01:00 Barselona
1:0
Real Sosyedad
02:00 Osasuna
2:1
Sevilya
23:59 Valensiya
1:3
Atletik Bilbao
27.01.2023
01:00 Real Madrid
3:1
Atletiko
Yarim final
02.03.2023
01:00 Osasuna
1:0
Atletik Bilbao
03.03.2023
01:00 Real Madrid
0:1
Barselona
04.04.2023
23:59 Atletik Bilbao
-:-
Osasuna
05.04.2023
23:59 Barselona
0:4
Real Madrid

International Champions Cup

№ Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenxem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

Ispaniya superkubogi

Yarim final
10.01.2024
23:59 Real Madrid
5:3
Atletiko
23:59 Barselona
2:0
Osasuna
Final
14.01.2024
23:59 Real Madrid
4:1
Barselona

So'nggi uchrashuv

24.05.2026. La-liga. 38-tur.
00:00
Valensiya
3-1
Barselona

Navbatdagi uchrashuv

Uchrashuv qayd etilmagan!

JAMOA TARKIBI