Barselona

STD.UZ/BARSA

Barselona

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Mark Bernal: "Jamoa manfaati uchun istalgan pozisiyada o‘ynashga tayyorman"

Mark Bernal: "Jamoa manfaati uchun istalgan pozisiyada o‘ynashga tayyorman"

Olti yoshidan boshlab «Barselona» tizimida futbol sir-asrorlarini o‘rganayotgan Mark Bernal 2023 yilning 23 iyunida kataloniyaliklar bilan birinchi professional shartnomasini imzolagandi. Biroq o‘tgan mavsum avvalida «Rayo Valyekano»ga qarshi o‘yinda tizzasidan olgan og‘ir jarohat tufayli qariyib bir yilni maydon tashqarisida o‘tkazishiga to‘g‘ri keldi. Bugungi kunda esa, 18 yoshli hujumkor yarim himoyachi to‘liq sog‘ayib safga qaytgan va jamoasining muvaffaqiyatlari yo‘lida o‘z hissasini qo‘shishga tayyor. Yaqinda u klub rasmiy sayti ijodkorlariga bergan interv-yusida bu haqida alohida fikr bildirdi.

— Sizni yana jamoa mashg‘ulotlarida ko‘rib turganimizdan xursandmiz. Aytingchi, og‘ir jarohatdan so‘ng butkul sog‘ayib ulgurdingizmi?

— Albatta, hammasi o‘tmishda qoldi. Shukurki, bugungi kunda to‘liq kuch bilan mashg‘ulotlarda qatnashyapman va jarohat ortiq bezovta qilmayapti. Hatto maydonga tushganimda bu haqda o‘ylamayapman ham. To‘g‘ri, ba’zan tizzamdagi chandiqqa ko‘zim tushib yoqimsiz narsani his qilishim mumkin, lekin og‘riq yoki cheklovlar haqida xavotirli hech narsa yo‘q. Hozircha barchasi joyida.

— Ushbu jarohat tufayli qariyib bir yil davomida maydonga tusha olmadingiz. Sizningcha o‘sha paytlarda eng qiyini nima edi?

 — Ochig‘i, jarohatga yo‘liqqan birinchi kechaning o‘tishi juda qiyin bo‘ldi. Operasiyadan keyin esa yurish tugul, hatto kiyimlarimni almashtirishni ham imkonini topa olmasdim. Ya’ni, biror bir harakat qilishning umuman iloji yo‘q edi. Bir yarim oy xuddi shu zaylda davom etdi. To‘g‘risi, Gavi meni oldindan shunday bo‘lishi haqida ogohlantirganda unchalik e’tibor bermagan ekanman. Xullas, juda og‘ir davrlarni boshdan kechirdim. Xayriyat, asta-sekin barchasi o‘z iziga tusha boshladi. Dastlab yugurish, keyinchalik to‘p bilan ishlashni boshladim va mana, nihoyat sog‘ayib safga qaytdim.

— Bu davr mobaynida Flik va jamoadoshlaringiz sizdan tez-tez xabar olib turishdi, to‘g‘rimi?

— Ha, albatta, operasiyadan keyin yigitlar meni yolg‘izlatib qo‘yishmadi. Shuningdek, bosh murabbiyimiz ham tez-tez ko‘rgani kelib, tiklanishim qanday ketayotgani va o‘zimni qanday his qilayotganimni nazorat qilib turdi.

— Aytgancha, Xansi Flik bilan qaysi tilda gaplashasiz? Inglizchami yoki ispancha?

— Aslida u ispanchani ozmi-ko‘pmi tushunadi. Lekin shunga qaramay aksariyat hollarda ingliz tilida gaplashamiz. Qolaversa, o‘zaro muloqotda yordam berish uchun biriktirilgan tarjimonlardan biri har doim Flikning yonida bo‘ladi.

— «Barselona»ning asosiy tarkibiga jalb etilishingizni qanday bilgandingiz?

— O‘tgan yili mavsumoldi tayyorgarlik bosqichida «Barsa Atletik» o‘yinchilarining barchasi asosiy jamoa bilan mashg‘ulot o‘tkazdi. Lekin kunlar o‘tishi bilan ba’zilari yana zaxira jamoasiga qaytarildi. Menga esa asosiy jamoada qolishimni aytishdi. Shundan so‘ng La Liganing yangi mavsumidagi birinchi o‘yinidayoq «Valensiya»ga qarshi uchrashuvda maydonga tushdim. Ha, tan olaman bu men uchun kutilmagan syurpriz bo‘lgandi. Shuningdek, «Barselona»dek buyuk klub tarkibida birinchi marta maydonga tushayotganim bois hayajon ham yo‘q emasdi. Lekin jamoadoshlarimning qo‘llab-quvvatlashi, doimiy ravishda maslahat va tavsiyalar berishi natijasida o‘zimga bo‘lgan ishonchim ortdi va erkinroq o‘ynay boshladim.

— Ba’zi mutaxassislar «Barselona» o‘tgan mavsumdagi muvaffaqiyatdan ke­yin biroz xotirjamlikka berilgan deb o‘ylashmoqda...

— Yo‘q, bu mutlaqo noto‘g‘ri fikr. Aslida biz diqqatni bir joyga jamlaganmiz va yangi marralar sari intilyapmiz. Shu bois ortiqcha gap-so‘zlarni e’tiborsiz qoldirishga harakat qilamiz. Zero, mavsum boshlanganiga endigina ikki oy bo‘ldi va oldinda barchamizni og‘ir hamda mashaqqatli sinovlar kutib turibdi. Shaxsan men odamlarning «Barselona» haqidagi fikrlarini o‘qimaslikka yoki eshitmaslikka harakat qilaman. Kiyinish xonasida ham deyarli shunga o‘xshash vaziyat. Menimcha, bunday yondashuv — hamma uchun tinchroq va yaxshiroq bo‘lsa kerak.

— Siz ilgari hujum chizig‘ida to‘p surardingiz. Keyinchalik hujumkor yarim himoyachi sifatida harakatlana boshladingiz. Aytingchi, pozisiyangizni o‘zgartirishingizga nima sabab bo‘lgan?

— To‘g‘ri, yoshligimda hujumda o‘ynardim, ammo vaqt o‘tgan sayin o‘zimni hujumchilar ortida qulayroq his qila boshladim va aynan shu chiziqda yaxshigina o‘sishga erishdim. Qarabsizki, o‘shandan beri shu pozisiyada to‘p surib kelyapman. Umuman olganda esa jamoam manfaati uchun istalgan chiziqda bor kuch bilan o‘ynashga tayyorman.

— Bolaligingizda Busketsga havas qilib ulg‘ayganingizni bir necha bor ayt­gansiz. Hozir ham u bilan tez-tez gaplashib turasizmi?

— Yo‘q, unchalik ko‘p gaplashmaymiz. Buskets oxirgi marta jarohat olganimda xabar yubordi va tezroq sog‘ayib ketishimni tilab, bir nechta maslahatlar berdi. To‘g‘risi, undan shu kunga qadar juda ko‘p narsa o‘rgangan bo‘lsamda, doimiy aloqada emasmiz.

— Sizga «Barselona»dagi qaysi o‘yinchilarning harakatlarini kuzatish yoqadi?

— Jamoamizda Frenki de Yong, Pedri va Olmoning o‘yinlarini tomosha qilish o‘zgacha zavq bag‘ishlaydi. Shu bois maydonda aynan ularga o‘xshab harakatlanishga intilaman. Bu yigitlar ajoyib salohiyatga ega, o‘yin sifati yuqori futbolchilardir. Shuningdek, mening pozisiyamda to‘p suradigan boshqa jamoa a’zolaridan Rodri («Manchester Siti») va Martin Subimendi («Arsenal») kabi ijrochilarning harakatlarini ham diqqat bilan kuzatib boraman.

— Klub akademiyasida tahsil olayotgan payt mashg‘ulotlarga uyingizdan taksida qatnaganingiz rostmi?

— Ha shunday, lekin har kuni ham emas. Aniqrog‘i, mash­g‘ulotlarga uch kunda bir marta qatnardik. O‘sha paytlarda bizning mintaqamizdagi o‘yinchilarni olib ketadigan maxsus taksi xizmati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, u birinchi meni olgani maktabga kelardi va qaytishda oxirgi bo‘lib uyimga tashlab ketardi. Masofa uzoq bo‘lgani bois, uyga yetib kelgunimcha yarim kechasi bo‘lib ketar va ertalab yana erta turib va maktabga borishim kerak edi.

— O‘sha kezlarda siz yoki oila a’zolaringizda bunday qiyinchiliklarning barchasi o‘zi shunga arziydimi yoki yo‘qmi, degan shubhalar ham bo‘lganmi?

— Ochig‘i bolaligimga borib, o‘sha paytlarda hech qanday qiyinchilikni sezmagan ekanman. Sababi, shunchaki taksiga o‘tirib boshqa bolalar bilan suhbatlashardik, hazil-huzul qilardik. Akademiyada esa quvnoq mashg‘ulotlarni o‘tkazib, futbol o‘ynab yana ortga qaytardik — tamom, ortiqcha mashaqqat yo‘q edi. Ehtimol, hozir bunday sharoitni qiyinchilik o‘laroq qabul qilishim mumkindir. Lekin o‘sha paytlarda hech narsadan nolimaganman.

BLIS SAVOLLAR

— Qayerga sayohat qilishni xohlaysiz?

— Maldiv orollariga.

— Sevimli taomingiz?

— Sushi.

— Sevimli qo‘shiqchingiz?

— JC Reyes ili Anuel.

— Club Esportiu Berga  yoki Club Gimnastic Manresa?

— Club Esportiu Berga.

—  Kataloniyadagi  eng  yaxshi  bayram?

— «La  Patum».

—  Agar « Barsadan»  ketsangiz qaysi  uch  jamoadoshingizni  o‘zingiz  bilan  olib  ketgan  bo‘lardingiz?

— Agar Inigo hali ham «Barsa»da bo‘lganida u, Fermin va Pau Kubarsi.

— Qaysi stadionda o‘ynashni orzu qilasiz?

— «Santyago Bernabeu».

— Qaysi futbolchiga qarshi o‘ynashni xohlaysiz?

— Xulian Alvares.

— Kimni «Barsa»ga taklif qilgan bo‘lardingiz?

— Xulian Alvaresni.

Xurshid YUSUPOV tayyorladi

Manba: Интерфутбол газетаси

Kiritildi: 07.11.2025 23:55. O'qildi: 1526 marta.

← Klub xabarlari

La-liga

№ Jamoa O' O
1 Barselona 38 94
2 Real Madrid 38 86
3 Vilyarreal 38 72
4 Atletiko 38 69
5 Betis 38 60
6 Selta 38 54
7 Xetafe 38 51
8 Rayo Valyekano 38 50
9 Valensiya 38 49
10 Real Sosyedad 38 46
11 Espanyol 38 46
12 Atletik Bilbao 38 45
13 Elche 38 43
14 Alaves 38 43
15 Sevilya 38 43
16 Osasuna 38 42
17 Malyorka 38 42
18 Levante 38 42
19 Jirona 38 41
20 Real Ovyedo 38 29

ECHL

A - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Arsenal 8 24
2 Bavariya 8 21
3 Liverpul 8 18
4 Tottenxem 8 17
5 Barselona 8 16
6 Chelsi 8 16
7 Sporting 8 16
8 Manchester Siti 8 16
9 Real Madrid 8 15
10 Inter 8 15
11 PSJ 8 14
12 Nyukasl 8 14
13 Yuventus 8 13
14 Atletiko 8 13
15 Atalanta 8 13
16 Bayer 8 12
17 Borussiya D 8 11
18 Olimpiakos 8 11
19 Bryugge 8 10
20 Galatasaroy 8 10
21 Monako 8 10
22 Qorabog‘ 8 10
23 Bude-Glimt 8 9
24 Benfika 8 9
25 Marsel 8 9
26 Pafos 8 9
27 Yunion 8 9
28 PSV 8 8
29 Atletik Bilbao 8 8
30 Napoli 8 8
31 Kopengagen 8 8
32 Ayaks 8 6
33 Ayntraxt F 8 4
34 Slaviya 8 3
35 Vilyarreal 8 1
36 Qayrat 8 1

Evropa ligasi

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Ayaks 0 0
2 Barselona 0 0
3 Bayer 0 0
4 Sevilya 0 0
5 Shaxtyor 0 0
6 Sporting 0 0
7 Yuventus 0 0
8 Zalsburg 0 0

Klublar o‘rtasida JCh

- Guruhi

№ Jamoa O' O

Ispaniya kubogi

Chorak final
26.01.2023
01:00 Barselona
1:0
Real Sosyedad
02:00 Osasuna
2:1
Sevilya
23:59 Valensiya
1:3
Atletik Bilbao
27.01.2023
01:00 Real Madrid
3:1
Atletiko
Yarim final
02.03.2023
01:00 Osasuna
1:0
Atletik Bilbao
03.03.2023
01:00 Real Madrid
0:1
Barselona
04.04.2023
23:59 Atletik Bilbao
-:-
Osasuna
05.04.2023
23:59 Barselona
0:4
Real Madrid

International Champions Cup

№ Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenxem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

Ispaniya superkubogi

Yarim final
10.01.2024
23:59 Real Madrid
5:3
Atletiko
23:59 Barselona
2:0
Osasuna
Final
14.01.2024
23:59 Real Madrid
4:1
Barselona

So'nggi uchrashuv

24.05.2026. La-liga. 38-tur.
00:00
Valensiya
3-1
Barselona

Navbatdagi uchrashuv

Uchrashuv qayd etilmagan!

JAMOA TARKIBI