Barselona

STD.UZ/BARSA

Barselona

  • To'liq nomi:
  • Bosh murabbiy:
  • Laqabi:
  • Jamoa sardori:
  • Tashkil topgan:
  • Bosh homiy:
  • Stadion:
  • Rasmiy veb-sayt:
  • Sig'imi:
  • Klub formasi:
  • Klub prezidenti:

Klub xabarlari

Fermin Lopes: «Ustuvor maqsadim aslo o‘zgarmaydi – «Barsa»da o‘ynash»

Fermin Lopes: «Ustuvor maqsadim aslo o‘zgarmaydi – «Barsa»da o‘ynash»

«Chelsi» vakillari yozgi transferlar oynasining oxirgi kuni «Barselona» yarim himoyachisi Fermin Lopesni APL tomon tortishga shu qadar jiddiy harakat qilishdiki, ushbu kelishuvning amalga oshishi muqarrardek tuyuldi hatto. Ammo Kataloniya klubi rahbariyati oxirigacha iqtidorli futbolchini olib qolish qarorida qat’iy turdi. Ferminning o‘zi esa Mundo Deportivo nashriga bergan eksklyuziv intervyusida voqea­lar aslida qanday rivoj olganini batafsil gapirib berdi.

— Fermin, keling, suhbatimizni yozgi transferlar vaqtida ro‘y bergan voqeliklar tafsiloti bilan boshlasak. Aytingchi, «Chelsi»ning o‘ylab ko‘rishga arziydigan taklifini rad etib, «Barselona»da qolish qarorini qabul qilishda qiynalmadingizmi?

— Ochig‘ini aytaman, futbolchi rolida har doim «Barsa»da to‘p surishga asosiy maqsad o‘laroq qaraganman. Esimda, Kataloniyaga 12 yoshimda kelganman va o‘shandayoq eng katta orzum aniq edi — asosiy jamoa futbolchisiga aylanish. Albatta, boshqa klublar nigohiga tushish va aniq taklif olish ham g‘oyat yoqimli, lekin hozircha bor fikru-xayolim «Barselona»da o‘ynash, shu klubda muvaffaqiyat qozonish bilan band.

— Qiziq, «Chelsi» o‘ylab ko‘rish uchun 48 soat muhlat berganida, xayolingizdan nimalar o‘tdi?

— Takrorlayman, asosiy maqsadim — «Barsa»da o‘ynash. Umuman, jamoadagi kelajagimga hech qachon shubha ham qilmaganman. Bolalik davrlaridanoq har doim «Kamp Nou»da o‘ynash, muvaffaqiyatga intilish va klubga yordam berish uchun bor salohiyatimni ishga solib kelyapman. Shunday ekan, «Chelsi» chorlovi ustida bosh qotirganim yo‘q.

— Ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazilgan turli so‘rovlar natijasiga qarasak, ko‘pchilik muxlislar ham sizning «Barselona»da qolishingiz uchun ovoz berishdi. Bunday so‘rovlarga o‘zingiz ham qiziqib qaragandirsiz...

— Ha, albatta. So‘rov natijalari quvontirgani tabiiy. Umuman, asosiy jamoa safiga qo‘shilganimdan buyon muxlislar armiyasi mehrini yaqqol his qilyapman. Fanatlar muhabbatiga erishish — istalgan futbolchi uchun sharaf. Muxlislar meni «Barsa»ning muhim futbolchilari qatorida ko‘rishayotgan ekan, ishonch­ni oqlash uchun bor salohiyatimni ishga solaman.

— «Chelsi»dan taklif tushgach, Xans-Diter Flik siz bilan alohida gaplashibdi. Aytingchi, suhbatda asosan nima haqda gap ketdi?

— Bunday ma’lumotlar klubning ichki siri bo‘lib qolgani ma’qul. Bosh murabbiy bilan gaplashib, ayrim masalalarni muhokama qilganimiz rost, lekin tafsilotlarga to‘xtalishni istamayman. Muhimi, ishonch va e’tibor o‘sha-o‘sha. Agar barchamiz yagona maqsad yo‘lida birlashib, bir-birimizga yordam bersak, o‘ylaymanki, joriy mavsumni ham yuqori kayfiyatda o‘tkazamiz.

— Dunyoning eng kuchli ligasidan tushgan chorlov fonida «Barselona»da qolish shaxsan o‘zingiz uchun nechog‘li muhim edi?

— Tushunarliki, millionlar o‘yinida nimalar ro‘y berishini oldindan aytish qiyin. Har holda, ba’zan barchasi futbolchining ixtiyorida bo‘lmaydi. Ha, «Chelsi» har kimga ham taklif bilan chiqavermaydi. Lekin mening ustuvor maqsadim o‘zgarmaydi — «Barsa»da o‘ynash.

— Jamoadoshlaringiz ham sizni Kataloniyada qolishga undagandirlar...

— Bu masalada aksariyat yigitlar, klub xodimlari bilan gaplashdim. Ayniqsa, ter Shtegen, Arauxo, Pedri va Ra­finya bilan suhbatlardan so‘ng klub uchun muhim futbolchi ekanligimni angladim. Umuman olganda, mazkur vaziyatda meni butun jamoa qo‘llab-quvvatladi, «Barsa»da qolishimni so‘radi. Kiyinish xonasidagi bunday munosabatdan boshim osmonga yetgani o‘z-o‘zidan tayin. Shuningdek, Flik bilan muloqot jarayonida yangragan fikrlar asnosida nechog‘li ishonchli qaror qabul qilayotganimni tushunib yetdim. Xullas, Kataloniyada baxtiyorman. Kelajakda nimalar bo‘lishini esa vaqt ko‘rsatadi. Maqsadim o‘sha-o‘sha — «Barsa»da uzoq yillar muvaffaqiyatli to‘p surish.

— Markus Reshford kelgani ortidan siz o‘ynaydigan pozisiyada raqobat yanada kuchaydi. Tarkibdagi o‘rningizni yo‘qotib qo‘yishdan qo‘rq­maysizmi?

— Aslo. «Barsa»da har doim katta ijrochilar o‘ynashgan — kuchli raqobat tabiiy holat. Asosiysi, o‘z salohiyatimga to‘liq ishonaman, kerak pallada jamoaga sifatli yordam bera olaman. Qisqasi, har qanday vaziyatda doimgidek kamtarlik bilan ishlashda davom etmoqchiman.

— Oxirgi haftalar Gavi bilan munosabatlaringiz yomonlashgani haqida ko‘p gapirildi. Uzoq yillik qadr­donlarning bir-biridan uzoqlashishiga nima sabab bo‘ldi?

— Gavi 12 yoshimdan buyon yaqin do‘stim va hozir ham shunday. U bilan juda ko‘p sarguzashtlarni birga boshdan kechirdik. O‘rtamizdagi munosabat buzilgani haqidagi gap-so‘zlar haqiqatga mos emas. Ya’ni hamon avvalgidek inoqmiz va kimlarningdir taxminlari bu borada hech narsani o‘zgartirmaydi.

— Yaxshi. Unda bu mavzuni yopamiz va terma jamoa bo‘limiga o‘tamiz. Ispaniya termasida xuddi «Barsa»da bo‘lgani kabi raqobat juda yuqori. Aytingchi, «qizil furiya» tarkibida o‘z o‘rningizga egaligingizni qay darajada his qilyapsiz?

— O‘zingiz aytganingizdek, «Barselona» va Ispaniya terma jamoasida raqobat darajasi bir xil. Boshqacha bo‘lishi ham mumkin emas. Axir milliy jamoada mamlakatimizdagi eng kuchli futbolchilar jamlanishgan. Yashirmayman, raqobat o‘ta kuchli va hamisha asosiy tarkibdan joy olish qiyin. Ustuvor vazifa esa — terma jamoa muvaffaqiyatiga hissa qo‘shish uchun doimo ideal sport formasida bo‘lish. Shunday ekan, mashg‘ulotlarda o‘z mahoratimni maksimal darajada namoyon etgan holda, saralanganlar orasida o‘z o‘rnimni topish hamda murabbiylar, muxlislar ishonchini oqlash uchun astoydil harakat qilaman.

Manba: Интерфутбол газетаси

Kiritildi: 26.09.2025 23:48. O'qildi: 1027 marta.

← Klub xabarlari

La-liga

№ Jamoa O' O
1 Barselona 38 94
2 Real Madrid 38 86
3 Vilyarreal 38 72
4 Atletiko 38 69
5 Betis 38 60
6 Selta 38 54
7 Xetafe 38 51
8 Rayo Valyekano 38 50
9 Valensiya 38 49
10 Real Sosyedad 38 46
11 Espanyol 38 46
12 Atletik Bilbao 38 45
13 Elche 38 43
14 Alaves 38 43
15 Sevilya 38 43
16 Osasuna 38 42
17 Malyorka 38 42
18 Levante 38 42
19 Jirona 38 41
20 Real Ovyedo 38 29

ECHL

A - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Arsenal 8 24
2 Bavariya 8 21
3 Liverpul 8 18
4 Tottenxem 8 17
5 Barselona 8 16
6 Chelsi 8 16
7 Sporting 8 16
8 Manchester Siti 8 16
9 Real Madrid 8 15
10 Inter 8 15
11 PSJ 8 14
12 Nyukasl 8 14
13 Yuventus 8 13
14 Atletiko 8 13
15 Atalanta 8 13
16 Bayer 8 12
17 Borussiya D 8 11
18 Olimpiakos 8 11
19 Bryugge 8 10
20 Galatasaroy 8 10
21 Monako 8 10
22 Qorabog‘ 8 10
23 Bude-Glimt 8 9
24 Benfika 8 9
25 Marsel 8 9
26 Pafos 8 9
27 Yunion 8 9
28 PSV 8 8
29 Atletik Bilbao 8 8
30 Napoli 8 8
31 Kopengagen 8 8
32 Ayaks 8 6
33 Ayntraxt F 8 4
34 Slaviya 8 3
35 Vilyarreal 8 1
36 Qayrat 8 1

Evropa ligasi

ЕЧЛ - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Ayaks 0 0
2 Barselona 0 0
3 Bayer 0 0
4 Sevilya 0 0
5 Shaxtyor 0 0
6 Sporting 0 0
7 Yuventus 0 0
8 Zalsburg 0 0

Klublar o‘rtasida JCh

- Guruhi

№ Jamoa O' O

Ispaniya kubogi

Chorak final
26.01.2023
01:00 Barselona
1:0
Real Sosyedad
02:00 Osasuna
2:1
Sevilya
23:59 Valensiya
1:3
Atletik Bilbao
27.01.2023
01:00 Real Madrid
3:1
Atletiko
Yarim final
02.03.2023
01:00 Osasuna
1:0
Atletik Bilbao
03.03.2023
01:00 Real Madrid
0:1
Barselona
04.04.2023
23:59 Atletik Bilbao
-:-
Osasuna
05.04.2023
23:59 Barselona
0:4
Real Madrid

International Champions Cup

№ Jamoa O' O
1 Barselona 5 12
2 Bavariya 5 10
3 Benfika 3 9
4 Tottenxem 5 8
5 Atletiko 3 7
6 Arsenal 4 7
7 Man. Yunayted 3 7
8 Real Madrid 6 5
9 Chelsi 1 3
10 Fiorentina 3 3
11 Inter 3 2
12 Roma 1 1
13 Yuventus 3 1
14 Milan 3 1
15 Gvadalaxara 3 1
16 Vissel Kobe 1 0
17 Napoli 2 0
18 Fenerbaxche 2 0

Ispaniya superkubogi

Yarim final
10.01.2024
23:59 Real Madrid
5:3
Atletiko
23:59 Barselona
2:0
Osasuna
Final
14.01.2024
23:59 Real Madrid
4:1
Barselona

So'nggi uchrashuv

24.05.2026. La-liga. 38-tur.
00:00
Valensiya
3-1
Barselona

Navbatdagi uchrashuv

Uchrashuv qayd etilmagan!

JAMOA TARKIBI